Yamal tepgan to'p darvozaga kirganmidi? Lunin javob berdi
25 apr 2024 22:46
Yangiliklar
Yamal tepgan to'p darvozaga kirganmidi? Lunin javob berdi
"Real Madrid" darvozaboni Andrey Lunin "Barselona"ning inobatga olinmagan goliga munosabat bildirdi.
Eslatib o'tamiz, oxirgi "El Klassiko"da "Barselona" futbolchisi Lamin Yamalning "Real" darvozasi tomon yo'llagan zarbasi ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv bo'ldi.
Golni aniqlash texnologiyasining yo'qligi sababli VAR ham aniq xulosa chiqara olmadi va hakam raqib darvozasi ishg'ol qilinmaganiga ishora qildi.
Vaziyat qahramonlaridan biri — "Real Madrid" darvozaboni Andrey Lunin "To'p darvoza chizig'idan o'tganmidi-yo'qmi?" degan savolgan "To'p darvozaga kirmagan edi", deya javob qaytardi.
Avvalroq "Barselona" prezidenti "Real"ga qarshi o'yinni takror o'tkazishni talab qilmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar