So’nggi yangiliklar

23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  0 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  2 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  2 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  2 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  11 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  61 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1

XXI asr boshidagi qahramonlar yoxud “Superdepor” qanday jamoa edi? Yangiliklar

XXI asr boshidagi qahramonlar yoxud “Superdepor” qanday jamoa edi?

Teglar :  Deportivo
Zamonaviy futbol ancha o'zgargan va o'z qahramonlariga ega. Lekin asrimiz boshlarida futbolga mehr qo'ygan muxlislar o'sha yillari ajoyib o'yin ko'rsatib, futbol ixlosmandlari qalbidan joy egallagan klublarni o'zgacha sog'inch bilan eslashadi.

Ana shunday klublardan biri La-Korunyaning “Deportivo” klubi. Hozirda “segunda”da o'ynayotgan bu klub 20 yillar oldin o'zining so'zini Evropa maydonlarida ayta olgan edi.

Ko'pchilik oddiy insonlar uchun La-Korunya – shimoliy-g'arbiy Ispaniyadagi kurort shahar, lekin haqiqiy futbol ixlosmandlari uchun bu “Deportivo” futbol klubining vatani. 2000-yillar boshida Galisiya klubi jahon futboli atmosferasiga shiddat bilan kirib keldi va hammaning etiborini o'ziga qaratishga majbur qila oldi. 90-yillar oxirida “SuperDepor” Ispaniya chempionatidagi, shunchaki, o'rtamiyonalardan biri edi. Bazida jamoa UEFA kubogi uchun kurashgan bo'lsa, bazi hollarda jadval o'rtalarida “sayr” qilishni odat qilgan edi. Haqiqiy o'zgarish esa 1999-yildan keyin boshlandi. Aynan o'sha yillari katta futbol klublarini o'zi bilan hisoblashishga majbur qilgan va muxlislarning yoqimtoyiga aylangan “Depo” paydo bo'layotgan yillar edi. Klub birin-ketin Roy Makaay, Sezar Martin va Viktor Sanches kabi hali unchalik taniqli bo'lmasa ham sifatli futbolchilarni sotib ola boshladi. Natijada jamoa hammani hayratda qoldirib o'z tarixida ilk marta  Ispaniya chempioniga aylandi. Xavier Irureta shogirdlari nafaqat ichki chempionatda, balki Evroarenada ham hurmatga sazovor klubga aylandilar.

Qandaydir to'rt yil ichida jamoa Ispaniya chempionligi (1999-2000-yil), ikki marta kubok va bir marta superkubokni yutishga erishdi. CHempion bo'lmagan yillari esa mavsumni ikkinchi o'rinda tugatdi. 2003 va 2004- yilgi mavsumlarda esa finishga uchinchi bo'lib etib keldi. 2000-01-yilgi mavsumda ham “oq-kӯklar” chempionlikka yaqin kelishdi.  Mavsum boshlanmasdan chempion jamoa tarkibida bazi o'zgarishlar kuzatildi. Yarim himoyachi Flavio Konseysao “Real Madrid”ga o'tdi. Klub “Atletiko”dan Molina, Kapdevilya va Valeronni xarid qildi. Bundan tashqari jamoa markaziy yarim himoyachilar Aldo Dusher, Emerson va Sesar Sampayo bilan shartnoma imzoladi. Hujum esa Valter Pandiani va Diego Tristan bilan kuchaytirildi. 

Mavsum esa oldingisi kabi jamoa uchun omadli kechdi. Ular chempionlik unvonini himoya qila olishmagan  bo'lishsa-da, chempionatni ikkinchi o'rinda yakunlashdi va CHempionlar ligasi uchun yo'llanmani naqd qilishdi. To'g'ri jamoa Ispaniya kubogida kamtargina “Tenerife”ga sensacion tarzda mag'lub bo'ldi, lekin Evropa chempionlar ligasida chorak finalgacha etib borib muxlislarni xursand qilishdi. Bu yo'lda ular “Gamburg”, “PSJ” va “Panatinaikos” kabi jamoalarni er tishlatishdi. O'sha yillari jamoa juda ko'pchilik klublar uchun haqiqiy namunaga aylangan edi. Evropa futboli grandlari ulardan cho'chishar edi. La-Korunyalik yigitlr esa har qanday jamoani tiz cho'ktirishga qodir edilar. Keling, quyida o'sha mashhur “Depor”ning asosiy yulduzlarini eslab o'tamiz:

Xose Fransisko Molina – darvozabon, 30 yosh

Molina o'sha davrda o'z yurtidagi ishonchli darvozabonlardan biri edi. Faoliyati davomida u faqat ispan klublarida o'ynagan. 2000-yilda u “Atletiko”dan amaldagi chempionlar tarkibiga o'tdi. SHuni alohida takidlash kerakki, o'sha yili “Atletiko” segundaga ravona bo'lgan va ko'plab o'yinchilar klubni tark etayotgan edilar.

2000-01-yilgi mavsumda Molina 32 bahsda maydonga tushib  bor yo'g'i 31 ta gol o'tkazib yubordi. Havas qilarli natija, albatta. 2001-yil aprelda vrachlar unda xavfli kasallik aniqlashdi. Futbolchi baxtiga davolanish jarayoni muvaffaqiyatli kechdi va u maydonga qayta oldi va “Depo” uchun o'ynashda davom etdi. 2006-yilda esa qadrdon klubini tark etib “Levante” safiga borib qo'shildi.

Manuel Pablo – himoyachi, 24 yosh

Manuel Pablo – “Deportivo” tarixidagi yorqin figuralardan biri. U o'sha chempion tarkibdagi yaqin yillardacha jamoa sharafini himoya qilgan yagona o'yinchidir. 2001-yili u chempionatda 37 ta bahsda bitta gol urdi va 2016-yilgacha klub tarkibida 383 o'yin o'tkazganiga qaramay o'sha gol u uchun yagona bo'lib qoldi.

2001-yil sentyabr oyida Pablo dahshatli jarohat oldi. Uning oyog'i  ikkiga bo'lingan edi. U doimo “Deportivo” uchun jonini fido qilishga tayyorligini takidlab kelgan va so'zlarining isboti sifatida faoliyatini shu klubda  yakunladi.

Enrike Romero – himoyachi, 29 yosh

Enrike Romero "Galisiya" klubining himoyachilardan biri edi. U doim “Depor” uchun chin yurakdan o'ynagan. U klubga 1998 yili “Valensiya” dan ko'chib o'tdi. Takidlash kerakki, faoliyatining eng yorqin damlarini La-Korunyada o'tkazdi. 2000/2001 yilgi mavsumda u tarkibning tengi yo'q o'yinchisi edi. O'sha mavsum u 29 bahsda ishtirok etdi.

Nuriddin Naybet – himoyachi, 30 yosh

Nuriddin o'zining jismoniy holati bilan ajralib turar edi. Marokashlik o'yinchi Irureta jamoasining asosiy himoyachilaridan edi. O'sha mavsumda 30 bahsda qatnashdi va bir gol muallifiga aylandi. Lekin jamoa muxlislari bilan ko'ngilsizlik aynan Naybet bilan sodir bo'ldi. Muxlislar “Lids” ga boy berilgan CHempionlar ligasidagi bahsda asosiy aybdor sifatida marokashlikni ko'rsatdilar.

Ko'ngilni xira qilaigan bu hodisa Nuriddinning  “Deportivo”dagi yorqin faoliyatida kichik dog' bo'lib qoldi. U klubni 2003-04-yilgi esda qolarli mavsumdan keyin tark etdi. O'shanda klub CHempionlar ligasida “Milan”ni 4:0 hisobida dog'da qoldirgan edi.

Elder Krishtovan – himoyachi, 29 yosh

1997-yili asli kelib chiqishi angolalik bo'lgan portugal o'yinchisi “oq-ko'k”lar bilan shartnoma tuzdi. Tezda u asosiy tarkib o'yinchisiga aylandi. Baquvvat Krishtovan-Naybet juftligi har qanday raqib hujumchilarini ehtiyotkorlik bilan o'ynashga majbur qilar edi.

U himoyachilarga xos bo'lmagan kichik bo'yga ega bo'lishiga qaramay, deyarli barcha havodagi kurashlarda g'olib bo'lar edi. 2002-yili klub bilan xayrlashgan Elder keyinchalik “Benfika” yoshlar jamoasiga murabbiy bo'ladi.

Mauro Silva – yarim himoyachi, 32 yosh

Braziliyalik o'sha mashhur tarkibdagi muhim figuralardan biri edi. Silva va “Deportivo” tarixi 1992-yilda boshlandi.  U “Depor” sharafini o'n yildan ortiqroq muddat himoya qildi.

Braziliyalik vinger unchalik ham iqtidorli futbolchi emas edi, biroq u bu kamchiligini mehnatkashligi va professionalligi evaziga to'ldrardi. U doim jamoa uchun muhim o'yinchi edi. 2000-01-mavsumda u 31 bahsda maydonga tushdi.

Donato – yarim himoyachi, 38 yosh

Faoliyati oxiriga borib qolganiga qaramay kelib chiqishi braziliyalik bo'lgan ispan 2000-01-mavsumda 29 ta bahsda maydonga tushib 3 ta golga mualliflik qiladi. U golli paslar berishdan to'xtamas edi. Lekin shuningdek, u o'zining qo'polligi bilan ham muxlislar yodida qolgan. O'sha mavsum u 11 marta sariq va bir marta qizil kartochkaga munosib ko'riladi.

Viktor Sanches – yarim himoyachi, 24 yosh

Viktor Sanches “Deportivo” uchun alohida futbolchi. U klubni 2016-yilgi mavsumda murabbiy sifatida ham boshqardi. Lekin uning klubdagi futbolchilik faoliyati muvaffaqiyatli kechgan edi. “Depo” dagi birinchi mavsumidayoq u o'zini ajoyib “yorib kiruvchi” sifatida ko'rsatdi.

Mavsum davomida u 32 bahsda qatnashib 5 golga mualliflik qildi. Muxlislar uning grossmeysterlarga xos paslari va ajoyib texnikasidan chempionlik mavsumida va undan keyin ham ancha muddat bahramand bo'lishdi.

Fransisko Gonsales – yarim himoyachi, 31 yosh

Fran “Deportivo” tarbiyalanuvchisi edi va 1988-yildan beri jamoa tizimida o'ynab keldi. Keyinroq u “oq-ko'klar”ning sardoriga aylandi. “Deportivo” asrimiz boshida nima yutgan bo'lsa, Fransisko ham barchasini yutdi. U ikki “Superdepor”larning tarkibida o'ynagan yagon ijrochi edi jamoa 1992-93 va 1993-94-yillarda ham ketma-ket ikki marta chempionatni ikkinchi o'rinda yakunlagan edi). 

Diego Tristan – hujumchi, 24 yosh.

SHaxsan men uchun Tristan o'sha Deportivoning ramzi edi. 2000-yili La-Korunya klubi “Malyorka” dan yosh hujumchini xarid qiladi. “Depo”da Tristan va Makaay birgalikda raqib humoyachilarini dahshatga soladigan hujum duetini hosil qilishgan edi. Lekin tez-tez “Deportivo” 4-5-1 taktik sxemada o'ynar va ko'pincha asosiy tarkibda Makaay maydonga tushib, bu Diegoning noroziligiga sabab bo'lar edi.

Ish shungacha borib etdiki, Tristan klubni tark etishi haqida elon qila boshladi. Lekin tez orada bari joyiga tushadi va Diego 2000-01-yilgi mavsumda 19 golga mualliflik qilib jamoasining to'purariga aylanadi. 

Roy Makaay – hujumchi, 25 yosh.

Ikkinchi ming yillikning so'nggi yilida Roy “Deportivo”ga o'tdi va o'zining birinchi mavsumidayoq 22 gol urib o'ziga sarflangan summani to'liq oqladi. 2000-01-mavsumda tizzadagi jarohat sabab “Fantom” ko'ngildagidek o'ynay olmadi va 29 bahsda 14 ta gol bilan kifoyalandi. Lekin Royning hujumchilik  qobiliyati yaqqol ko'zga tashlanib turar va doyim raqiblarni tahlika ostida ushlab turar edi. Keyinroq u o'zining ajoyib o'yinlarini “Bavariya” da davom ettirdi.

Emerson – yarim himoyachi, 38 yosh

Braziliyalik o'yinchi 2000-yil yozida olib kelingan uch o'yinchidan biri edi. U doyim ham asosiy tarkib o'yinchisi bo'lmagan. Lekin 2000-01-mavsumda 28 bahsda ishtirok etgan edi. 2002-yilda esa “Depo” uni Madridning “Atletiko”siga 6,5 million evro evaziga sotib yubordi.

Xuan Karlos Valeron – yarim himoyachi, 25 yosh

Yangi ming yillik  boshida u “Valensiya”dan “Deportivo” ga o'tdi. Xuan o'sha “Depo”ning miyasi edi va uning g'alati traektoriyaga ega bo'lgan paslari Roy Makaay, Diego Tristan va keyinroq Valter Pandianilar uchun gol urish uchun ajoyib imkoniyat hosil qolar edi. U “oq-ko'klar” tarkibiga o'tgandan keyingina tomirlarida ko'k qon oqayotganini sezadi va ajoyib o'yini bilan muxlislarni xursadn qiladi

Valter Pandiani – hujumchi, 24 yosh

Pandiani uchun debyut mavsum unchalik ham omadli kelmadi. U klubning haqiqiy jokeri edi. Ko'p o'yinlarda urugvaylik hujumchi zahiradan o'yinga qo'shilar edi. 2000-01-mavsumda u 25 bahsda 3 gol bilan kifoyalanadi xolos.

Xavier Irureta – bosh murabbiy, 52 yosh

Irureta “Deportivo”ni 1998-yili qabul qilib oldi. U jamoani qabul qilib olganida tarkibda Pedro Pauleta, Lionel Skaloni va Manuel Pablo kabi yulduzlar bor edi. Dastlabki mavsumdayoq Xavier klub bilan oltinchi o'rinni egalladi. Klub CHempionlar ligasiga chiqa olmagan bo'lsa-da, keyingi mavsumdayoq hech kim kutmagan holda jamoa o'z tarixida ilk bora chempionlikka sazovor bo'ldi. Xavier esa ikkinchi marta “yil murabbiyi” sifatida etirof etildi.

Klubdagi etti yillik faoliyati davomida u chempionlikdan tashqari ikki marta kumush va ikki marta bronza medallariga ega chiqdi. 2001-02-yilgi mavsumda esa “Real Madrid”ni  Santyago Bernabeuda mag'lub etib mamlakat kubogini boshi uzra baland ko'tardi. Evropa CHempionlar ligasida esa ikki marta chorak finalgacha etib borgan bo'lsa, bir marta yarim finalda o'ynadi. Kamtarona klub uchun o'sha yillarda bu yuksak natija edi. “Depo” ning o'sha yillardagi muvaffaqiyatining asosiy jihati shunda ediki, jamoa bir mavsumlik emasligini isbotlab uzoq yillik stabillikni ushlab tura oldi.  

BONUS. Albert Luke – hujumchi

Luke chempionlik mavsumida jamoaga hali kelib qo'shilmagan edi. Lekin  haqiqiy futbol muxlislari uni nozik didli, ajoyib hujumchi sifatida eslashadi. O'sha yillari Albert Luke juda ko'pchilik futbol muxlislarining ko'nglidan joy olgan edi.

“Depo”ning 2003-04-yilgi mavsumdagi CHempionlar ligasidagi qahramonliklaridagi asosiy figura aynan Luke edi. Yarim finalgacha u “Milan” va “Yuventus” kabi grandlarga gollarni joyladi. “Deportivo” dagi uch yillik faolyati davomida u yuzdan ortiq o'yinda maydonga tushdi va klub tarixida yorqin iz qoldirdi. Keyinroq “Nyukasl” ga o'tgan o'yinchi jarohatlar sabab faoliyatini ko'ngildagidek davom ettira olmadi.

“Deportivoning” 2000-01-yilgi mavsum taktikasi


Mamurjon Ibragimov tayyorladi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика