Xuan Mataning yangi jamoasi elon qilindi
03 sen 2023 10:50
Yangiliklar
Xuan Mataning yangi jamoasi elon qilindi
Yarim himoyachi Xuan Mata Yaponiyaning "Vissel Kobe" jamoasiga o'tdi.
35 yoshli yarim himoyachi yapon jamoasida 64-raqamda o'ynaydi.
"Manchester Yunayted", "CHelsi" kabi jamoalarning sobiq futbolchisi o'tgan mavsumda "Galatasaray" tarkibida o'ynadi. Uning turk klubi bilan kelishuvi 2023 yil yozida yakunlangan va erkin agentga aylangandi. Mata Turkiya chempionatida 16 o'yinda 3 gol va 1 assist qayd etdi.
Xuan faoliyati davomida ECHL, APL, Angliya Kubogi, Angliya Superkubogi, Evropa ligasi, Ispaniya Kubogi va Turkiya chempionligini qo'lga kiritgan. Ispaniya termasi bilan u JCH-2010 va Evro-2012 turnirlarida g'olib bo'lgan.
Fikrlar