Xovard: "Fergyuson meni MLSga qaytarib yuboraman deb qo'rqitgan"
05 dek 2014 08:13
Yangiliklar


Xovard: "Fergyuson meni MLSga qaytarib yuboraman deb qo'rqitgan"
"Everton" darvozaboni Tim Xovard o'zining "Darvozabon" deb nomlangan avtobiografiyasida "Manchester Yunayted"dagi birinchi uchrashuvida ro'y bergan voqeani tilga oladi.
2003 yilda "Arsenal"ga qarshi Angliya Superkubogi uchun o'yinda Xovard Terri Anrining jarima zarbasidan gol o'tkazib yuboradi.
"Tanaffus paytida Fergyuson menga shunday baqirdiki, xatto uning yuzidagi mushaklari ko'rinib ketdi. "Jonli devorda uch kishi! O'yin payti o'ylash kerak" - deya o'shqirardi Fergyuson ko'rsatkich barmoqlarini menga qaratib. "Agar sen lanati jonli devorni o'rnatishni bilmasang, men seni MLSga qaytarib yuboraman! O'g'lim, endi Amerikada emassan!" - o'z kitobidan parcha keltiradi Xovard.
Eslatib o'tamiz, amerikalik darvozabon 2003 yilda "Nyu-York Metrostarz"dan "Manchester Yunayted"ga ko'chib o'tadi va 2007 yil mankunianlarni tark etib "Everton" azosiga aylanadi.

Fikrlar