So’nggi yangiliklar

02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  3 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  3 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  8 00:37"Арсенал" "Наполи"нинг шартларига рози бўлди  1 00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  0 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  6 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  1 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  3 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  23 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  12 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  9 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0

X.Xoliqovdan tarjima. "Unga raqib darvozasini ishg'ol etish uchun to'rtta imkoniyat bering va u hammasidan foydalanadi" Yangiliklar

X.Xoliqovdan tarjima. "Unga raqib darvozasini ishg'ol etish uchun to'rtta imkoniyat bering va u hammasidan foydalanadi"

Ikki qismdan iborat golland futboli yulduzlaridan biri Ruud van Nistelroy haqidagi hikoyaning ikkinchi qismini taqdim etamiz.

Birinchi qismda van Nistelroyning Gollandiya chempionatidan so'ng MYUga yo'l olgani va u erda ko'rgan-kechirganlari haqida hikoya qilgandik. Quyida esa uning "Real"ga o'tishi va undan keyingi faoliyati haqida so'z boradi. 

"REAL MADRID"
2006 yilning 27 iyul kuni hujumchi "Real Madrid" bilan uch yilga mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. MYU uni 15 million evroga sotib yuborgandi. Yaxshi futbolchi uchun qaerda o'ynashning farqi yo'q ekan, van Nistelroy Ispaniya chempionatining 2-turidayoq "Levante" darvozasiga uchta to'p kiritishga muvaffaq bo'ladi. O'sha mavsum u "Osasuna" bilan kechgan o'yinda 4ta gol uradi. CHempionat yakunida Ruud 25ta gol bilan "Eng yaxshi to'purar" sovrinini qabul qilib oladi. Qolaversa, "Real"ning 30-chempionligiga yaqindan yordam beradi.

2008 yil "Yuventus"ga qarshi kechgan ECHL o'yinida hujumchi jarohat oladi va mavsum oxirigacha safdan chiqadi. Faqat 2009 yilning sentyabr oyiga kelibgina yana safga qaytadi. Maydonga qaytgach "Xeres"ga qarshi bellashuvda Ruud yana gol uradi, biroq jarohati qo'zib keyingi o'yinlarda maydonga tusha olmaydi. SHundan so'ng 2010 yilning yanvarida klub rahbari uni erkin agent sifatida qo'yib yuborishga rozi bo'ladi. 

Ko'pchilik Ruudning Madriddagi faoliyati mobaynida bir voqeani eslaydi. "Santyago Bernabeu" stadionida Rimning "Lacio" klubi bilan kechgan bellashuvdan so'ng van Nistelroy muxlislar o'tirgan sektorga borib, bir qizga futbolkasini echib beradi va negadir tribunadan darhol uzoqlashmay qizning bo'ynidan quchoqlab yig'lay boshlaydi. Buni avvaliga kameralar payqamay qoladi, keyin esa bir operator ko'rib qolib faqat uni tasvirga tushiradi. 

Ko'p o'tmay "Antenna 3" telekanali o'sha qizni studiyaga taklif etib, u bilan suhbat uyushtiradi. Malum bo'lishicha, qizning ismi Judi bo'lib, u ham Ruud tug'ilib o'sgan shahardan ekan. Qiz o'ta og'ir kasallikka duchor bo'lgandi, shifokorlar uning ikki oydan ko'p yashamasligini aytishgan ekan. Qizning oxirgi orzusi Ruud van Nistelroy bilan uchrashish bo'lgan. SHu bois otasi Ispaniyaga olib kelib mashhur futbolchi bilan uchrashtirgan. O'z navbatida van Nistelroy unga formasini taqdim etib, tushkunlikka tushmasligini va hammasi yaxshi bo'lishini aytadi va bo'ynidan quchib yig'laydi. Bor gap shu.


"GAMBURG"
2010 yilning 23 yanvarida van Nistelroy Germaniyaning "Gamburg" klubiga ko'chib o'tdi. Endilikda unda Angliya va Ispaniyadan keyin Germaniyada ham o'zini sinab ko'rish fikri tug'ilgandi. Ruud nemis klubi bilan 18 oylik shartnomaga imzo chekadi. Gollandiyalik to'purar Evropa grandlari nazaridan chetda jimgina faoliyatini davom ettirishi mumkin edi. Biroq amalda bunday bo'lmaydi. 

"Real" prezidenti Florentino Peres 2011 yilning yanvar oyida unga qo'ng'iroq qilib, Madridga qaytishini, uning xizmatlariga Joze Mourino ehtiyoj sezayotganini aytadi. CHunki portugaliyalik murabbiy klubni tark etgan Gonsalo Iguain o'rniga boshqa hujumchi qidirayotgandi. Ammo 34 yoshli van Nistelroyni qo'yib yuborishga "Gamburg" rahbariyati ko'nmaydi. Natijada Ruud toki shartnomasi oxirigacha "dinozavrlar" tarkibida qolishga majbur bo'ladi.

O'shanda Ruud van Nistelroy shunday degandi: "Menga shaxsan prezident qo'ng'iroq qilib Madridga qaytishimni so'radi. O'zim ham jon deb qaytsam bo'lardi, lekin "Gamburg" unamadi. Umidlarim puchga chiqdi. Endi men hech qachon Evropa chempionlar ligasini yuta olmayman. Agar qaytganimda Mourino qo'l ostida bu musobaqada g'olib chiqishimizni sezgandim. Lekin professional sifatida "Gamburg"da qolishimga to'g'ri keldi".


"MALAGA"
2011 yilning 2 iyun kuni van Nistelroy o'zining yangi jamoasi "Malaga" bilan 2012 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma tuzadi. U "Malaga" bilan chempionatda 4-o'rinni egallaydi, CHempionlar ligasi saralash bahslarida o'ynash imkonini qo'lga kiritadi. Ruud andalusiyaliklar safida 28 o'yinda maydonga tushib atigi 4ta gol urgan. 2012 yilning 14 may sanasida van Nistelroy katta futboldan ketayotganini rasman malum qiladi.

GOLLANDIYA TERMA JAMOASI
Ruudning terma jamoadagi debyuti 1998 yilning 18 noyabrida ro'y bergan. O'shanda Gollandiya Germaniyaga qarshi bahs olib borib 1:1 hisobini qayd etgandi. Hujumchi termadagi ilk golini 1999 yil 28 arel kuni Marokash darvozasiga kiritgan. Afsuski, futbolchi jarohati sabab Evro-2000ga bora olmaydi. JCH-2002ga esa Gollandiya chiqa olmagan. Faqat 2004 yilga kelibgina van Nistelroy terma jamoa bilan birinchi marta katta musobaqada ishtirok etishga muvaffaq bo'ladi.

Evropa chempionatidagi Germaniyaga qarshi bahs oxirlarida aynan uning goli sabab o'yin 1:1 hisobida yakun topadi. Keyingi bahslarda Ruud yana uchta gol urishga erishadi. Yarim finalda Gollandiya Portugaliyaga imkoniyatni boy berib musobaqani tark etadi. Natijada musobaqada to'rtta gol urgan Ruud angliyalik Ueyn Runi bilan to'purarlar poygasida ikkinchi o'rinni egallaydi. Birinchi o'rin esa chexiyalik hujumchi Milan Baroshga nasib etadi.

Germaniyada o'tkazilgan JCH-2006 guruh o'yinlarida van Nistelroy uch marta maydonga tushib atigi bitta gol uradi. 1/8 finaldan o'rin olgan Portugaliyaga qarshi bahsda esa murabbiy uni o'yin oxirigacha zaxirada ushlab turadi. Natijada gollandlar mag'lub bo'lib uyga qaytib ketishadi. SHundan so'ng Ruud bir yilcha terma jamoada ko'rinish bermaydi. U bir yillik tanaffusdan so'ng yana termaga qaytib SHveycariyaga qarshi maydonga tushadi. Qolaversa, Evro-2008ga boradigan tarkibga kiritiladi. Evropa chempionatida uch bor maydonga tushgan van Nistelroy 2ta gol uradi.

2008 yilning avgustida Ruud van Nistelroy terma jamoadan ketayotganini elon qiladi. Lekin oradan ikki yil o'tib unda JCH-2010ga borish umidi tug'iladi. Ammo terma jamoa ustozi Bert van Marveyk uni 23talik ro'yxatga kiritmaydi. Jahon chempionatidan so'ng Ruud yana terma jamoaga qaytib, San-Marinoga qarshi uchrashuvda zaxiradan tushadi va oxirgi daqiqalarda raqib darvozasiga to'p kiritadi. O'yin 5:0 hisobida tugaydi. 2012 yilning aprel oyida Bert van Marveyk bayonot berib Evro-2012ga boradigan futbolchilar orasida van Nistelroy bo'lmasligini aytadi. SHundan so'ng qahramonimiz uzil-kesil terma jamoa bilan xayrlashadi. Ruud van Nistelroy terma jamoa libosida 70ta o'yinda ishtirok etib, 35ta gol urgan. 


MURABBIYLIK FAOLIYATI
2014 yil Ruud Gollandiya terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlash uchun Guus Xiddinkdan taklif oladi. Van Nistelroy faoliyati davomida CHempionlar ligasini yutmagan, o'zi o'ynagan hech qaysi klubda afsona bo'lib qolmagan, ammo to'purarlik mahoratidan foydalanib uch bor ECHLning "Eng yaxshi to'purari" bo'lgan (2001/2002, 2002/2003, 2004/2005 yilgi mavsumlarda). Bundan tashqari, u uchta elit chempionat - Gollandiya, Angliya va Ispaniyada to'purar bo'lgan dunyodagi yagona futbolchi hisoblanadi.

FAKTLAR
- 2004 yilning 10 iyul kuni futbolchi o'zining yoshlikdagi tanishi Leontina Slats bilan turmush qurgan. Ularning ikki farzandi bor: qizi Moa Annet va o'g'li Layam.

- Van Nistelroy golland futbolining yana bir yorqin yulduzi Patrik Klyuyvert bilan bir kun va bir yilda tug'ilgan.

- Ruud va uning oilasi hozirgi paytda turli xayriya tadbirlarida ishtirok etib turishadi. Ular 1949 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan "Qishloq bolalariga yordam" xayriya tashkilotining azosi hisoblanadi.

- 2001 yilning 1 may kuni van Nistelroy rasman FIFA tomonidan "FIFA bolalar uchun yordam" jamg'armasining elchisi sifatida tasdiqlangan.


ERISHGAN YUTUQLARI
Jamoa sifatida: Gollandiya chempioni - 1999/2000, 2000/2001, Gollandiya Superkubogi sohibi - 1999, 2000, Angliya chempioni - 2002/2003, Angliya Kubogi sohibi - 2003/2004, Angliya Superkubogi sohibi - 2003, Angliya liga kubogi sohibi - 2005/2006, Ispaniya chempioni - 2006/2007, 2007/2008, Ispaniya Superkubogi sohibi - 2008.

Futbolchi sifatida: "FIFA 100" ro'yxatidan joy olgan. Gollandiyaning ikki karra "Eng yaxshi futbolchisi" - 1999, 2000. "Kumush butsa" sohibi -1999, 2000, "Bronza butsa" sohibi - 2007, Angliyada mavsumning "Eng yaxshi futbolchisi" - 2002/2003, Gollandiya chempionatining eng yaxshi to'purari - 1998/1999, 1999/2000, Angliya chempionatining eng yaxshi to'purari - 2002/2003, Ispaniya chempionatining eng yaxshi to'purari - 2006/2007, Evro mavsumning eng yaxshi to'purari - 2001/2002, ECHLning eng yaxshi to'purari - 2001/2002, 2002/2003, 2004/2005.

Van Nistelroy haqidagi hikoyaning birinchi qismi bu erda

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика