So’nggi yangiliklar

02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  4 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  22 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  2 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  31 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  99 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1027 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  11 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  11 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  20 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  5 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  10

Xurshidbek Muxtorov: “Nasaf”ning g'alabalarida Ro'ziqul Berdievning xissasi juda katta” Yangiliklar

Xurshidbek Muxtorov: “Nasaf”ning g'alabalarida Ro'ziqul Berdievning xissasi juda katta”

O'zbekiston chempionatida bir necha yillardan buyon stabil o'ynab kelayotgan himoyachi Xurshidbek Muxtorov haqida eshitgan bo'lsangiz kerak.

Faoliyati davomida “Guliston”, “Qo'qon-1912”, “So'g'diyona”, “Lokomotiv”, “Olmaliq” kabi klublar sharafini himoya qilgan Muxtorov o'tgan yil mavsum o'rtasida Qarshining “Nasaf” klubiga ko'chib o'tgan edi. Bugungi kunda “ajdarlar”ning asosiy qanot himoyachisi hisoblangan futbolchi bilan suhbatlashdik.

- Dastlab odatga ko'ra millionlar o'yini futbolga qanday kirib kelganingiz haqida gapirib bersangiz.
1994 yil Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tug'ilganman. Taxminan 9 yoshimdan futbolga qatnashishni boshlaganman. Birinchi murabbiyim Mahmud aka Abduraimov bo'lgan. Dastlab o'zimizda, Gulistonda futbol sir-asrorlarini o'rgangandim. 11 yoshimda Toshkentga, "Paxtakor" akademiyasiga borganman. Bu erda Rustam aka Oripovning qo'l ostida shug'ullanganman. Ushbu murabbiy futbolchi sifatida shakllanishimizga juda katta yordam bergan, shu darajaga chiqishimizda Rustam akaning mehnatlari katta bo'lgan. “Paxtakor”da Ikrom Aliboev, Quvondiq Ro'ziev, Doniyor Usmonov, Timur Usmonov kabi futbolchilar bilan birga mashg'ulotlarga borardim. 2010 yilda "Paxtakor"dan ketganman. Aslida men akademiyada tahsil olmasdim, shunchaki jamoa mashg'ulotlariga qatnashardim va o'yinlarda maydonga tushardim. O'sha paytlarda ikkinchi ligada "Toshkent" degan jamoa bor edi. Ko'p futbolchilar bilan birga mana shu klubga ko'chib o'tganmiz. Rustam aka ham mana shu jamoaga o'tganlar va bir yil davomida "Toshkent" sharafini himoya qilganman. Keyingi yil "Lokomotiv" oliy ligaga qaytgan va yoshlar jamoasi tuzish ehtiyoji paydo bo'lgan. "Toshkent"dan 10 nafar futbolchini "temiryo'lchilar" o'rinbosarlari tarkibiga taklif qilishgandi. O'sha 10 futbolchi orasida men ham bor edim.

- Oliy ligada qachon debyut qilgansiz?

- 2013 yil Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Guliston" klubi safida oliy ligada debyut qilganman. O'sha paytda menga ishonch bildirganlari uchun Ashurmatovga katta rahmat aytaman.



- Qaysi murabbiy faoliyatingizda katta o'rin tutgan?
- Faoliyatim davomida Rustam Orifov, Baxtiyor Ashurmatov, Davron Fayziev, Igor SHkvirin, Viktor Kumikov, Ro'ziqul Berdiev va boshqa murabbiylar qo'l ostida o'ynaganman. Umuman qaysi murabbiy bilan ishlagan bo'lsam barchasidan minnatdorman.

- Oxirgi yillarda “Nasaf” kuchli legionerlar va tajribali futbolchilar bilan o'ynab, O'zbekiston chempionligi va mamlakat kubogini qo'lga kiritish uchun kurashib kelayotgandi. Bu yil esa vaziyat boshqacha...

- To'g'ri aytdingiz "Nasaf"ning bu yilgi tarkibi asosan o'z tarbiyalanuvchilaridan iborat. Tarkibimizning katta qismini yosh futbolchilar tashkil etadi. SHunga qaramay biz har bir bahsda maydonga g'alaba uchun tushamiz. Ishoning, "Nasaf" barcha raqiblarni hurmat qiladi, lekin hech kimdan qo'rqmaydi. Yosh futbolchilar qancha ko'p maydonga tushishsa shuncha tajribasi oshadi. G'alaba qo'lga kiritilsa yosh o'yinchilar ikki xissa quvonishadi.

- Ko'pchilik “Nasaf”ning “Andijon”ga qarshi o'yinda bunday tarzda mag'lub bo'lishini kutmagan edi.

"Andijon"ga qarshi bahsda ochiqchasiga omadimiz kelmadi. To'g'ri shu kuni Andijondagi stadionning ochilish marosimi bo'ldi, raqib o'z muxlislari qarshisida o'ynadi. Bu ham mag'lubiyatimizga sabab bo'ldi. Ammo keyingi safar "Andijon"ni albatta mag'lub eta olamiz. Buni bosh murabbiyimiz ham aytib o'tdilar. Bu futbol, kimdir yutadi, kimdir yutqazadi.

- Yoshlikda barchamizning sevimli klubimiz bo'lgan. Siz qaysi jamoaga muxlis bo'lgansiz?

- Xorijda ko'plab klublarning o'yini yoqadi. Ulardan eng yaxshi ko'rganim Madridning "Real" klubi. Bu jamoaga yoshligimdan muxlislik qilib kelaman. Zidan, Figu, Bekxem, Roberto Karlos o'ynagan paytlarni xuddi kechagidek eslayman.

- Siz bilan birga o'ynagan Ikrom Aliboev legionerga aylandi. Xurshidbek Muxtorovga hech xorij klublaridan taklif bo'lganmi?

- CHet eldan bir nechta klublarning qiziqishlari haqida eshitganman. Biroq aniq taklif bo'lmagani uchun O'zbekistonda o'ynayapman. O'z vatanimda o'ynayotganimdan hech qachon afsuslanmaganman. Eng asosiysi sevimli kasbim bilan shug'ullanayapman.



- Futbolni tashlash haqida o'ylagan paytlar bo'lganmi?

- Bo'lgan. 2012 yil Meni "Lokomotiv" o'rinbosarlari safiga Ravshan Bozorov taklif qilgandilar. Mavsum boshlanishidan oldin tibbiy ko'rikdan o'tganimda shifokorlar "ozgina davolanishing kerak, yuragingda muammo bor ekan" deb aytishgandi. SHifokor tavsiyasiga ko'ra davolanishni boshlaganman, o'sha paytda mashg'ulotlarda qatnashishim taqiqlangan edi. CHempionat boshlanishiga oz qolganida jamoada bosh murabbiy o'zgargan. Bozorov o'rniga Marat Miftaxutdinov tayinlangan. Men endigina davolanishni tugatib mashg'ulotlarga qo'shilgandim. Kutilmaganda o'rinbosarlar tarkibidan chiqarib yuborishgan, yani PFLga yuborilgan zayavkadan meni chiqarib yuborishgandi va ikkinchi ligada o'ynab tur deb javob berishgan. Bu menga juda qattiq zarba bo'lgandi o'shanda. Aynan shu vaqtda futbolni tashlaymikin deb o'ylanib qolganman. Biroq Rustam aka Oripov meni qo'llab-quvvatlagan. SHuncha harakat qildik, mehnat qildik hali zo'r futbolchi bo'lasan deb meni o'z jamoalarida olib qolgandilar.

- Bir necha yillardan buyon “Nasaf”ni boshqarib kelayotgan Ro'ziqul Berdiev haqida nima deya olasiz?

Ro'ziqul Berdiev "Nasaf" afsonasi. Futbolchilik paytida ham, mana hozir murabbiylik paytida ham "Nasaf" uchun borini bermoqda. Jamoa ushbu murabbiy qo'l ostida ko'plab sovrinlarga ega chiqdi, ko'plab yosh futbolchilar aynan Berdiev qo'l ostida O'zbekiston chempionatida debyut qildi. Ko'p klublarda moliyaviy qiyinchilik boshlansa natijalari ham pasayib ketadi, ammo "Nasaf"da bunday emas. Bunda Ro'ziqul Berdievning xissasi juda katta deb bilaman. Tarkibda yulduz futbolchilari yo'q bo'lsa ham jamoa doim yuqoriga intilaveradi. Ro'ziqul aka futboldan tashqari hayotda ham juda samimiy va yaxshi inson.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика