Xose Venansio Lopes: Eron bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rmadik
25 apr 10:06
Yangiliklar
Xose Venansio Lopes: Eron bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rmadik
O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Eronga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Rostini aytsam, Eron bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rmadik. CHunki kechagi uchrashuvdan so'ng bunga etarli vaqtimiz bo'lgani yo'q. Biroq raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz. Ularni qanday mag'lub etish mumkin? Eronlik o'yinchilarning darajasi juda yuqori va bu jamoani to'xtatish juda qiyin. O'ylashimcha, bitta uchrashuvda hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. Biz o'z maqsadimizga erisha olamiz»,- dedi futzal bo'yicha terma jamoamiz ustozi.
Fikrlar