Xosep Gvardiola – Zidan, Anchelotti va Angliya haqida
13 jan 2016 22:55
Yangiliklar
Xosep Gvardiola – Zidan, Anchelotti va Angliya haqida
Turne boshlanishi oldidan myunxenliklar ustozi matbuot
anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi. Ulardagi eng muhim
javoblarni etiboringizga ketma-ketlik ko'rinishida havola etamiz.
1. “SHartnomamni oddiy sabab tufayli uzaytirmayman: Angliyada murabbiy bo'lish ishlashni istayman. Bu yagona sabab! Agar 55 yoki 60 yoshda bo'lganimda “Bavariya”da uzoqroq qolgan bo'lardim. Lekin yoshman va yangi chaqiruvni xohlayman. “Bavariya”dan barchasi uchun minnatdorman”. Murabbiy yana Karl-Xaync Rummenigge bilan suhbatlashgani va klubda uni ketishlarini aytishguncha ishlamasligini bayon qilgan.
2. Hozircha Gvardiola biror klub bilan shartnoma tuzmagan. Qaysi jamoada paydo bo'lishini hozircha hal qilmagan. Germaniya OAV malumotlariga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis yakunda “Manchester Siti”ni boshqarishga kirishadi. Yana boshqalar bu “CHelsi” bo'lishi to'g'risida yozishmoqda.
3. Gvardiola Myunxenga kelishga rozi bo'lganda ko'pchilik undan nega Angliyaga bormagani haqida so'raganini eslatgan. O'shanda u shunday qaror to'g'ri bo'lishini hal qilgan. Endi u yana to'g'ri qarorga keldi. Uning fikricha, 44 yoshda Angliyaga ko'chib o'tish juda yaxshi. U hozirgacha ikki klubda ishlagani va bir jamoada uch yil ishlash etarli. Bir jamoada 30 yil murabbiy bo'lish yaxshi, biroq u bundaylardan emas. Gvardiola yangi tajriba, stadionlar, shaharlar, odamlar va restoranlar bilan tanishishni xohlaydi. SHu bilan birga Angliyaga ko'chib o'tish tavakkal ekanini tushunadi. Lekin u buni yoqtiradi. Barcha sovrinlarni yutgandan keyin “Bavariya”ga borishi ham tavakkal bo'lgan. U cho'qqiga yangi futbolchi va jamoalar bilan chiqishni istaydi.
4. Gvardiola o'zi “Bavariya” bilan CHempionlar ligasida g'alaba qozona olmasa, o'zidan kutilgan ishonchni oqlamaganini aytadigan nemis ishqibozlarini yaxshi tushunadi. Lekin barchasini yutish oson emas. Uning uchun muhimi futbolchilarni yanada yaxshiroq saviyaga ko'tarish. Unga Tomas Myullerning futbolchilar o'zlari va klub uchun yutishni istashlari to'g'risida gapirgani maqul kelgan. Gvardiola Myunxendan ketguniga qadar futbolchilar bor imkoniyatlarini ishga solishiga shubhalanmaydi.
5. Pep “Bavariya” uning qo'l ostida 3 mavsumda birinchi davrada 51 bellashuvdan faqat bittasida imkoniyatni boy berganiga etibor qaratadi. U buni CHempionlar ligasidagi g'alabadan ko'ra ustunroq baholaydi.
6. Ispaniyalik murabbiy “Bavariya”ni undan keyin Karlo Anchelotti boshqarishi bilan tabriklaydi. U buni myunxenliklar rahbariyatining ajoyib qarori deb izohlagan. Xaynkess bilan zafar quchgan futbolchilar buni Anchelotti bilan ham davom ettirishadi. Gvardiola italiyalik hamkasbining juda aqlli inson va mutaxassis ekani, buni Anchelotti “Milan”, “CHelsi” va “Real” bilan erishgan natijalari orqali isbotlab qo'yganini takidlagan.
7. “Albatta, barcha musobaqalarda zafar quchishni xohlayman. Buni doim uddalashga urinamiz. Va yana urinib ko'ramiz”. U futbolchilarga qo'lidan kelgan va bilgann narsalarni yaxshiroq o'rgatib borishiga ishonchi komil. Buni klubdagi oxirgi kunigacha amalga oshiradi.
8. Bundesliga uning uchun qiyin turnir. Hozircha “Bavariya” unda g'alaba qozongani yo'q. U jamoasini ikkinchi davrada yuqori 8 o'rinda borayotgan klublarga qarshi safarda o'tadigan 6 qiyin uchrashuv kutib turganini takidlaydi. U milliy chempionatdagi g'alabani eng muhim deb hisoblaydi. “Bu bizning qanchalar professional ekanimizni ko'rsatadi. Buning uchun har kuni mehnat qilamiz”. CHempionlar ligasida esa istalgan raqibga ikki o'yinda yutqazib qo'yish ehtimoli mavjud. Unda ko'p narsa o'yin kuni jamoaning qanday holatda ekaniga bog'liq.
9. Gvardiola Rummenigge jahli chiqmay, uni tushunishiga umid qiladi. Uning ketishidan xafa bo'ladigan insonlar borligi afsuslanarli. Myunxen klubi uning qolishi uchun harakat qildi, biroq bu holatda gap kuchliroq futbolchilarga ega bo'lish uchun pullar haqida ketmayapti. Murabbiyga yangi sinov zarur. Katta klublarda murabbiy almashishi foydali. Futbolchilar uchun ham. U futbolchilar va klub bilan yaxshi munosabatda bo'lishini takidladi.
10. “Bavariya”ning hamma o'yinchisini o'zim bilan Angliyaga olib ketgan bo'lardim”, - deydi Pep. Lekin u “Barsa”dan birgina Tiago Alkantarani ko'chirib olib kelgan. U futbolchilar sobiq klublarida qolishi kerak deb hisoblaydi.
11. Qatarda barcha o'yinchilar birga bo'ladi. Alaba, Benatia, Gyotce va Riberi ham, ular hali mashqlarni boshlashmagan. Alaba yig'in oxirida tayyorgarlik ko'rishni boshlashi mumkin.
12. Gvardiola Zidanning “Real” bosh murabbiyi bo'lgani haqida ham savolga javob qaytardi. Futbol tarixida eng kuchli futbolchi deb Zidanni hisoblashini aytgan murabbiy baribir muxlis sifatida “Barselona”ga omad tilashini bildirdi.
Myunxenlik ishqibozlar hozircha milliy chempionatdagi g'alabalarga qaramay, Gvardiolaning faoliyatidan to'liq qoniqish hosil qilishmayapti. U bu turnirda zafar quchmasa, Udo Lattek, Ottmar Xitcfeld va Yupp Xaynkess singari murabbiylar bilan bir qatorda turmasligini yaxshi tushunib turibdi.
Behzod NAZAROV tayyorladi.
Fikrlar