Xyonnesga o'rinbosar topildi
21 noy 2018 20:36
Yangiliklar
Xyonnesga o'rinbosar topildi
“Bavariya” klubi rahbariyatida yaqin vaqtlar ichida o'zgarish bo'lishi mumkin, deya xabar bermoqda Sport Bild.
Nemis klubi prezidenti Uli Xyonessga o'rinbosar topildi. Klub rahbari ilgariroq bergan bayonotida munosib nomzod topilsa, o'z lavozimini tark etishi mumkinligini aytgandi. Nashr malumotiga ko'ra, klub prezidenti o'z o'rniga eng munosib nomzod sifatida jamoaning sobiq darvozaboni va sardori Oliver Kanni ko'rmoqda. Aynan unga klub rahbari tomonidan yuksak ishonch bildirilmoqda.
Yaqin vaqt ichida “Bavariya” prezidenti keyingi saylovlarda ishtiroki borasida yakuniy qarorni qabul qiladi. SHunga qaramay, kelajakda “Bavariya” prezidenti lavozimiga asosiy nomzod sifatida Kan nomzodi qolaveradi.
Afsonaviy darvozabon 1994 yildan 2008 yilga qadar “Bavariya” sharafini himoya qilgan va jamoa bilan 22 ta sovrinni qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar