So’nggi yangiliklar

19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  1 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0

Xose Venansio Lopes: "Eronga qarshi bahs juda qiyin va murakkab bo'lishi aniq, biroq biz o'z potencialimizga ishonamiz" Yangiliklar

Xose Venansio Lopes: "Eronga qarshi bahs juda qiyin va murakkab bo'lishi aniq, biroq biz o'z potencialimizga ishonamiz"

Futzal bo'yicha Osiyo kubogi chorak finalidan o'rin olgan Vetnamga qarshi qiyin bahsdan so'ng O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Sunnatulla Jo'raev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Xose Venansio Lopes:

— Avvalo yarim finalga yo'l olganimizdan juda xursandman. Vetnam terma jamoasi va bosh murabbiy Diegoni yaxshi o'yin ko'rsatgani bilan tabriklayman. Uchrashuv ikki jamoa uchun ham og'ir bo'ldi. Ammo qiyinchiliklarga qaramasdan, o'yinni nazorat qila oldik. Bahs yakunlanishiga 55 soniya qolganida g'alaba golini urdik. Raqibda ham etarlicha imkoniyatlar bo'ldi, ayrim vaziyatlarda bizga omad kulib boqdi. Aytishim mumkinki, ushbu terma jamoa yarim finalda bo'lishga haqli.

Jamoa mag'lubiyatdan qanday chiqib ketgani haqida:

— To'g'risini aytsam, hech qanday alohida taktika ishlab chiqmadik, faqat himoyamizdagi bazi kamchiliklarni bartaraf etdik. SHuningdek, darvozabonimizga hujumlarga ko'proq qovshilishi kerakligini aytdim. G'alabaga sabab bo'lgan yagona jihat bu jamoaning ruhiy holatidir. Futzalchilarimiz qanday holatda bo'lishmasin, doimo muvaffaqqiyat uchun kurashadilar.

Uchrashuvga tayyorgarlik va Eronga qarshi bahs haqida:

— Biz ushbu o'yinga ruhiy jihatdan juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Bahs davomida ham aynan shu sabab g'alaba qozondik. Hatto gol o'tkazib yuborganimizdan keyin ham shogirdlarim o'yinni xotirjam davom ettirishdi va nazoratni yo'qotishmadi.  

Eronga qarshi bahs juda qiyin va murakkab bo'lishi aniq, biroq biz o'z potencialimizga ishonamiz. Ularga qarshi o'yindagi g'alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi tasir ko'rsatadi.

Sunnatulla Jo'raev:

— Butun o'zbek xalqini g'alaba bilan tabriklayman, bundan juda xursandmiz. Og'ir uchrashuv o'tkazdik, biroq o'z o'yinimizni topib oldik va g'alaba qozondik. Jamoamiz juda yaxshi holatda va finalga chiqish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика