So’nggi yangiliklar

03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  6 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  28 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  3 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16

Xvicha Kvaracxeliya orden oladi Yangiliklar

Xvicha Kvaracxeliya orden oladi

Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze PSJ futbolchisi Xvicha Kvaracxeliya Avliyo Georgiy nomidagi G'alaba ordeni bilan taqdirlashga tavsiya etilganini malum qildi.

Mamlakat hukumati parijliklarning Chempionlar ligasidagi g'alabasidan so'ng shunday qarorga keldi.

"Xvicha Kvaracxeliyani Chempionlar Ligasidagi g'alaba bilan tabriklamoqchiman. Bu futboldagi cho'qqi. Shubhasiz, Xvicha Kvaracxeliya qo'lga kiritgan g'alaba har birimiz uchun alohida iftixordir. Bu butun mamlakatimizning g'alabasi, buni har bir muxlis shunday qabul qildi. Tabriklashdan tashqari, yurtimizga keltirgan o'sha g'alabasi uchun ham rahmat aytishimiz kerak. Ishonchim komilki, bu hali u ko'p marta erishadigan yuksak cho'qqilarni zabt etishning boshlanishi, xolos. Unga kelajakda ham katta muvaffaqiyatlar tilayman.

Bizda shunday anana bor - sportchilarimiz yuksak marralarga erishsa, oliy davlat mukofotlariga taqdim etamiz. Chempionlar Ligasidagi g'alaba aynan shunday etirofga loyiq bo'lgan yutuq deb hisoblayman. O'tgan yili u milliy jamoadagi muvaffaqiyati uchun "Shon-sharaf" ordeni bilan taqdirlangan edi, endi esa Chempionlar Ligasidagi g'alabasi uchun uni Avliyo Georgiy nomidagi G'alaba ordeni bilan taqdirlashga taqdim etmoqchiman.

Bu uning davlatdan oladigan juda munosib mukofoti, deb o'ylayman. Bu borada Gruziya prezidenti, parlament raisi bilan maslahatlashdik va bir ovozdan shunday qarorga keldik. Gruziya prezidenti uni davlatning oliy mukofoti - Avliyo Georgiy nomidagi G'alaba ordeni bilan taqdirlaydi", - deya Kobaxidzening so'zlarini keltiradi 1tv.ge internet-portali.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика