Yakshanba kuni Premer-liga bahsida ilk marotaba o'rgimchak-kameradan foydalaniladi
12 jan 2017 13:14
Yangiliklar
Yakshanba kuni Premer-liga bahsida ilk marotaba o'rgimchak-kameradan foydalaniladi
Bu voqea 15 yanvar kuni "Manchester Yunayted" hamda "Liverpul" o'rtasidagi Angliya chempionatining 21-tur uchrashuvida sodir bo'ladi.
"SkySports" "Old Trafford"dagi uchrashuvni CHempionlar ligasi va jahon chempionati uslubida efirga uzatmoqchi.
O'rgimchak-kamera arenaning burchaklariga bog'langan 4 ta arqon yordamida harakat qiladi va operator uni uchrashuv davomida boshqarib turadi. Kamera maydon chimidan 40 metr balandlikkacha ko'tarilishi mumkin.
"Manchester Yunayted" hamda "Liverpul" o'rtasidagi to'qnashuv jahondagi eng yirik bahslardan hisoblanadi. Biz ushbu texnologiya yordamida muxlislarga uchrashuvni yanada yaxshiroq etkazib berishga harakat qilamiz" - deydi "SkySports"ning futbol translyaciyalari rahbari.
"Bu texnologiya jarima yoki burchak zarbalarida paytida vaziyatni yaqindan kuzatish imkonini beradi. O'rgimchak-kamera uchrashuvlarni tahlil qilishda katta yordam beradi" - deydi Jeymi Karrager "Monday Night Football" ko'rsatuvida.
Fikrlar