So’nggi yangiliklar

01:30Испания кубоги. "Атлетико" "Барселона" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  70 00:32АПЛ. "Челси" – "Саутгемптон". Таркиблар аниқ!  2 00:27Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду фаолиятидаги 925-голини урди  1 00:15Сардор Рашидов "Навбаҳор"да қолади  1 00:00Ўзбекистон Суперлигасида қишки трансфер ойнаси ёпилди  0 23:57"Навбаҳор" беш нафар легионерни Суперлига учун рўйхатдан ўтказди. Улар кимлар?  0 23:36Трент ва "Реал Мадрид" 4 йиллик шартнома бўйича оғзаки келишувга эришишди  10 22:33Тебас: "Реал" раҳбарияти ўзидан қурбон ясаб олиб, хар ҳил фитна назарияларини тарқатмоқда"  53 22:08Гвардиола де Брюйнени "Сити"даги келажаги ҳақида гапирди  4 21:46Амирбек Бакаев Беларуснинг бошқа бир клубига ўтди  6 21:15"Машъал" ганалик ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  4 20:48"Навбаҳор" беш нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:27Доменико кетди, Тибо қайтмоқда  0 20:02Элдор Шомуродов – А Серия 26-тур рамзий терма жамоасига киритилди  11 19:42Федерико Вальверде жароҳат туфайли кубок ярим финалида майдонга туша олмайди  3

Xose Mariya Mendez: "Jahon chempionati muborak - O'zbekiston" Yangiliklar

Xose Mariya Mendez: "Jahon chempionati muborak - O'zbekiston"

Osiyo chempionati chorak finalidan o'rin olgan O'zbekiston - Iroq uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Xose Mariya Mendez qatnashdi.
“Iroqqa qarshi o'yinda natija muhim edi. O'yindan oldin buni aytishni istamadik. Hozir aytaversam bo'ladi. 6 nafar futzalchimiz shamollab qolishgandi. Ular bugun haqiqiy jangchilardek maydonga tushib yurt sharafini munosib himoya qilishdi. SHogirdlarim bilan faxrlanaman. Oldinlari nimadir bo'lib O'zbekiston Jahon chempionatiga chiqa olmay qolardi. O'sha qora ananani buza olganimizdan xursandman. Iroq terma jamoasi safida klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati yarim finaliga chiqqan klubdan 12 nafar futzalchi bor edi. Raqib bizga katta tashvish tug'dirdi. Bu jamoaga keyingi o'yinlarda omad tilayman”, - deydi Xose Mariya Mendez.

- Oldingi o'yinlarda ham jamoa ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadi...
- Biz har bir o'yinda bosqichma bosqich harakat qildik. SHu bois birinchi bo'limda ko'p xatolar qildik. Bugungi o'yinni umumiy olsak yaxshi o'ynay olmadik. Faqat hisob 3:0 bo'lganidan keyingina to'pni o'zimizda saqlab turdik.

- Jamoa azolari oldingi o'yinlarga qaraganda bugun darvozaga ko'proq zarba berishdi, bu sizning ko'rsatmangizmi?
- Albatta Iroq terma jamoasi o'z darvozasiga yaqin o'ynadi. O'zimiz zarba berishga majbur bo'ldik, tanaffus vaqtida ularga yanada ko'proq zarba berish kerakligini tayinladim. Iroq himoyada juda yaxshi o'ynadi. Bizning qurolimiz ish berdi. Yarim finalda balki boshqacha o'ynashni boshlarmiz. Bu bosqichda Osiyoning eng kuchli jamoalari o'ynaydi.

Yarim finalda Tailandga qarshi o'ynaymiz. Bu juda kuchli jamoa. Qog'ozda favorit. Endi bizning jamoamizda bosim yo'q. Tailand hujumga o'tadi va bizda hujum qilish uchun bo'sh zonalar ko'payadi. O'sha bahs qiziqarli bo'ladi.

- SHamollab qolgan futzalchilarga berilgan dorilar doping kontrol vaqtida pand berib qolmadimi?
- Yo'q, bizda malakali shifokorimiz bor. Barcha ruxsat berilgan dorilar bilan futzalchilarimiz oyoqqa turg'azildi. Bu borada muammo bo'lmadi.

- Tailand terma jamoasi safida 6, 7 va 9-raqamli futzalchilar juda tezkor. Ularga qarshi qanday chora tayyorlab qo'ygansiz?
- Tailand terma jamoasida kamida 7-8 nafar futzalchini juda yaxshi bilaman. Bu jamoada 6 yil murabbiy bo'lib ishlaganman. Ularni juda yaxshi bilaman, ammo muammo shundaki ular ham meni juda yaxshi bilishadi. Tailand safida siz sanab o'tgan 3 nafar futzalchidan tashqari yana 6 nafar o'yinchi bor. Agar muxlislar bugungidek qo'llab turishsa Tailand bilan imkoniyatimiz tenglashadi. 20 yildan ortiq murabbiy bo'lib ishlab kelayapman, bunday ishqibozlikni hali ko'rmaganman.

- 6 nafar kasal bo'lib qolgan futzalchilarni ayta olasizmi?
- Andrey SHlyoma, Jamoliddin SHaripov, Dilshod Rahmatov, Artur Yunusov, Nodir Eliboev. Oxirgisini eslay olmadim (kuladi).

- Ispaniyadan kimdir sizni tabrikladimi? Yoki siz kimgadir qo'ng'iroq qilishga ulgurdingizmi?
- Kiyinish xonasiga borganimda telefonimga 50dan ortiq xabarlar kelgandi, juda ko'plab do'stlarimdan tabriklar keldi. Ammo hali ularni o'qiganim yo'q. Bu erga 2012 yilda kelganimda Jahon chempionatiga chiqish urinishi juda omadsiz chiqqandi. Ikkinchi marta taklif olganimda boshqacha nazar bilan keldik. Tailand bilan birga mundialda qatnashganim uchun menga Jahon chempionati kerak emasdi. Ammo O'zbekiston xalqiga bu mundial orzu edi. SHu bois ham men eng shimarib ishga kirishdim. Bu erda ko'plab insonlar futzalni rivojlantirishga harakat qilishmoqda. Jahongir Usmonovni alohida takidlab o'tgan bo'lardim, ular orqali O'FF prezidenti Mirabror Usmonovga rahmat aytaman. Bugungi Jahon chempionati yo'llanma barcha muxlislar uchun sovg'a. O'zbekiston oliy ligasidagi barcha murabbiylar Aleksandr Petrov, Abdulla Bo'riev, Axad Yusupov va qolganlarni g'alaba bilan tabriklayman. Ularning ham bugungi tarixiy yutuqda katta xissasi bor. Tayyorgarlikni 25 nafar futzalchi bilan boshlagandik. Ularning ko'pchiligi Osiyo chempionatida ishtirok eta olishmadi. Barchaning g'alabada xissasi bor. Jahon chempionati muborak – O'zbekiston.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика