So’nggi yangiliklar

06:55АПЛ. 37 ёшли "Лестер" афсонаси Жейми Варди жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди   0 02:33ЛаЛига. "Атлетико" жанговар дурангга рози бўлди  1 02:30АПЛ. "Тоттенхэм" Чемпионшип ғолибини мағлуб қила олмади  3 01:58А Серия. "Ювентус" мавсумни йирик ғалаба билан бошлади  3 01:54Илёс Зейтуллаев: "Бу мавсум чемпионлик учун "Насаф", ОКМК, "Сўғдиёна" ва "Пахтакор" курашади"  3 01:13Сергей Лушчан матбуот анжуманида Сардор Рашидов қачон сафга қайтишини айтди  4 23:45Луи Саа: "Роналду МЮга қайтиши мумкин"  4 23:10"Челси" 24 ёшли португалиялик трансферини ҳал қилди  4 22:41"Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашуви охирида қўйилган пенальтида ҳакам тўғри қарор қабул қилдими?  25 22:30"Челси" чақириб олган Галлахер яна Мадридга учяпти. Трансфер амалга ошадими?  0 22:08Россия. Ашурматов ва Раҳмоналиев жамоаси Эсанов клубини таслим қилди, аммо...  1 21:59Аргентина терма жамоасининг асосий юлдузи қайдномага киритилмади  2 21:36Суперлига. "Навбаҳор" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бунёдкор" 20 дақиқа бир киши кам ўйнади  207 20:44Гвардиола Гюндоган ва "Барселона"га ёрдам бермоқчи  3 20:25Мората ажрашяпти. Альваро хиёнат қилдими?  5

Xulen yana ishga kirishdi Yangiliklar

Xulen yana ishga kirishdi

Baskoniyalik mutaxassis Xulen Lopetegiga Ispaniya terma jamoasini boshqarish taklifi bildirilganida, u Vulverxempton bilan shartnoma tuzish arafasida edi.

Yani rasmiy hujjat ostiga imzo chekmoqchi bo'lib turgandi. Tabiiyki, Ispaniya futbol federaciyasi  chorlovi har tomonlama maqulroq ko'rindi - ingliz klubidagi lavozimdan obro'liroq, masuliyatliroq va albatta, manfaatliroq. SHu boismi, mutaxassis darhol Vest Xem vakillari, uning xitoylik xo'jayinlari hamda Jorje Mendeshdek ishbilarmon agentga rad javobini berib, o'z vatani termasi bilan ishlashga rozilik bildirdi.

Evro. Yoshlar bo'yicha mutaxassis

Ispan futboli rahbarlari va mutasaddilarining umumiy fikrlaricha, Lopetegining turli yosh toifasiga mansub terma jamoalar bilan ishlash asnosida to'plagan tajribasi va asosiy tarkib azolari qanday o'yin ko'rsatishlari lozimligi xususidagi boy tasavvuri uning eng muhim ustunligidir. Lopetegi - ikki karra Evropa chempioni (murabbiy sifatida, albatta). U avvaliga 2012 yili Ispaniyaning U-19 terma jamoasini qita chempionatida shohsupaga etakladi, oradan ko'p o'tmay, xuddi shu muvaffaqiyatni U-21 doirasidagi birinchilikda ham takrorladi. Bask mutaxassisi ayniqsa, yosh istedodlar bilan ishlashda nihoyatda omilkor. Masalan, uning Portudagi faoliyatini eslasak, shunday taniqli jamoaga qo'rqmasdan 18 yoshli Ruben Neveshni sardor sifatida tayinlagandi. Lopetegi shuningdek, Real uchun Kazemiro, Atletiko uchun esa  Oliver Torresni kashf etgani bilan maqtanishga haqli.


Portu. Munozarali turnir

Lopetegi Portugaliya klubiga umidli, tez orada etuk mutaxassisga aylanishi kutilayotgan murabbiy sifatida taklif etildi. SHu tariqa jamoa uning boshqaruvida o'tgan ilk mavsum davomida vaqti-vaqti bilan ajoyib o'yinlar ko'rsatib turdi. Jumladan, ECHL chorak finali doirasidagi ilk uchrashuvda dahshatli Bavariya 3:1 hisobida taslim qilindi. To'g'ri, javob bahsida nemislar baribir, mag'lubiyat alamini ikki hissa chiqarib olishdi - 6:1. Lekin shuning o'ziyoq murabbiyning istedodidan darak bergandi. Afsuski, klub baskoniyalik ustozi bilan hech qanday sovrin yutolmadi. Bir qarashda, Lopetegiga Portugaliyadagi ishi jarayonida qaysidir jihatda shunchaki, omad etishmadi. Deylik, u bazi o'yinlarga taktika tanlash masalasida yanglishdi. Biroq shunisi ham borki, uning 2 yillik faoliyati mobaynida Portu inqiroz domiga tushgan klubdek ko'rinmadi aslo. Aksincha, Xulendan oldin ishlagan Paulu Fonseke va undan keyin jamoa boshqaruviga tayinlangan Joze Pezeyru davrida ajdarlar mazmunli  futbol namoyish etishmagandi. Ikkinchi tomondan, Lopetegi Portugaliyadagi birinchi mavsumida Benfikaga qarshi kechgan o'yindan so'ng yirik mojaroga sababchi bo'ldi. Aniqrog'i, u uchrashuv yakunlangach, lissabonliklar ustozi Jorje Jezush shaniga odob-ahloq meyorlariga to'g'ri kelmaydigan bemani fikrlarni aytib yubordi. Eng qizig'i, Xulen kechirim so'rash vaqti kelganida, shunday uzr so'radiki, bu iltifot avvalgi haqoratdan ham xunukroq bo'lib chiqdi. Xullas, Xulen Portugaliyadagi 2 yillik faoliyati samarasi o'laroq, o'ziga Flopetegi (flop - inglizcha ibora bo'lib, inqiroz manosiga ega) laqabini orttirib oldi. Bu o'rinda omadsizlikning asl sabablarini ham alohida aytib o'tish joiz. CHunonchi, muvaffaqiyatsiz chiqqan ikkinchi mavsumning o'rtalarida klub rahbarlari asosiy tarkibning naq 7 nafar doimiy azosini katta-katta mablag' evaziga sotib yuborishdi. Boz ustiga, bask mutaxassisining Portuni tark etishi ham yoqimsiz voqealarga ulandi. CHunonchi, klub prezidenti Pintu da Koshta shartnoma  muddatidan avval bekor qilingani tufayli murabbiyga to'lash shart bo'lgan badal pulini topolmadi, o'zaro kelishish harakatlari esa omadsiz chiqdi. Oxir-oqibat, Koshta mag'zavani boricha Lopetegi ustiga ag'darib, uni qimmatbaho va keraksiz xaridlarda bosh aybdor sifatida ko'rsatdi.


Terma jamoa. Inqilob bo'lmaydi

Lopetegi Ispaniya milliy jamoasiga rasman murabbiy sifatida tayinlanganidan so'ng odatga ko'ra, ilk rasmiy matbuot anjumani o'tkazildi va unga o'smirlar hamda yoshlar termalaridagi muvaffaqiyatlarini eslatishdi. Eng qizig'i, bunday yondashuv murabbiyga uncha yoqmadi: Biz shu paytgacha nimalarga erishgan bo'lsak, barchasini esdan chiqarishimiz kerak. Zero, endi o'sha yutuqlar o'z ahamiyatini yo'qotdi. Hattoki, bungacha ko'plab sovrinlarni yutib, cho'qqiga chiqqan futbolchilarning ham faqat bugungi kun bilan yashashlarini istayman. Oldingi natijalar esa ularga shunchaki, yanada yaxshiroq harakat qilishlari uchungina xizmat qilishi lozim. Umuman olganda, terma jamoada inqilob yasash emas, muvaffaqiyatlarni yanada rivojlantirish uchun harakat qilaman. Bizda hammasi juda yaxshi, deya olmayman. Lekin ayni payt umumiy ahvolimiz u qadar yomon ham emas.

Kasilyas. Afsona qaytadimi?

Oldinroq terma jamoadan ketish vaqti kelganiga shama qilgan Kasilyas yangi murabbiy davrida yana bir imkoniyatga ega bo'lsa, ajabmas. Harqalay, Iker va Xulen o'rtasidan qil ham o'tmasligi ko'pchilikka ayon fakt. Deylik, Kasilyasni Portuga aynan Lopetegi taklif qilgandi. Qolaversa, murabbiy birinchi matbuot anjumanidayoq Kasilyas uchun terma jamoa eshiklari doimo ochiq ekanligini takidladi. To'g'ri, u shuning barobarida bu mavzuga atroflicha to'xtalishni o'ziga ep ko'rmadi. Aytgancha, yangi bosh murabbiy davrida u ilgari sinab ko'rgan ayrim futbolchilarning bosh rolga chiqishlari kutilmoqda. Bular sirasiga Morata, Tyago Alkantara, Isko, Koke, Mata va Saulni kiritish mumkin. Takidlash lozim, ulardan dastlabki ikkisi sovrindor U-21 terma jamoasi tarkibida eng muhim rollarni bajargan.

Isroil Rahimov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика