Yan Dyurica: "Germaniyaga qarshi o'yin turnirdagi oxirgi uchrashuvimiz bo'lmaydi"
26 iyu 2016 01:05
Yangiliklar
Yan Dyurica: "Germaniyaga qarshi o'yin turnirdagi oxirgi uchrashuvimiz bo'lmaydi"
Slovakiya terma jamoasi himoyachisi Yan Dyurica Evropa chempionati nimchorak final doirasidagi Germaniyaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Evropaning eng kuchli jamoalari o'ynayotgan chempionatga chiqdik va yaxshi natija qayd etishga ulgurdik. Bizda yaxshi, ajoyib jamoa shakllangan. Tarkibda istedodli, iqtidorli va tajribali futbolchilar yig'ilishgan. Biz hammamiz to'planib bir ishni amalga oshiryapmiz. Jamoada ajoyib muhit yuzaga kelgan. Slovakiya hozir bir oila bo'lib jamlangan. Agarda kimdir xatoga yo'l qo'ysa, unda boshqa bir futbolchi xatoni to'g'irlashga yordamlashadi.
Slovakiyada men va boshqa yoshi katta futbolchilarni o'rnini to'ldiradigan futbolchilar etarli. Masalan Groshovski, SHkrinyar, Duda, Vayss va Stox bizning o'rnimizni munosib tarzda egallashadi.
Umid qilamanki, Germaniyaga qarshi o'yin biz uchun turnirdagi oxirgi uchrashuv bo'lmaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar