So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  0 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2

Xulosa qilib, 2-davraga tayyorlanamiz. Vadim Abramov 1-davra yakunlari, yosh o'yinchilar o'yini va tarkib o'zgarishi haqida Yangiliklar

Xulosa qilib, 2-davraga tayyorlanamiz. Vadim Abramov 1-davra yakunlari, yosh o'yinchilar o'yini va tarkib o'zgarishi haqida

Pro liga 4-turining qoldirilgan o'yini doirasidagi Dinamo - Andijon-SGS (4:0) bahsidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov yirik g'alaba va Pro liga 1-davrasi yakunlari bo'yicha fikrlarini bildirdi.

- Tezkor gol yigitlarimizning xotirjamroq o'ynashiga sabab bo'ldi. Taym yakunida gol kiritib, hisob yirik ko'rinish olgan bo'lsa-da, aslida barcha masalani yanada oldinroq hal qilish mumkin edi. Ikkinchi bo'limda esa zaxiradan maydonga tushgan o'yinchilar o'yinni kuchaytirishlari lozim bo'lsa-da, ular nima bilan shug'ullanganini men uchun tushunarsiz bo'ldi. Endi tanaffus yuzaga keladi. Biz davra yakunlari bo'yicha xulosa qilamiz.

- Birinchi davra yakunlandi. Natijalardan kelib chiqsak, barchasi siz o'ylagan reja asosida davom etyaptimi? Umuman olganda, davra yakunlari bo'yicha umumiy xulosalaringiz qanday bo'ldi?

- Men uchun kutilmagani – so'nggi o'yinlarimizda ketma-ket ochko yo'qotganimiz bo'ldi. SHu o'yinlar men uchun kutilmagan natijalar bilan tugadi va rejalarimni o'zgartirdi. Ammo bundan fojia yasamaymiz, xulosa qilib, ikkinchi davraga munosib tayyorlanamiz va o'zimiz reja qilgan o'rinda bo'lamiz.

Bu mavsumdagi eng oson g'alaba? Har bir jamoa raqibi o'yinidan kelib chiqib o'ynaydi. Raqibni o'rgangan edik, ularning kuchsiz jihatlarini bilgan holda o'ynadik va g'alabaga erishdik. 

Yosh o'yinchilarning o'yini haqida? Ular yaxshi o'yin namoyish etishdi. Biz ularga ishonch bildirdik va xuddi shunday o'yin kutgandik. Yigitlar ishonchni oqlashdi. Yoshlar o'yini o'sib boradi degan umiddaman.

- Birinchi davradan keyin jamoani tark etayotganlar va jarohat olganlar bor. Davralar oralig'ida jamoa tarkibi qanchalik o'zgarishi mumkin?

- Reglament bo'yicha 5 nafar yangi o'yinchini o'z safimizga qo'sha olamiz. Hozircha bizda 8 nafar yangi nomzod o'yinchi bor. Ularni tarkibga jalb etish qanchalik amalga oshadi hali nomalum. Muzokaralarni boshlaganmiz. Barchasi o'zimizga bog'liq. Mavsum o'rtasida o'yinchilarda klubi bilan shartnomasi bor, shu bois hozirdan aniq nomlar haqida gapirishga erta. Tarkib kuchayishiga umid qilyapman. 

Usmon Ibodov suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика