So’nggi yangiliklar

21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  0 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  2 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  8 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  53 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2

Xulosa o'zingizdan, hurmatli rahbarlar... Yangiliklar

Xulosa o'zingizdan, hurmatli rahbarlar...

Ayni paytda barcha klublarimiz yangi mavsumga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda.

Superligada ishtirok etishi aniq bo'lgan jamoalarimiz ham, superligada o'ynashdan umidvor bo'lib turgan klublar ham tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.
O'FFga yangi rahbariyat kelganidan keyin ko'p narsalar o'zgardi. Bu yildan Superligada to'liq professional maqomga loyiq jamoalar o'ynashi haqida O'FF va PFL rahbariyati baralla aytmoqda.

Oliy liga Superligaga o'zgartirilgach, klublarimiz ham PFL qo'yayotgan talablarni bajarishga shunday tezlikda kirishdiki, hattoki Pro-ligaga tushib ketgan jamoalar ham PFL Superliga jamoalari uchun qo'yayotgan talablarni bajarayotganini elon qilishdan charchashmayapti.

Xo'p, klublarimiz O'FF va PFL talab qilayotgan professionallik sari guyoki qadam tashlayotgandek. Mayli, bunga ishondik deylik. Aslidachi?

Men hozir O'FF, PFL va klublarimiz matbuot xizmatiga nazar tashlamoqchiman.

Hali aytib o'tganimdek, O'FFga yangi rahbariyat kelganidan keyin federaciya va PFL sayti jonlangandek tuyuldi. Deyarli har kuni O'FF rasmiy saytida xabar chiqib turibdi. O'zgarishlar, yangiliklar, kimningdir futboldan chetlatilgani yoki O'FF olib borayotgan islohotlar borasida futbol mutaxassislarning fikrlari chiqib turibdi. Bu yaxshi.
Lekin futbolimizni yangi bosqichga ko'tarishga harakat qilayotgan O'FF nega O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan Xitoyga matbuot xizmatidan faqatgina birgina xodimni yuborgan?

Qani fotograf? Qani Xitoydan "qaynoq" materiallar? Nega Osiyo chempionatiga ketgan yoshlar terma jamoamizning ishtiroki keng yoritilmayapti?
Biz hali video-blog haqida so'ramayapmiz.

Nahotki klublarimizdan, mutaxassislar va futbolchilardan professionallikni talab qilayotgan O'FF delegaciyaga qo'shib nari borsa yana 2-3 nafar matbuot xizmatidan xodim yubora olmaydi? Nega Hasan Pirmuhammedov olgan suratlarni ko'rmayapmiz?

O'FF matbuot xizmati rahbariyatning O'zbekiston ichidagi safarlarini voqea joyidan keng yoritmoqda, gap yo'q. Lekin Umid Ahmadjonov xorij safariga chiqqanda O'FF matbuot xizmati jonli reportajlar tayyorlamayapti. Safar tafsilotlari keng yoritilmayapti. CHunki ular federaciya va turli xil terma jamoalarimiz bilan birga olib ketilmayapti. SHunchaki qolipdagi gaplar bilan memorandum imzolangani yozilmoqda va telefonda olingan surat bilan o'sha material boyitilmoqda.
Bu esa professionallikka intilayotgan O'FFga yarashmaydi. Aniqrog'i, uyat.

Masalan O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar bilan muhim ahamiyatga ega bo'lgan katta memorandum imzoladi. Lekin O'FF rahbarining oldida matbuot xizmatidan hech kim yo'q.

Tasavvur qiling, O'zbekistonga Qatar futbol uyushmasi rahbari kelganda uning oldida kamida bir nafar matbuot xizmati xodimi va fotograf bo'ladi.
Yoki hattoki Qirg'iziston yoki Malayziyaning har qanday yoshdagi terma jamoasi qandaydir musobaqaga borganida, ular albatta matbuot xizmati xodimlari bilan "qurollanib" keladi. Buni ko'p marotaba guvohi bo'lganmiz.

Deyarli barcha federaciya, uyushma, futbol associaciyalari va klublar matbuot xizmatiga juda katta etibor qaratadi. Bu odatiy holat. Lekin bizda buni yo'lga qo'yish juda qiyin bo'lmoqda.

Masalan yaqinda O'zbekiston MTJ BAA bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Lekin milliy terma jamoamiz uchrashuviga ham O'FF o'zining foto muxbirisiz ketdi. Biz esa suratlarni doimgidek raqiblarning saytidan oldik. Bunga o'rganib ham qoldik.

Endi klublarimizga qaytsak.

Ayni paytda AGMK, "Nasaf", "Paxtakor" va "Lokomotiv" singari klublarimiz yangi mavsumga tayyorgarlikni xorijda davom ettirishmoqda. Bu jamoalar chempionatimizning eng yuqori elitasiga mansub klublar. Bular orasida faqatgina AGMK o'sha yuqori elita sari odimlashga urinayotgan klub. Lekin qiziq tomoni shundaki, professionallik sari intilayotgan AGMK jamoasidan tashqari hech qaysi klub xorij yig'iniga matbuot xizmatidan xodim olib ketmagan.

Hattoki o'tgan yili yozda nafaqat grand jamoa, balki super klub tuzilayotganini elon qilgan "Paxtakor" rahbariyati ham Turkiyadagi yig'inga matbuot xizmatidan hech kimni olib ketmadi. SHumi siz aytgan super klub?

Super klub bo'lamiz degan "Paxtakor" ham Turkiya taraflardan hozircha "quruq" xabar chop etmoqda xolos.
Eng achinarlisi, telefonda olingan juda bir sifatsiz rasmlar esa xabarlarni xunuklashtirib qo'ymoqda.

Mana oddiy fakt: Kuni kecha Turkiyada Qirg'izistonning "Dordoy" klubi AGMK bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdi. "Dordoi" klubi matbuot xizmati vakillarini yig'inga olib kelgan va o'yin klub rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida keng yoritilmoqda. Uchrashuvdan fotogalereya chop etildi. Suratlarni sifatiga alohida etibor bering. AGMK ham matbuot xizmati rahbari Baxtiyor SHirinovni yig'inga olib ketgan, gap yo'q. Lekin SHirinovning bir o'zi o'yin haqida yozsinmi, rasmga olsinmi yoki kundalikni tasvirga olsinmi? Qirg'iziston klublari professionallikda biznikilarga dars o'tishmoqda. Bizning "professional" klublarimiz esa...

Yaxshi ham jamoalarimidan video operator bor. Ko'p jamoalarimiz aynan shulardan ham operator, ham matbuot xizmati xodimi va kezi kelganda adminstrator sifatida ham foydalanadi. Yoki aksincha, adminstratorlardan matbuot xizmati xodimi sifatida foydalaniladi. Bizda bu narsa ancha urf bo'lgan.

Klublarimiz rahbarlari ham nomiga, xo'ja ko'rsinga ish qilishlari hali-xamon davom etmoqda. Bir xodimdan maksimal foydalanish natijasida o'sha xodimning asl funkciyasi unumdorligini ham pasaytirib qo'yishadi.

Qachonki bizda ham rahbariyat har bir ishni o'z ustasi qilish kerakligini tushunib etsagina professionallik sari endi qadam tashlagan bo'ladi. Ungacha esa quruq balandparvoz gaplarni aytib yuraverishadi.

Matbuot xizmati nega kerak? SHunchaki reglamentda ko'rsatilgani uchungina emas, balki klub, jamoa, murabbiy hamda futbolchilarning hayoti va faoliyatini o'z muxlislariga etarlicha yoritish uchun.

Istagan rahbar shunchaki qiziqish uchun osiyo klublari rasmiy sayti yoki ularning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarini kuzatib ko'rishsin. Keyin esa o'z jamoalariniki bilan solishtirib ko'rishsin.

Kuzatib ko'rishsin deymizu, lekin kuzatish uchun ham rahbar hozirgi zamon bilan hamnafas bo'lishi va bunga tushunchasi bo'lmog'i lozim. SHundagina o'rtadagi juda katta tafovutni ko'radi. Zora shundan keyin ishga, aniqrog'i, matbuot xizmatiga bo'lgan qarashlari va yondoshuvi o'zgarsa.

Men hali "Real", "Bavariya", "Manchester Siti" yoki "Zenit" kabi klublarni o'rnak qilib aytmadim. Bu klublar jamoadagi murabbiy va futbolchilarning bir bir qadamini yoritib boradi. SHu boisdan ham ularda avvalo matbuot xizmati profi, shunga qarab futbolchilari ham yuksak professional.

"Bavariya" yaqinda qishki yig'inini Qatarning Doha shahrida o'tkazdi. Yupp Xaynkes yig'inga 25 nafar futbolchi bilan bordi. "Bavariya" klubi delegaciyasi Qatarga 132 nafar xodim bilan yo'l olgani klub rasmiy saytida elon qilindi. Murabbiylar shtabi, futbolchilar, klub xodimlari va jurnalistlardan tashqari myunxenliklar o'z muxlislarini ham Qatarda o'tgan 1 haftalik yig'inga olib ketishdi. "Bavariya"ning Dohadagi hayoti esa butun nemis nashrlari va klub rasmiy saytida keng yoritildi. Qatardagi muxlislari bilan esa o'ziga xos uchrashuvlar va tadbirlar uyushtirildi.

Bizda ishi yo'lga qo'yilgan professionallikka eng yaqin klublarimizning matbuot xizmatida maksimum 2-3 nafar xodim ishlaydi. Qolgan klublarda esa bo'lsa atiga 1 kishi.
Lekin hozirgi zamonda, ayni paytdagi talablardan kelib chiqilsa, matbuot xizmatida kamida 3-4 nafar xodim ishlashi kerak.

Masalan evropa klublarining matbuot xizmatida minimum 10-12 nafar xodim ish yuritadi. Osiyoda bilishimcha, bu ko'rsatkich minimum 5-6 kishini tashkil etadi.

O'FFda, klublarimizda ham juda ko'p o'zgarishlar yuzaga keldi. Lekin ishga bo'lgan munosabat hech o'zgarmayapti. Masalan o'tgan yili "Lokomotiv" klubi o'z matbuot kotibini xorijdagi yig'iniga birga olib ketganida "temiryo'lchilar"ning har bir kuni kundalik sifatida juda keng yoritilgandi.

Nahotki byudjetida milliardlab puli bor klublarda matbuot xizmatiga kelganida oqsab qoladi. Yoki istalgan klub o'ynasa-o'ynamasa futbolchilarga 50-500 millionlab ko'tarma puli beradi. Jamoasini, klubi faoliyatini keng yoritishi mumkin bo'lgan matbuot xizmatiga hech etibor bermaydi.

Nega? CHunki ulardan "otkat" qilib bo'lmagani uchunmi? Yoki boshqa sababi bormikan? Qiziq.

O'FF, PFL yoki klublarimizni qanchalik balandparvoz gaplar gapirishmasin bari befoyda. Ishga bo'lgan munosabat o'zgarmas ekan, matbuot xizmati bo'limi kerakligicha shakllantirilib, ularga etibor kuchaymas ekan, futbolimiz yuqori cho'qqiga chiqishda oqsayveradi. Futbolda kichik detallar bo'lmaydi. O'sha kichik detallarga etibor paydo bo'lsagina o'sish va rivojlanish kuchayadi, tezlashadi.

Agarda matbuot xizmatini restoranga qiyoslasak, unda evropa va osiyo klublarining allaqachon o'z restoranlari bor.
Bizlardagi klublarning matbuot xizmati esa maktab oshxonasiga o'xshab qolgan. O'sha oshxonada ham faqatgina birgina oshpaz bor. Taomni istemolchilarga etkazib beradigan oficiant yo'q. Restoranda nechta ishchi xodim ishlashini, u erdagi qulayliklar va komfort qay darajada ekanligini barcha yaxshi biladi. Bizning klub rahbarlari esa hech bo'lmasa kafe ochishni uddalasa ham katta gap aslida.

Bunga qadar ham matbuot xizmatiga etibor yo'qligi, klub rahbariyati bu bo'limga shunchaki nomiga etibor berishi haqida ko'p yozilgan, tanqid qilingan. Lekin hozircha bularning barchasi besamar ketmoqda. Futbolimiz esa yildan-yilga chuqurlikka tushib ketmoqda.

Xulosa esa o'zingizdan, hurmatli rahbarlar...

Muallif :
Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика