Xyoness 2015 yilning bahor oyida "Bavariya"da ish boshlashi mumkin
26 okt 2014 00:06
Yangiliklar


Xyoness 2015 yilning bahor oyida "Bavariya"da ish boshlashi mumkin
"Bavariya"ning sobiq prezidenti Uli Xyoness keyingi yili yana o'zining sevimli jamoasida ishlashi mumkin deya xabar bermoqda "Süddeutsche Zeitung" nashri.
Uli Xyoness ayni paytda soliqlarni o'z vaqtida to'lamaganligi uchun qamoqda jazosini o'tamoqda. "Bavariya" sobiq prezidenti bahorda klubda ish boshlashi mumkin. Bahor oyidan boshlab Uli Xyonessga kunduz kuni ishga borib ruxsat berilishi kutilmoqda.

Fikrlar