So’nggi yangiliklar

00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  9 23:52Бундеслига. "Бавария" - "Аугсбург" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  0 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  5 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  0 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бурдиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  12 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 20:21"Пахтакор" 8 йил олдинги антирекордини такрорлади  2 20:15Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Қизилқум"ни 5:1 ҳисобида мағлуб этди  22 20:00Ямаль "Сельта"га қарши ўйнамайди  2 19:42Франция футбол Федерация ПСЖнинг "Мбаппе иши" бўйича апелляциясини рад этди  0

Xyung Geun Jeong: "Butun O'zbekiston Babayandan norozi" Yangiliklar

Xyung Geun Jeong: "Butun O'zbekiston Babayandan norozi"

Kecha ijodiy guruhimiz bilan Janubiy Koreya terma jamoasining Toshkentdagi ilk mashg'ulotini kuzatish uchun borganimizda ko'plab janubiy koreyalik hamkasblarimizni uchratdik.


"Bunyodkor" akademiyasiga qarashli maydonda shug'ullanganayotgan Janubiy Koreya terma jamoasining mashg'ulotini bir qancha OAV nashrlari, telekanallar onlayn tarzida yoritib borishayotgan edi.


Janubiy Koreya terma jamoasi Eron bilan o'yinda kutilgan natijani qayd etolmaganiga qaramasdan jamoada ichki muhit yaxshi ekanligi shundoq mashg'ulot jarayonida sezilib turgandi. Murabbiy va futbolchilar ko'tarinki ruhda, yaxshi kayfiyatda mashg'ulotlarni o'tkazishdi. Balki Janubiy Koreyadan ham ko'plab jurnalistlar kelganiga ular o'zlarini shunday ko'rsatishgandir, bunisi bizga qorong'u.


CHunki ayni paytda terma jamoamiz singari Janubiy Koreya ham tanqidlar yomg'iri ostida qolib ketgan.

Mashg'ulotlar jarayonida oldimizga bir qancha Janubiy Koreya OAV xodimlari, telekanal muxbirlari kelib o'z terma jamoalari xususidagi fikrimizni so'rashdi.


Xususan "SpoTV" telekanali muxbiri Xyung Geun Jeong qisqacha intervyu olishni so'radi va o'zbek jurnalistlarining o'z terma jamoalari haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

SHu o'rinda biz ham ushbu telekanal xodimi Xyung Geun Jeong bilan bo'lib o'tgan suhbatni etiboringizga havola etamiz.

- Eron bilan o'yin barchani kayfiyatini tushurib yubordi. Biz bir kishi kam bo'lib qolgan Eronni mag'lub etolmaganimizdan qattiq g'azablandik. O'zbekiston terma jamoasi bilan oradagi farqni yanada kattalashtirish imkoniyatiga ega edik. Ammo tayyor imkoniyatni qo'ldan chiqardik. To'g'risini tan olish kerak, ushbu durang nafaqat jamoani, balki butun mamlakatni kayfiyatiga tasir qildi. Ammo biz Eronga qarshi o'yinni unutganmiz va bor diqqat-etibor O'zbekiston bilan bo'ladigan o'yinga qaratilgan. Xitoy, Suriya va O'zbekistonga nisbatan qaraganda, barchasi o'z qo'limizda. Eronga qarshi o'yindan keyin matbuotda terma jamoamiz o'yini muhokama qilindi, tanqid ostiga olindi. Muxlislar ham o'z etirozlarini ochiq-oydin namoyish etishdi. Lekin ayni paytga kelib jurnalistlar ham, muxlislar ham jamoamizga ishonishmoqda va mundial taqdirini hal etadigan O'zbekistonga qarshi uchrashuvda ularni qo'llab-quvvatlashga tayyor. Ko'rib turibsiz, bizda matbuot ishlamoqda va Toshkentga deyarli barcha nashr vakillari kelishgan. Negadir bu erda o'zbek jurnalistlari sanoqli. Bu holat meni hayron qoldirdi. Hamma o'z ishini qilmoqda. Jurnalistlar kelib muxlislar uchun ishlashmoqda. Ishqibozlarimiz esa jamoamizga to'liq ishonmoqda.

Ammo sizlarda holat birmuncha qiyinroq. O'zbek matbuotini sinchikovlik bilan kuzatdik. Ayni paytda matbuot va muxlislar terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayanga umuman ishonishmayotganidan xabarimiz bor. Butun O'zbekiston Babayandan norozi. Guruhda muvaffaqiyatsizlikka uchragan barcha terma jamoalarda murabbiylar istefoga chiqarildi. Xususan bizda ham. Ammo faqat sizlarda bosh murabbiy hali ishlamoqda.
Rostini aytaman, O'zbekiston terma jamoasining o'yinini kuzatganim yo'q. To'g'risi, bu o'yinga qadar terma jamoangizni o'rganishga ham to'g'ri kelmagandi. Lekin natijalaridan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, murabbiy istefoga chiqmagani kutilmagan holat. Ochig'i, Babayan nega istefoga chiqmayotgani qiziq. Ayniqsa Xitoyga qarshi o'yindan keyin o'zbek matbuoti Babayan haqida yozishdan to'xtamayapti. Biz esa ushbu terma jamoangiz atrofidagi yomon kayfiyatdan to'g'ri foydalanib qolmoqchimiz.

Bugun (kecha) sizlarning saytingizda terma jamoamiz sardori Kim Yong-Gvonning intervyusidan keyingi bo'lgan mojaro va muxlislarning etirozi haqida o'qib qoldim. SHu o'rinda shuni takidlab o'tmoqchimanki, muxlislar stadionga kelib o'z sevimlilari qo'llab-quvvatlashga haqqi bor va ular pulini to'lab chipta xarid qilganidan keyin istaginini qiladi. Bu erda biroz tushunmovchilik bo'lgan. Futbolchi maydondagi shovqin tufayli sheriklarimni ovozini eshitishda qiynaldim, deb muxlislarni ayblamoqchi bo'lmagan. SHunchaki vaziyatni aytgan. Bu tushunmovchilikka barham berildi.

Bizning Toshkentga kelib ishlashimizda federaciyaning umuman dahli yo'q. Barcha jurnalistlar o'zlari erkin kelishgan.

O'zbekiston terma jamoasi safidan kimdan xavf kutishni ham bilmayapmiz. To'g'risi, O'zbekiston terma jamoasi deganda biror-bir futbolchi ko'z oldimizga kelmaydi. 



Suhbat so'nggida janubiy koreyalik jurnalist qaysi futbolchilardan ehtiyot bo'lish kerakligi haqida ayyorona savol berishdi. Biz esa o'yinda ko'raverasizlar, deb vaziyatdan qochishga urindik. Butun Janubiy Koreya matbuoti Babayan nega istefoga chiqmayotgani bilan qiziqmoqda.

Biz esa Janubiy Koreya terma jamoasi etakchilaridan biri Son Xyon Min va Ku Ja CHol bilan intervyu tashkil etishni rejalashtirib mehmonlar istiqomat qilayotgan  "Hyatt Regency" mehmonxonasiga borgandik. Ammo Janubiy Koreya terma jamoa bosh murabbiyi futbolchilarga intervyu berishni vaqtincha taqiqlab qo'ygani aytildi.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +95   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика