Xose Mariya Mendez: "Kolumbiyaga turist bo'lib kelmadik"
13 sen 2016 12:51
Yangiliklar
Xose Mariya Mendez: "Kolumbiyaga turist bo'lib kelmadik"
Birinchi o'yinda yo'l qo'yib bo'lmas xatolar qildik. Yomon o'ynamadik, o'zimizning imkoniyatlardan foydalana olmay raqibga gol urish uchun imkoniyat yaratdik. Kolumbiyaga qarshi bahs yanada qiyin bo'ladi, sababi bizga qarshi o'tgan mundialda yarim finalga qadar etib borgan kuchli jamoa o'ynaydi, - deyi Xose Mariya Mendez.
Kolumbiyada ko'plab yuqori saviyadagi futbolchilar bor, ular ajoyib texnika evaziga raqiblarni aldab o'ta olishadi. Agar Panamaga qarshi bahsdagi kabi o'ynasak, jazolanishimiz aniq. SHu bois tezkorroq, aniqroq va chaqqonroq bo'lishimiz kerak. Ha, bizga qiyin bo'ladi, ammo bu erga turist bo'lib kelmaganimizni isbotlamoqchimiz. Jahon chempionati – qanday raqibga qarshi o'ynasang ham undan qo'rqadigan musobaqa emas. Panama bilan bahs natijasi tarixda qoldi, endi bor etibor Kolumbiya bilan uchrashuvga qaratildi, - deydi Pulpis.
Fikrlar