Xurshid G'iyosov: "Ikkala jamoa ham g'alabaga haqli edi"

Narzulla Saydullayev
26 avg 2016, 13:18
Oliy liganing 20- tur doirasida Toshkentning “Obod” jamoasi o'z uyida Bekobodning “Metallurg” klubini qabul qildi.

O'yinda durrang natija qayd etildi 1:1 . O'yindan so'ng “Obod” himoyachisi Xurshid G'iyosov bellashuv borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Nazarimda juda yaxshi o'yin bo'ldi. Imkon qadar,qo'limizdan kelgancha harakat qildik. Ikkala jamoa ham  g'alabaga haqli edi. “Metallurg” jamoasi joriy mavsumda mazmunli ishtiroki bilan ko'pchilikning e'tiborini tortmoqda. Aytingchi,jamoangiz nimaning hisobiga bu raqibdan ochko tortib oldi?
- Bilasizmi,bizda jamoaviy o'yin juda yaxshi shakllangan. Menimcha,bu  bizning  asosiy yutug'imiz. Bekobodliklarga qarshi uchrashuvda ham astoydil harakat qildik. Kombinacion o'yin tashkil etish natijasida,raqib darvozasiga yul topa oldik. Bu borada to'p urar hujumchimiz Shoxruz Norxonovga omad kulib boqdi. Umuman olganda,barcha yigitlar yaxshi o'ynadi-deydi G'iyosov.

Dildora Xolboeva suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia