So’nggi yangiliklar

10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  0 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  0 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  0 08:08Бугун финал!  7 07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  11 07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  8 00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  24 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди  5 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  1 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  14 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12

Xushxabar: "Qizilqum" - "Paxtakor" uchrashuvi Sport TVda jonli olib ko'rsatiladi Yangiliklar

Xushxabar: "Qizilqum" - "Paxtakor" uchrashuvi Sport TVda jonli olib ko'rsatiladi

Bugun mamlakatimiz oliy liga jamoalari 4-tur uchrashuvlarini boshlashadi.

Taqvimga ko'ra, dastlab muxlislar  Navbahor (Namangan) – So'g'diyona (Jizzax), Metallurg (Bekobod) – Neftchi (Farg'ona), SHo'rtan (G'uzor) – Dinamo (Samarqand), Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Andijon (Andijon) jamoalari bahsiga guvoh bo'lishadi.

Yana uchta o'yin esa 12 aprelda bo'lib o'tishi belgilangan. Unda Mashal (Muborak) – Olmaliq (Olmaliq),Qizilqum (Navoiy) – Paxtakor (Toshkent) hamda Buxoro (Buxoro) – Nasaf (Qarshi) juftliklari maydonga chiqadi.

Mazkur to'rtinchi turni yakunlab beruvchi Lokomotiv (Toshkent) – Bunyodkor (Toshkent) bahsi esa 13 aprel kuni o'tkaziladi.

SHu o'rinda muxlislar uchun o'ziga xos yangilikni bildirib o'tsak, Navoiy viloyati hokimligi, "Qizilqum" PFK va O'zbekiston teleradiokompaniyasi hamkorligida ilk marotaba Navoiy shahrida bo'ladigan "Qizilqum" - "Paxtakor" jamoalari bahsi oynai jahon orqali to'g'ridan to'g'ri olib ko'rsatiladi.

Uchrashuv Navoiy shahridagi Umid qo'rg'onida qad rostlagan "Yoshlar" sport majmuasida bo'lib o'tadi. Sport telekanali orqali jonli namoyish etiladigan mazkur o'yinni Zafar Imomxo'jaev hamda Rahmonqul Boltaevlar birgalikda sharhlab borishadi.

"Qizilqum" - "Paxtakor" jamoalari uchrashuvi 12 aprel kuni soat 17.30 da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика