Xurshid To'ychiboev: "Qo'qon-1912" mening qarzimni qachon beradi?"
07 iyu 2022 20:45
Yangiliklar
Xurshid To'ychiboev: "Qo'qon-1912" mening qarzimni qachon beradi?"
Tan olish kerak, qo'qonliklarning bu yilgi chempionatdagi ishtirokini qoniqarli deb bo'lmaydi.
Bizga malum bo'lishicha, jamoada moliyaviy muammolar mavjud.
Bugun saytimizga qo'qonlik tadbirkor Xurshid To'ychiboev murojaat qilib, "Qo'qon-1912" bilan shu kunga qadar avtotransport bo'yicha hamkorlik qilib kelganini aytib, kelishilgan pullarini hanuzgacha ololmay kelayotganini bildirdi. Klubning bu qarzdorligi avvalgi rahbariyat davri bilan bog'liq ekanligini bildirgan To'ychiboev endi bu masalani yangi rahbariyat ijobiy hal qilib berishiga umid qilayotganini bildirib o'tdi.
Fikrlar