So’nggi yangiliklar

08:14Саудия Арабистони чемпионати. «Ал Иттиҳод» «Ал Фотеҳ»ни мағлуб этди ва турнир жадвалининг 1-ўрнига кўтарилиб олди  0 07:39Элит ОЧЛ. Бугун «Пахтакор» Машарипов жамоасига қарши баҳс олиб боради  1 02:05Илёс Қурбонов: "Ҳаёт-мамот ўйинида зафар қучдик. "Насаф"га қарши ҳам ғалаба учун майдонга чиқамиз"  2 01:45Иван Бошкович "Локомотив"га қарши ўйинда Йовович асосий таркибда тушмаганини айтди  3 01:29Григорий Колосовский: "Зарба бермасдан гол уриб бўлмайди"  1 00:24Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Леганес"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  43 23:59А Серия. "Наполи" — "Рома" ўйини тақдирини битта гол ҳал қилди  4 23:30АПЛ. МЮ Аморим қўл остидаги илк ўйинда "Ипсвич Таун"ни мағлуб эта олмади  24 22:55Машарипов "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан: "Бу жамоада катта бўлганман, аммо..."  5 22:12"Лестер" Куперни истеъфога чиқарди  3 21:15АПЛ. "Саутгемптон" ва "Ливерпуль" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  38 21:13 Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" бош мураббийи Максим Шацких ва ўйинчиси Ҳожиакбар Алижонов "Истиқлол"га қарши ўйин олдидан нималар деди?  5 20:09Перес Винисиусга мурожаат қилди  8 19:45Кетма-кет иккинчи йил чемпион бўлган Бобир Абдихолиқов билан интервью   2 19:37Суперлига. "Сўғдиёна" – "Локомотив" 2:0. Highlights  0

Yakunlangan mavsum kashfiyoti Mirjahon Mirahmadov bilan suhbat Yangiliklar

Yakunlangan mavsum kashfiyoti Mirjahon Mirahmadov bilan suhbat

Mavsum yakunlariga ko'ra Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bronza medallariga sazovor bo'ldi.

“Qaldirg'ochlar” uchun 2019 yil nihoyatda og'ir, shuning barobarida muvaffaqiyatli o'tdi. Vadim Abramov yosh futbolchilardan ajoyib jamoa tuza oldi. O'tgan mavsum o'rinbosarlar jamoasida o'zini ko'rsatgan bir qator o'yinchilarga qo'rqmasdan ishonch bildirdi. Ulardan biri, kashfiyot bo'lishga nomzod futbolchi Mirjahon Mirahmadovdir. “Sug'diyona”ga qarshi kechgan uchrashuvdan iqtidorli forvard bilan suhbatlashdik.

- Birinchi galda bronza medali va OCHL yo'llanmasi qo'lga kiritilgani bilan tabriklaymiz. “Bunyodkor” uchun hal qiluvchi o'yin bo'lgan, barcha narsani hal qilib bergan “Sug'diyona”ga qarshi kechgan o'yin hususida to'xtalib o'tsangiz...

- Tabrik uchun tashakkur. Avvalgi ikkita o'yinda g'alaba nashidasini surgan bo'lsakda, oxirgi tur hal qiluvchi ekanligini bilar edik. Kutilganidek qiyin o'yin bo'ldi. Raqib har jabhada munosib qarshilik ko'rsatdi. Ularga qarshi birinchi davrada va kubok o'yinida to'p tepganimiz uchun, kuchli va ojiz tomonlarini nazariy mashg'ulotlarda ko'rib chiqdik. SHunga qaramay oldimizda turgan vazifani bajardik. OCHL chiptasi va bronza medalini qo'lga kiritganimizdan xursandman.


- O'tgan yili ham sizga Mirjalol Qosimov oz bo'lsada imkoniyat bergan edi. Vadim Abramov esa sizni dastlabki turlardanoq asosiy tarkibda maydonga tushirdi. SHu bois hayajon yoki bosimni his qilmadingizmi?

- Ilk turlarda ozgina bosim bo'ldi. Menimcha, barchada kuzatiladigan holat bo'lsa kerak. Lekin, vaqt o'tgan sari o'zimga bo'lgan ishonch ortib bordi. O'zimni yaxshi his qila boshladim. Yaqinlarim, do'stlarim, murabbiylar menga dalda bo'lib turdi. Vaziyatni tushunib turardim, hamma mendan gol kutardi. “Paxtakor” darvozasini ishg'ol qildim, keyingi o'yinlarda esa qulay imkoniyatlardan foydalana olmadim.

- Vadim Abramov bilan ishlash jarayoni qanday bo'ldi. Ushbu mutaxassis qo'l ostida ilk bor shug'ullandingiz. O'zaro tushunishda, uning uslubini o'zlashtirishda muammolar bo'lmadimi?

- Murabbiylar shtabi bilan ish olib borish juda qiziqarli bo'ldi. Ularning berayotgan ko'rsatmalarini, maslahatlarini bir oila bo'lib bajardik. Barcha yagona maqsad ostida birlashdi. Boshida ikkinchi o'rinni ko'zlayotgan edik. Ammo, kutilmaganda o'yinimizda pasayish yuz berdi. Ko'rdingiz, yakunda uchinchi o'rin nasib qildi. Keyingi yil chempionlik uchun harakat qilamiz. Yakunlangan mavsum shaxsan men uchun katta dars bo'ldi. Qaysidir manoda katta tajriba orttirdim deya olaman.

- Umumiy hisobda 7ta gol urdingiz. Bu ko'rsatkich hujumchi uchun kam emasmi? Qayd etgan natijangizdan ko'nglingiz to'ldimi?

- To'g'ri aytdingiz. Yanada ko'proq gol urishim mumkin edi. Ko'p joyda xatoga yo'l qo'ydim. Endi kerakli xulosani chiqarib, keyingi mavsumda natijani yaxshilashga harakat qilaman.


- Mavsum oxirida jamoa o'yinidagi pasayish nima bilan bog'liq? Tig'iz taqvim yoki charchoq alomatlari...

- Pasayish kuzatilgani rost. Bunday holat faqat bizda emas, qolgan jamoalarda ham ro'y berdi. Biroq, so'nggi uchta turga finalga chiqqandek tayyorgarlik ko'rdik. Yilni boshidan qilib kelayotgan mehnatimizni qadrlashimiz uchun “Sug'diyona” bilan o'yinda ijobiy natija qayd etishimiz talab etilardi.

- Eshitshimizga qaraganda xorijdan takliflar bo'layotgan ekan. Legionerga aylanishga tayyormisiz...

- Hamma qatori menda ham xorijda kuchli jamoalarda to'p tepish niyatim bor. Qiziqishlar bo'lsa bordir, mening xabarim yo'q. Men hozir “Bunyodkor” futbolchisiman, shunday ekan faqat shu klub haqida qayg'urishim lozim.

- Qaysi futbolchilarga havas qilasiz? Ularning harakatini kuzatib, o'zingiz uchun kerakli narsa olasizmi?

- Ko'pgina futbolchilarni misol qilib keltirishim mumkin. Zlatan Ibragimovich, Edinson Kavani, Luis Suares.

- Futbolchilikdagi orzuingiz...

- Terma jamoa bilan olimpiya o'yinlarida va jahon chempionatida ishtirok etish. O'z jamoam bilan ko'plab yutuqlarga erishish.



Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика