So’nggi yangiliklar

01:46Сунъий интеллект "Олтин тўп" номзодларини ўзбек клублари либосларида тасвирлади  0 01:32Бундеслига. "Боруссия" Д ишончли ғалабага эришди  0 01:09Ўзбекистон термасининг Нидерландияга қарши ўйинолди машғулоти ГАЛЕРЕЯ  0 00:59Саудия Арабистони. "Ал Насср" 90+9-дақиқада мағлубиятдан қутулиб қолди  2 00:29Россия. Ашурматов антиқаҳрамонга айланган учрашувда "Рубин" ўз майдонида мағлуб бўлди  2 00:05Максим Шацких: "Ўйин 80 дақиқа давомида рақиб майдон ярмида кечди. "Ал-Васл" сафида бор-йўғи 2та маҳаллий футболчи бор"  6 23:47Жаҳон чемпионати олдидан ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси билан учрашди  0 23:28Тожикистон термасининг Тошкентдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Бундеслиганинг 3-тури старт олмоқда! "Боруссия" Д ўз майдонида дебютантни қабул қилади  0 22:51Виталий Левченко: "1 очкога муносиб эдик"  6 22:22"Навбаҳор" иштирокидаги ўйин санаси ўзгарди  5 22:06Жамшид Саидов: “Мезбонлик мақомидаги ўйинларимиз ҳам сафар учрашуви каби ўтаяпти”  4 21:58Иван Бошкович: “Ҳозирдан "Насаф”ни чемпион дея олмаймиз"   11 21:45Суперлига. "Пахтакор" - "Нефтчи" 0:0  0 21:28Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"да "Пахтакор" ва "Нефтчи" ўзаро нурсиз дуранг ўйнади  82

Yakuniga etmagan "Gigantlar jangi" davom etadi. Katta sahnada Rivaldo va uning do'stlari! Yangiliklar

Yakuniga etmagan "Gigantlar jangi" davom etadi. Katta sahnada Rivaldo va uning do'stlari!

"Gigantlar jangi" maqolasining keyingi 10 yilligiga sportning boshqa turlarini ham qo'shib o'taman, boisi 2014 yilga kelib men ham sportimizning bir bo'lagi sifatida faoliyat yuritdim. Keling, avval 2007 yil voqealarini eslaymiz.

Mirabror Usmonov futbol jamoatchiligiga tanishtirilgan kundagi majlis yodimda. O'shanda Usmonov eng avvalo klublarning moliyaviy holatini to'g'rilashga katta urg'u bergan va bu yo'lda o'z ko'maklarini ayamagan. Aynan shuning mevasi o'laroq keyinchalik klublarning infrastrukturasi rivojlanib bordi. "Paxtakor" gegemonligiga barham berildi, "Bunyodkor", "Nasaf" kabi jamoalar katta sahnaga chiqdi.

"Zeromax" degan korxona haqida biz 2007 yil eshita boshladik. "Quruvchi" jamoasining logotipi ham aynan shu kompaniya belgisi bilan o'xshash edi. Avvaliga hech kim Toshkentning to'rtinchi jamoasiga jiddiy ahamiyat qaratmadi, ammo keyin... Keyin Xvostunov, Salomov, Ashurmatov, Bugalo, Lushan, SHishelov, Ponamaryov, Gochguliev kabi futbolchilar birin-ketin jamoa safini to'ldira boshlashdi. Hikmat Ergashev bosh murabbiy, Qosimov ham shu erda. Bu paytga kelib O'zbekistonning o'z "bo'rilari" mavjud edi. Biri Farg'ona tomondan "Neftchi" bo'lsa, ikkinchisi "Paxtakor" edi. "Mashal" ham bir yil avvalgi tarkibi bilan yomon o'ynamasligi aniq edi. Yil so'nggida "Paxtakor" katta farq bilan chempionlikni qo'lga kiritdi, "loy jangi" deb atalmish O'zbekiston Kubogida esa Temur Jo'raevning mahorati tufayli penaltilar seriyasida g'alaba qozondi. Lekin bu chempionlikdan keyin "Paxtakor" 5 yil tanaffusga chiqishini hech kim xayoliga keltirmagandi.

O'zbekiston Kubogi yarim finalida "Mashal"ga qarshi chiqqan "Quruvchi"ni faqat g'alaba qanoatlantirardi. Safarda 0:0 hisobi qayd etilgan javob o'yinida hisob 1:1 bo'lib turganida murabbiy emas, "Zeromax" vakili Dmitriy Kuzinni maydonga tushirish kerakligini aytadi. Maydonga tushgan zahotiyoq bosh bilan gol urib "Quruvchi"ni finalga olib chiqadi. Ko'p o'tmay zarafshonlik futbolchiga yangi "Neksiya" sovg'a qilinadi. Afsuski, keyinchalik O'zbekistonning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lishi kerak bo'lgan o'yinchini parvarishlay olmadik. 16 yoshli futbolchi kuchli zo'riqishlar natijasida jarohatlar iskanjasiga tushib qoldi.

2007 yil Osiyo Kubogini yod olmasdan ilojimiz yo'q. Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan 1/4 final o'yinini eslasangiz kerak? O'sha paytdagi bosh murabbiyimiz Rauf Inileev qita chempioni bo'lishi uchun ham yaxshigina imkoniyatga ega edi. Afsuski, uchrashuv bosh hakami  Kvon Jon CHxol Maksim SHackix tomonidan urilgan toza golni inobatga olmaydi. Saudiya finalda Iroqqa mag'lubiyatga uchragan musobaqa yakunida Inileev "Osiyoning eng yaxshi murabbiyi" bo'lgan. Abramov va Inileev o'rtasida talash bo'lgan Ahmedov musobaqani o'tkazib yuboradi.


2008 yil, adashmasam fevral oyi. O'qishdaman. Baxtiyor SHirinovdan Akmal Xolmatov va Nodir Qo'ziboevni "Paxtakor" bilan shartnoma tuzganini eshitdim. Bu transfer shundoq ham kuchli bo'lgan "sherlarni" yanada kuchaytirishi aniq bo'lib turgan bir paytda qo'ng'iroq bo'ldi:

- Allo, Nodirxo'ja yaxshimisiz, sizdagi Jeparov va Kapadzening suratlarini bera olasizmi? "Quruvchi" saytiga qo'yamiz... Bahodir Mirzaevning gaplaridan tushundimki, "Paxtakor"ning ikki etakchisi jamoani tark etdi. Bu "Paxtakor" muxlislari uchun katta yo'qotish edi. Keyin bilsak, bu ikki futbolchi rus klubiga o'tishi kerak bo'lgan, ammo rahbariyat ularning transferi borasida kelisha olmagan. Natijada jahli chiqqan Server "Quruvchi"ga o'tib ketadi. Kapadzeni esa jamoa shunchaki qo'yib yuborgan edi. Ko'p o'tmay ularning qatoriga Anvar Soliev qo'shiladi. "Quruvchi"ning erkakligi shunda ediki, har bir futbolchiga o'sha payt uchun yaxshi bo'lgan summalarni to'lab bergan. 2008 yilgi mavsumni hozir ham eslayman, juda kuchli o'tgan edi. Garchand Jeparov "Paxtakor"ni tark etgan bo'lsa-da, Odil Ahmedov yangi mavsum kashfiyoti edi. Undan tashqari Darko Markovich ham tezda jamoaga kirishib keta oldi. Kutilmagan ish ikkinchi davrada bo'ldi. "Bunyodkor" deya nomi o'zgargan "Quruvchi" ikkita yirik transferni elon qildi: Rivaldo va Vilyanueva Toshkentda! SHu kungacha hech kim o'ylamasdi, O'zbekistonga ham "Barselona" saviyasidagi o'yinchi kelishini. Bu futbolchilarning tashrifi birinchi davrani 2 ochko tafovut bilan yakunlagan "Bunyodkor" kuchiga kuch qo'shadi va 5 ochko farq bilan mavsum chempioni bo'ladi. Kamiga "Bunyodkor"ni Qosimov bilan birga Ziko boshqargan edi.

2010 yil Anzur Ismoilov va Ignatiy Nesterov shundoq ham kuchli bo'lgan "Bunyodkor"ning yarim jamoasini to'ldiradi. Bu orada Braziliyadan yana uch nafar futbolchi keladi. Bir yil avval "Pohang Stilers" bilan OCHLni yutgan Stevica Ristich va Denilson, Rivaldo, Joa Viktor, Edson Ramos qatorini to'ldiradilar. Braziliyaliklar bilan ishlagan murabbiylar ko'pincha bir qoidaga qattiq amal qiladilar. Bir braziliyalik bo'lsa yaxshi, ikkitasi undan ham yaxshi, agar uchta bo'lsa bu rasvo! Ristich va Denilson, Rivaldo boshchiligidagi braziliyaliklarning injiqligi qurboni bo'lgan edilar. OCHLdagi 3+1 limiti tufayli bir yil avval OCHLni yutgan braziliyaliklar o'yindan tashqari holatga tushib qoladilar. Trifunovich ham juda zo'r o'yinchi edi. 2009 yil shunday sabab tufayli Luizao "Bunyodkor"ni tark etadi. Murabbiy esa Skolari edi. Aprel oylarida Kamoliddin Alimovga intervyu bergan Rivaldo "Bunyodkor"da keyinchalik murabbiy bo'lib qolishi va klub bilan yuqori cho'qqilarga chiqish maqsadidaligini aytib o'tgandi. Yil o'rtasiga kelib poytaxtning "Lokomotiv" va "Traktor" ("Traktor" bankrot bo'lib ulgurgan edi) jamoalarini ortda qoldirgan "Bunyodkor"da muammo paydo bo'lgach, braziliyaliklar birinchi reys bilan jamoani tashlab qochadilar va uning muammosi hozirgacha toshkentliklarga xalaqit qilib kelyapti.


Yana bir tarixiy voqeani eslab o'taman. 2007 yil "Lokomotiv" o'z maydonida "Buxoro"ga imkoniyatni boy beradi - 1:3. O'shanda "Jar" stadionining VIP qismida o'tirgan "temiryo'l" vakillarini jamoaga etiroz bilan tepadan qichima gap gapiradi. SHundoq ham mag'lubiyatga uchrab asabi buzilib chiqib ketayotgan futbolchilar orasida Aziz Haydarov tepaga qarab, "avval pulni to'g'rilab qo'yinglar, keyin bizni so'kasiz" deb jahl bilan echinish xonasiga kirib ketgan. Haqiqatan ham o'sha yillar "Lokomotiv"ning ahvoliga havas bilan qarab bo'lmasdi.

Lekin 2007-2010 yillar oralig'ida o'zbek stadionlarida haqiqiy tub burilish bo'ldi. Avvaliga Mirabror Usmonov mahalliy hokimliklar bilan birgalikda har bir viloyat infrastrukturasi ustida jiddiy ish olib bordi. Bu orada "Nasaf" va "Paxtakor", MHSK, "Jar" stadionlarida qayta tamirlash ishlari boshlandi. Eng muhimi, bolalar futboli yo'lida hududiy federaciyalar moliyalashtirila boshlandi. Bu eng katta oldinga tashlangan qadamlardan biri edi. Garchand Rivaldo va uning "brigadasi" ichki muhitga tasir ko'rsatgan bo'lsa-da, "Paxtakor" va "Bunyodkor" ishtirokidagi o'yinlarga chipta topish muammo bo'ldi. Bu ikki jamoa safar qilgan o'yinlarda anshlag yuzaga keldi. "Paxtakor" va "Bunyodkor" o'rtasidagi raqobat nafaqat futbolchilar o'rtasida, balki murabbiy va mutaxassislar o'rtasida ham kesin davom etdi. 2009 yilga kelib ular qatoriga "Nasaf" qo'shildi!

2010 yilgi mavsumda Nuriddin Zaynievning ilk orzusi ushaldi. "Nasaf" oliy ligada uchinchi o'rinni egallaydi, bu esa OFK Kubogi oldidan qo'yilgan poydevor edi. Bu haqda keyingi maqolada... 2006-10 yillar oralig'ida esa o'zbek futboli katta yo'qotishlarga duch keldi. Avvaliga "Traktor" yo'q bo'ldi, keyin esa "Neftchi"ning qiyin davri kela boshladi.

SHuningdek, bu davr oralig'ida ikki marta o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qildik. SHulardan ikkinchisida finalga qadar etib bordik va ilk bor o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatiga yo'llanma qo'lga kiritdik. Xuddi shunday uch marta futzal o'rtasidagi Osiyo chempionati mezboni bo'ldik, 2006 va 2010 yillarda bo'lib o'tgan ikkita musobaqada ham O'zbekiston milliy terma jamoasi finalga qadar etib bordi.


Mirabror Usmonov O'FF Prezidenti etib tayinlangach dastlab amalga oshirgan ishlaridan biri xalqaro diplomatik aloqalarni yo'lga qo'yish bo'lgan. SHu davrda Bin Hammam  va Zepp Blatter kabi dunyo futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan rahbarlar bilan iliq munosabatlarni yo'lga qo'ydi va bu faqat qog'ozda qolib ketmadi. Uch marta futzal hamda ikki marta o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatlariga O'zbekiston mezbonlik qildi. Unda O'zbekiston terma jamoalari jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.

2007 yilgi surat. Oradan bir yil o'tib Akmal Xolmatov "Paxtakor" libosini kiyadi, Server Jeparov esa mana shu maydon egasi bo'lgan "Bunyodkor" azosiga aylanadi.

Dmitriy Kuzin va Patrik Agbo. Bu paytlar hech kim Dimani Messiga o'xshatmagan edi, chunki Messining o'zini o'sha paytlar hech kimga o'xshatishmasdi.
Futbolimizdagi ko'rinmas mutaxassis. Ikrom Aliboevni "Seul" jamoasiga o'tishida munosib hissa qo'shdi. Ulug'bek Mirzaev ko'p yillar davomida "Paxtakor" matbuot xizmati lavozimida ishladi. 2007 yil dastlabki yirik musobaqasi Osiyo Kubogida ishtirok etdi. Bugunda xalqaro aloqalarni rivojlantirish bilan band ustoz!
Hakamning xatosi tufayligina yarim final yo'llanmasini qo'lga kirita olmagan Rauf Talgatovichga musobaqa davomida Birodar Hasanovich hamrohlik qilgan edi.

Alisher Nikimbaev esa bu davrda jamoa boshlig'i sifatida Osiyo Kubogida ishtirok etgan.
Garchand yarim finalga chiqa olmagan bo'lsa-da, O'zbekiston milliy terma jamoasini kutib olish uchun juda ko'pchilik aeraportga chiqqandi. Ular orasida Mirjalol Qosimovning kenja farzandi ham bo'lgan.
Bu esa o'sha paytdagi jurnalistlar guruhi. (CHapdan o'ngga )Behzod Nazarov, Kamoliddin Alimov, Norbek Niyozov, Maksim SHackix, Alisher Nikimbaev, Tolibjon Qosimov va kamina...

Sarvar Ibodullaev... Andijonlik muxlislarning yoqimtoyi, xorazmlik to'purar. 25 yoshida do'stini "Xorazm" mashg'ulotlariga tashlab qo'yishi kerak bo'lgan. Xorazmda oddiy taksichi bo'lgan Ibodullaev ikkiga bo'linib o'ynayotgan "Xorazm" jamoasiga bir o'yinchi etishmaydi, shunda Vali Sultonov do'stini kutib o'tirgan muxlisni maydonga tushiradi va u o'yin qahramoniga aylanadi. Bir yil o'tib esa "Xorazm" sardori sifatida Oliy ligada to'p tepadi.

Bugungi yosh muxlis bir paytlar Mirko Yelichichni "Paxtakor"da faoliyat olib borganini bilmasa kerak. Uning ustunligi igna bilan futbolchilarni davolashda bo'lgan. Og'ir jarohat olgan futbolchilarga aynan u eng katta yordamni bergan. O'zining tarixi ham ajoyib. U Avstraliya ko'chalarida baykerlar bilan do'st tutingan va o'zi ham motociklda uchishni yaxshi ko'rardi. Kunlarning birida falokatga uchraydi. Qiyin jarohatni o'zi davolashga muvaffaq bo'ladi. SHundan keyin faoliyatida keskin o'zgarish bo'ladi.

Bu esa afsonaviy va eng muhimi fayzi bor stadion! "Neftchi" muxlislari, sog'indingizmi?

"Bunyodkor" 2008 yil ilk kubogini qo'lga kiritadi. Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Anvar Soliev qo'shimcha daqiqalarda gol urib "Bunyodkor"ning g'alabasini taminlaydi.
Eng qizig'i shundaki, o'sha yillari "PROSport" nashri O'zbekiston oliy ligasini yoritib borardi.Bir yil o'tib Rivaldosi bor "Bunyodkor"ni "Paxtakor" kubok finalida mag'lubiyatga uchratgandi. O'shanda G'ulom O'runov Rivaldoga qarshi personal o'yinchi sifatida qo'yilgan va bu ishni u "5" bahoga uddalagan edi.

Toshkentda bo'lib o'tgan ikkinchi qita chempionatida Eron chempionlikni qo'lga kiritgan. Uchinchi qita chempionatida esa vakillarimiz JCH yo'llanmasini qo'lga kiritgan.

SHimoliy Koreya terma jamoasiga qarshi kechga dramatik uchrashuvda mag'lubiyatga uchraganmiz. 3 kun avval esa O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Avstraliyani mag'lubiyatga uchratib ilk marotaba o'smirlar o'rtasidagi JCH yo'llamasiga ega chiqqan edilar.




Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика