So’nggi yangiliklar

21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  0 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  0 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  4 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  21 20:39ЖЧ-2034 2034 йилда бўлмаслиги мумкин  5 20:05Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон - Кувайт 2:0  14 19:59"Реал" асосий футболчиси фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаб қолган  0 19:58Ўртоқлик учрашуви. Каннавародан ғалабали дебют, Ўзбекистон Кувайтдан устун келди  120 19:38"Бу ғирт тентаклик": Рабьо Австралияда ўтадиган "Милан" – "Комо" учрашувини танқид қилди  1 19:12МЮ асосий футболчиси тез орада жамоа машғулотларига қайтади  0 18:44Аббос Файзуллаев жароҳат олди  7 18:10Элдор Шомуродов Азиз Ҳайдаровга етиб олди   4 17:35"Манчестер Юнайтед" "Ливерпул"нинг трансфер мақсади учун "катта пул" тўлашга тайёр  1 17:04"Барселона" Бундеслиганинг энг яхши ҳужумчиларидан бирини сотиб олишга тайёр. Нархи ошкор қилинди  6 16:35Малайзиянинг қонунни "айланиб ўтиш" уриниши ўхшамай қолди  1

Xose Venansio Lopes: "Bugun yangicha uslubda himoyalandik. Bugungi eksperimentimiz biz uchun foydali bo'ldi" Yangiliklar

Xose Venansio Lopes: "Bugun yangicha uslubda himoyalandik. Bugungi eksperimentimiz biz uchun foydali bo'ldi"

O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Gvatemalaga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng (5:4) matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Uchrashuvning so'nggi uch daqiqasi yuqori haroratda o'tdi. Men bugun yangi uslubni qo'llab ko'rdim. Bugun "romb" uslubida himoyalandik. Odatda bunday eksperimentlarga qul urmas edik. Bugungi eksperimentimiz sababli biroz ko'proq gollar o'tkazib yubordik.

- Yangi uslubda himoyalanganimiz sezildi. Bugungi uchrashuvda o'zingiz qanday kamchiliklarni kuzatdingiz? Yana nimalarni o'zgartirishimiz kerak?

- So'nggi daqiqalarda uchta gol o'tkazib yubordik. Raqibimiz o'ynovchi-darvozabon bilan o'ynashni boshlaganida biz dastlab "romb" bilan, keyin esa "2-2" uslubida himoyanilar edik, lekin bugun "romb" bilan himoyalanishda davom etaverdik. Bu uslub bizga yordam bera olmasligini o'tkazib yuborgan gollarimiz orqali bilib oldik. O'rtoqlik uchrashuvlari esa aynan shunday yangiliklarni sinab ko'rish uchun ajoyib imkoniyat. Agar bu rasmiy o'yin bo'lganida bunday tavakkalga qo'l urmagan bo'lardik.

- Terma jamoadagi tajribali futbolchilarning ko'pchiligi jarohat sababli o'yinlarda ishtirok etishmayapti. Anasxon Rahmatov, Davron CHoriev, Ravshan Eliboev, Mashrab Odilovlarning yo'qligi terma jamoaga qanchalik qiyinchilik tug'dirmoqda?

- Biz 37 daqiqa davomida ustunlik qildik. Ularning yo'qligi bugungi o'yinga tasir o'tkazdi degan fikrga qo'shilmayman. Biz "romb" va "2-2" uslubini eksperiment qilib ko'rdik. Yana bir bor takrorlayman, o'rtoqlik o'yinlarida ko'p variantlarni ko'rib chiqish mumkin. Yangiliklarga qul urishda davom etamiz. O'zimiz uchun eng optimal variantni qidiryapmiz.

- So'nggi intervyularingizda himoyada xatolarimiz ko'p degandingiz. Bugungi o'yin sizning o'sha gaplaringizga misol bo'la oladimi?

- Pozicion himoyamiz butunlay boshqa mavzu. Gvatemala so'nggi daqiqalarda o'ynovchi-darvozabonni maydonga tushirdi. Bunga qarshi esa boshqacha himoyalanish kerak. Bu umuman boshqa mavzu. O'yin davomida har bir futzalchi raqibning bir futzalchisini individual ravishda qo'riqlaydi. Yani har doim unga qarshi himoyalanishi kerak bo'ladi. Raqib son jihatidan ustunlik qilayotgan pallada esa, biz zonalarni himoya qilamiz. Farq shunda xolos.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика