So’nggi yangiliklar

10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  3 10:24Мусиала операция қилинди  2 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  6 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  5 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1

Xushnudbek Avilov: "Navbahor"dagi bosim? Kimga qandayligini bilmadim, menga bu holat yoqadi" Yangiliklar

Xushnudbek Avilov: "Navbahor"dagi bosim? Kimga qandayligini bilmadim, menga bu holat yoqadi"

"Navbahor" jamoasi qishki transferlar oynasi vaqtida o'z safini bir qator futbolchilar bilan boyitib olmoqda.

Kuni kecha jamoaga kelib qo'shilgan legioner futbolchilardan tashqari avvalroq "Andijon" jamoasidan Farhod Mirahmatov va Xushnudbek Avilovlar ham "lochinlar" tarkibini to'ldirishgan edi. Kecha "Andijon" bilan o'rtoqlik uchrashuvida murabbiylar shtabi yangi futbolchilarga ham imkoniyat berishdi. Biz esa Xushnudbek Avilovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlari qanday ketmoqda?

- Mashg'ulotlar rejadagidek o'tmoqda. Jamoaga qo'shilib ketishim boshida biroz qiyin bo'lganini aytmasa hozirda bari ko'ngildagidek deya olaman. 

- "Andijon" bilan o'rtoqlik uchrashuvida murabbiylar qanday ko'rsatmalar berishdi?

- O'rtoqlik uchrashuvida yaxshi harakat qildik, murabbiylarimiz mashg'ulotlarda qilingan ishlarni o'yinda ko'rsatishimiz lozimligini takidlashdi. 

- No'mon Hasanov sizga begona emas, ushbu mutaxassis qo'l ostida "Qo'qon-1912"da to'p tepgansiz. SHu bois talablaridan xabaringiz bor, demak tushunishda muammo bo'lmayapti...

- U paytlar futbol boshqacha edi. "Millionlar o'yini"da kundan kunga yangiliklar yuz bermoqda. SHu sababli No'mon akaning ham futbolga bo'lgan qarashlari o'zgargan deyishim mumkin. 

- "Navbahor" faoliyatingizda yangi sahifa ochishiga ishonasizmi?

- SHu kunlarda klub bilan rasman shartnoma imzolayman. "Navbahor"dagi o'yinlarim orqali O'zbekiston milliy terma jamoasidan chaqiruv olishni niyat qilganman. Ayni paytda jamoamizda yaxshi saviyadagi futbolchilar yig'ilgan. 

- Sizni muxlislar 2016 yil Baxrayndagi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati orqali tanishgan. Ushbu turnirdan qanday xotiralar qolgan?

- 2016 yilgi Osiyo chempionatidan yaxshi taassurotlar qolgan. O'shanda bitta o'yinda yutganimizda Jahon chempionatiga chiqqan bo'lardik. Lekin omadimiz kelmagandi. SHuni aytishim mumkinki murabbiylar shtabi va futbolchilar ahil edi. Bitta oila sifatida shakllangandik. O'sha kunlar uchun xudoga shukur qilaman. 

- Namanganda doim bosim yuqori. "Navbahor" jamoasidan hamisha g'alaba kutishadi...

- Ha, to'g'ri. "Navbahor"da doim bosim yuqori bo'ladi. Ammo har xil futbol bor. Ayrimlarga bunday bosimda o'ynash manzur keladi yana bazilarga esa aksincha. Menga ushbu holat yoqadi.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi. 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика