So’nggi yangiliklar

11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  1 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  0 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  2 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  0 08:31“Сурхон“ дарвозабони иккинчи даврани Суперлиганинг ТОП клубида бошлаши мумкин  1 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧни тарк этган Месси нималар деди?  12 07:35Суперлига. Бугун 14-тур якунланади  6 05:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ чорак финалда. Бизни чорак финалда даҳшат учрашув кутмоқда  6 01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  1 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  1 00:17Одил Ҳамробеков биринчи даврада унга энг кўп қийинчилик туғдирган футболчи кимлигини айтди  1 00:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. "Фламенго" - "Бавария" баҳсининг асосий таркиблари маълум қилинди  5

Xose Venansio Lopes O'zbekiston futzal terma jamoasini tark etdi Yangiliklar

Xose Venansio Lopes O'zbekiston futzal terma jamoasini tark etdi

O'zbekiston futzal terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtirokiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Futzal bo'yicha terma jamoamizning Jahon chempionatidagi ishtirokiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. O'FA rahbariyati hamda bosh murabbiy Xose Venansio Lopes qatnashgan yig'ilishda jamoamizning musobaqadagi ishtiroki tanqidiy ko'rib chiqildi. 


Terma jamoamiz o'yinidagi kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha zarur choralar ko'rish, terma jamoaga nomzod futbolchilarni etkazib berish yo'lida turli yosh toifasida futzal terma jamoalarini tashkil etish, klublar o'rtasidagi turnirlarni ko'paytirish bo'yicha takliflar berildi. Yurtimizdagi iqtidorli yosh futzalchilarga ko'proq o'yin amaliyoti berib, turnirlarga jalb etish orqali ularga yaxshi natijalarga erishish mumkinligi aytildi. 


Xose Venansio O'FA rahbariyatiga terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlash imkoniyat berilgani uchun minnatdorchilik bildirdi. O'tgan musobaqalar davomida O'FA tomomidan barcha sharoitlar taqdim etilganini qayd etdi. Ispaniyalik mutaxassis O'zbekistondagi faoliyati davomida zavq bilan ishlagani, barcha mutaxassislar unga ko'maklashganini aytib, kelgusida do'stona aloqalarni saqlab qolib, har qanday yordamga tayyor ekanligini malum qildi. 


O'z navabtida, O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov ispaniyalik mutaxassisga terma jamoadagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, unga omad tiladi. 


Xose Venansio Lopes bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика