So’nggi yangiliklar

22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  0 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  55 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  2 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  2 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  10 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  5 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  21 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6

"Xotira-79" klubi tarixga aylanadimi? Yangiliklar

"Xotira-79" klubi tarixga aylanadimi?

Teglar :  Xotira-79
Pro-Liga 22-turidan joy olgan “Labsa” - “Xotira-79” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'tkazilmaydi.

Bunda mezbonlarga texnik g'alaba, mehmonlarga texnik mag'lubiyat yoziladi.

Uychi tumanining “Xotira-79” klubi yozgi transfer oynasi vaqtida Professional futbol ligasiga tashrif buyurib, klubdagi mavjud vaziyat bo'yicha hisobot topshirgan va barcha qarzdorlikdan 20 avgust sanasiga qadar xalos bo'lish kafolatini bergandi. SHunga qaramay, “Xotira-79” o'z zimmasidagi vazifani bajara olmadi.

O'z navbatida “Xotira-79” klubi rahbariyati ham PFLga murojaat bilan chiqib, jamoa azolari Buxoroga bora olmasligini malum qildi. Xatda klubdagi muammolarga tuman hokimining almashishi sabab sifatida ko'rsatilgan.

Pro-Liganing 23-tur uchrashuvlari 26—27 avgust kunlari o'tkaziladi. Yuqoridagi kabi holat yana bir bor takrorlansa, “Xotira-79” klubi chempionat bilan xayrlashadi.

O'z oldiga hech qanday maqsad qo'ya olmaydigan va faqatgina bugungi kuni bilan yashaydigan klublar bilan chempionat saviyasini ko'tarish qiyin. Kelasi yildan boshlab bu kabi jamoalar formati o'zgaradigan 2-liga musobaqalarida ishtirok etishi mumkin. Pro-Ligada esa Superliganing minimal talablariga javob bera oladigan klublargina qoldiriladi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика