Xuan Mata: “Runi – Angliya futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri”
28 jan 2014 12:37
Yangiliklar


Xuan Mata: “Runi – Angliya futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri”
“Manchester Yunayted”ning yangi futbolchisi yarim himoyachi Xuan Mata hujumchi Ueyn Runining o'yiniga baho berib o'tdi.
“Runi bilan birgalikda maydonga tushishni intiqlik bilan kutayapman. Fikrimcha, u - Angliya futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri. U gollar uradi va ajoyib to'p uzatishlarni amalga oshiradi.
U bilan birga o'ynash maroqli bo'ladi deb o'ylayman. Raqib jarima maydonida erkin zonalarni topib hujumchilarga golli to'p uzatish qo'limdan keladi va buni isbotlashga harakat qilaman”, - deydi Mata.
Takidlab o'tamiz, ispaniyalik futbolchi yangi klubi tarkibida APL doirasida “Kardiff”ga qarshi o'yinda debyut qilishi mumkin.

Fikrlar