So’nggi yangiliklar

04:23А Серия. "Интер" "Болонья"га мағлуб бўлди, "Милан" эса "Аталанта"га мағлуб бўлди  1 00:21Миржалол Қосимов: "Захирадан ўйинга қўшилган футболчилар ҳар доим ўйинни кучайтириши керак. Дориев яримта вазиятдан ҳам гол ура олди"  3 00:15Суперлига. Голларга бой ўтган баҳсда ОКМК ғалаба қозонди, "Динамо" эса қўшиб берилган дақиқаларда ғалабани илиб кетди  6 23:58Иван Бошкович: "Биз қандай ўйин намойиш этганимиз ҳеч кимга қизиқ эмас, муҳими натижа"  2 23:31РПЛ. ЦСКА ўз уйида "Крилья Советов"ни енга олмади, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  6 23:02Вадим Абрамов: "Бундай кўп тўхталишлар мухлисларга ёқади деб ўйламайман"  15 22:51"Арсенал" бразилиялик ярим ҳимоячига қизиқиб қолди  1 22:24АПЛ. "Ливерпуль" Александер-Арнольднинг голи эвазига меҳмонда "Лестер"ни мағлуб этди  12 22:03U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон 9 киши қолиб чемпион бўлди  747 21:54Озарбайжон Премьер-лигаси. "Сумқайит" меҳмонда "Зира"га мағлуб бўлди, Абдихолиқов гол урди!  2 21:22Айбек Нурбаев: "Футболчиларим билан фахрланаман"  0 21:05Григорий Колосовский: "Катта ҳудудий устунликка эга бўлдик"  1 20:58Симонс "Барса"да ўйнашни орзу қилади, аммо Хави ёзда катта эҳтимол билан АПЛга кетади. "Лейпциг" тахминан 75 млн евро олади  3 20:08Суперлига. 100 дақиқадан ошиқ давом этган ўйинда "Динамо" охирги паллада "Андижон"га гол уриб ғалаба қозонди  167 20:00Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз уйида ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ҳаракат қилди  1

Xovard Uebb: “O'yinda bosimga dosh berish lozim” Yangiliklar

Xovard Uebb: “O'yinda bosimga dosh berish lozim”

Teglar :  Xovard Uebb
Sobiq hakam Xovard Uebb bahsli qarorlarni tushuntirib berish uchun ko'proq imkoniyat olishi kerak degan fikrni maqullaydi.

“ESPN”ga bergan intervyusida Uebb bu taklifni ingliz futboli hakamlariga masul qo'mitaga bildirganda ular buni xohlashmaganini aytib berdi. Faoliyatida jahon chempionati va CHempionlar ligasi finali o'yinlarini boshqarib borgan Xovard 2014 yilning avgustida hakamlik ishini yakunladi. Keyin u APL hakamlar associaciyasida ish boshladi. Hozir “BT Sport” telekanalida tahlilchi bo'lib ishlayotgan Uebb Joze Mourinoning hakamlarga ayblovchilari, shuningdek futboldagi hakamlikning kelajagi haqida savollarga javob qaytardi.


- Hakamlarga omma oldida qarorlarini tushuntirish uchun imkoniyat berish kerakmi?

- O'yinning hal qiluvchi holatlarida hakamlar nima uchun aynan o'sha qarorni qabul qilgani to'g'risida tushuntirib berishlarini yoqlayman. Hamma gap u buni qaysi kiyimda amalga oshirishida. Televideniega taklif qilib, uni xatolari uchun tanqid qilishlari vaziyatga echim emas. Hakamlarga insoniy tarzda munosabatda bo'lish kerak. Tomoshabin katta masuliyat va bosim ostida o'ta muhim qarorni qabul qiladigan insonni tushunishi lozim.

- Har o'yindan keyin matbuotga izoh berish kerak bo'ladimi?

- Har uchrashuvdan keyin televidenieda chiqish vaziyatga echim bo'lmaydi. Hakamlar tez-tez xato qilishadi va har safar ular nima uchun o'shanday qarorga kelishganini tushuntirishi vaziyatni yanada chigallashtiradi.

- Lekin kamera qarshisida javob berish hakamni tomoshabinlar tomonidan yaxshiroq qabul qilinishiga imkon bermaydimi?

- Futbolga aloqador barcha xato qiladi, biroq hakamlarga katta masuliyat yuklangan. Agar hakam xatosi uchun uzr so'rasa va kelasi hafta ham shunday xatoga yo'l qo'ysa, unga bo'lgan ishonch birdaniga tushib ketadi. Va matbuotdan kimdir o'yinni ajoyib boshqargan hakam bilan muloqotda bo'ladimi? Ishonamanki, yo'q. Etiborni faqat xatolar yoki bahsli holatlar jalb qiladi. SHuning uchun matbuotda chiqish hakamning ishiga noto'g'ri baho beradi.

- APL hakamlari ommaga qarorlarini tushuntirishga ruxsat olsa, bundan xursand bo'lishadimi?

- O'ylashimcha, ha. Ko'p yillar oldin Pol Derkin bilan birga ishlagandim va uning televidenieda chiqish qilib, nima uchun “Manchester Yunayted” – “Nyukasl” uchrashuvida aniq penaltini belgimaganiga izoh berib o'tgandi. U Gari Nevillning oldindan aytib bo'lmaydigan to'p oshirishidan keyin zarur joyni egallay olmagani va vaziyatni ko'rmaganini tan olgandi. U buni tushuntirganda, ommaning bunga munosabati ijobiy bo'lgandi. Hozir bunday qilish uchun dastlab hakamlar associaciyasidan ruxsat olish lozim. SHu sababli hakamlar qarorlarini tushuntirib berishlarini juda kam ko'ramiz.

- Balki, hakamlar ular nomidan rasmiy chiqish qiladigan vakillarga ega bo'lishi kerakdir?

- Bu vaziyatdan chiqish uchun yomon echim bo'lmaydi. Associaciyada ishlaganimda bir necha marta televideniega tashrif buyurdim. Ularga qaysidir qaror qanday qabul qilinganini tushuntirib berardim. Buni kimlarningdir fikrini o'zgartirish uchun emas qilmadim, shunchaki maslahatlar berdim va g'oyalarim bilan o'rtoqlashdim. Bunday suhbatlardan keyin efirda mantiqli tanqidlarni tingladim.

- Nega muxlislar bu haqida bilishmadi?

- Bu nega shunchalik sir bo'lganini bilmayman. “BBC” studiyasida deyarli har yakshanba bo'lib, “Match of the Day” dasturi tanqidchilari bilan suhbatlashardim. Bu ularga vaziyatga boshqacha tarafdan nazar tashlashga imkon berdi va hakamlar qaror qabul qilish vaqtida nimaga etibor qaratganini tushunishdi. Hakamlar fikrini OAV yordamida etkazish kerak deb hisoblayman. Bu muammoning ajoyib echimiga aylanadi.

- Hal qiluvchi holatda xatoga yo'l qo'yganini tushunish qanday?

- Bu juda yomon. Bunday holatlardan so'ng o'zimni bosim ostida his qilganman. Tajribali hakam futbolchilarning munosabatidan keyin nimanidir noto'g'ri qilganini darhol tushunadi. Bunga o'xshash vaziyatlarda bosimga taslim bo'lmaslik va bir noto'g'ri qaror boshqasiga tasir qilmasligiga erishish zarur. Har qanday holatda boshqa jamoa foydasiga qaror qabul qilish orqali tenglikni yuzaga keltirmaslik shart. Bu siz ikkita ko'proq xato qilishingizga olib keladi.

- Muxlislar tanqidi va halol hakamlik qilmagani haqida gaplarga qanday dosh bergansiz?

- Bu meni eng ko'p asabiylashtirgan. Barcha qarorlar jamoasiga qarshi qabul qilinganini aytishni yoqtiradi, bu haqiqatdan yiroq. Inson doim xato qiladi va bu o'yinning ajralmas qismidir.

- Joze Mourinoning o'tgan mavsumda hakamlar “CHelsi”ga qarshi ishlashga kelishib olishgani to'g'risida fikrini qanday izohlaysiz?

- U buni haqiqat deb o'ylaganiga ishonmayman. Nahotki, barchadan ko'p tanqid oladigan Martin Atkinson o'yinni faqat “CHelsi”ga qarshi ishlash haqidagi fikr bilan boshlashiga ishonsangiz? Hakam keyingi bir necha kun davomida tanqidlar qabul qilish va asosiy sarlavhalardan tushmaslikni istaydi deb o'ylaysizmi? Albatta, yo'q, bunday qilish axmoqlik bo'lardi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика