Xosep Gvardiola Premer-liga to'purari haqida fikr bildirdi
17 avg 2019 14:41
Yangiliklar


Xosep Gvardiola Premer-liga to'purari haqida fikr bildirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Tottenxem" bilan o'yindan oldin jamoa yarim himoyachisi Rahim Sterling haqida fikr bildirdi.
"Umid qilamanki, Sterling yana gollar uradi. Gollar bu bizning uslubimizdir, shu bilan birga kayfiyatimiz ham gollarga bog'liq".
"Agar u 30, 35 yoki 20ta gol ursa, men uni tergamayman. U qachonki gol ursa, men xursand bo'laman. Agar u o'zi uchun va jamoa uchun kerakli ishni qilsa, bu menga etarli bo'ladi".
"U boshidanoq ajoyib o'ynamoqda, ammo biz undan yana ham ko'prog'ini xohlaymiz", - deydi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, bugun "Manchester Siti" o'z uyida "Tottenxem"ni qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar