Yaman terma jamoasiga nisbatan jazo sankciyaci qo'llandi
06 iyu 2015 15:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/177709_original.jpg)
![](/upload/storage/177709_220.jpg)
Yaman terma jamoasiga nisbatan jazo sankciyaci qo'llandi
Yamanning JCH-2018 saralashining 2-bosqichi doirasida KXDRga qarshi bo'lib o'tgan o'yini natijasi bekor qilinib, uning o'rniga 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyat yozildi. Bu haqida FIFA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, bu uchrashuvda SHimoliy Koreya 1:0 hisobida g'alaba qozongandi.
Yaman saralashning dastlabki bosqichida Pokistonga qarshi ikki o'yin o'tkazib, uning natijasiga ko'ra saralashning ikkinchi bosqichiga yo'l olgan. O'sha o'yinlarning har birida yamanlik Munir Abdulrobi Ali al-Radoiy bittadan sariq kartochka olgan va KXDRga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi lozim edi. Ammo u 11 iyun kungi bahsni asosiy tarkibda boshladi. SHu sababdan Yaman terma jamoasi FIFA tomonidan jazolandi.
Endi Ar-Radoiy 3 sentyabr kuni O'zbekiston bilan o'yinda maydonga tusha olmaydi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar