So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Xose Venansio Lopes: "O'rtoqlik uchrashuvlaridagi natijalar ahamiyatsiz. Joriy yig'inda yangi futzalchilarni sinovdan o'tkazamiz" Yangiliklar

Xose Venansio Lopes: "O'rtoqlik uchrashuvlaridagi natijalar ahamiyatsiz. Joriy yig'inda yangi futzalchilarni sinovdan o'tkazamiz"

O'zbekiston Futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Gvatemalaga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.




- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz?

- Bugungi uchrashuv biroz tartibsiz bo'ldi. Ikki oylik tanaffusdan so'ng yana parketga qaytdik. Bir haftadan buyon mashg'ulot olib borayapmiz. O'rtoqlik uchrashuvlaridagi natija men uchun muhim emas. Muhimi, o'yin sifatini yaxshilash va jamoa o'sishda davom etishi. G'alaba qozonish yoqimli, ammo biz yangi futbolchilarni sinab olishimiz kerak. Ertangi uchrashuvdan so'ng uch nafar futbolchi terma jamoaga ixtiyorini tark etadi.

- Futzal terma jamoamizdagi asosiy figuralar ushbu yig'inga jalb etilmadi. Bunga sabab nima?

- Ushbu yig'indagi asosiy maqsadimiz yangi futbolchilarga imkoniyat berish va ularni sinab ko'rish. Ertangi bahsda ham to'rtta yangi futbolchini parketda ko'ramiz. Yig'in davomida terma jamoaga nomzod bo'lgan barcha futzalchilarni sinab olishimiz kerak.

- Gvatemala terma jamoasi muntazam ravishda Jahon chempionatlarida ishtirok etishiga qaramay, grand jamoalar qatoriga kirmaydi. Gvatemala kabi o'rtamiyona terma jamoalarga qarshi yaqinlashib kelayotgan mundialda to'qnash kelishimiz aniq. Jahon birinchiligida bunday jamoalarni mag'lub etishimiz shart. Siz o'tgan yili o'zingiz Gvatemalaga borib seminar o'tkazib kelgan edingiz. Ikki oydan so'ng o'tkaziladigan Jahon kubogida Gvatemala futzal terma jamoasi kabi o'rtamiyona jamoalarga qarshi o'ynash qanchalik qiyin bo'ladi? Bugun ham oson g'alabaga erishmadik.

- Hozir natija ahamiyatsiz. SHu sababli kuchli terma jamoalarga qarshi o'ynamayapmiz. Futzalchilarimiz hali yuz foizliksalohiyatlarini ishlata olishmayapti. Bunga biroz vaqt kerak.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика