So’nggi yangiliklar

22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  0 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  71 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  11 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  6 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  6 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  6 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  9 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2 16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  16 15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  3 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  8

Xose Mariya Mendez: "2020 yilgi mundialga yangi loyixamiz bo'lishi lozim" Yangiliklar

Xose Mariya Mendez: "2020 yilgi mundialga yangi loyixamiz bo'lishi lozim"

O'zbekiston milliy terma jamoasi ayni paytda yig'inni davom ettirmoqda.

Kuniga ikki mahaldan olib borilayotgan mashg'ulotlarda 18 nafar futzalchi ishtirok etmoqda. Bu haqda terma jamoa bosh murabbiyi Xose Mariya Mendezning fikrlari bilan qiziqdik.

- Ushbu yig'inga nima uchun asosan yosh o'yinchilar chaqirildi?
- Yig'inga chaqirilgan yosh o'yinchilarning barchasi terma jamoaga nomzod. Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatidan so'ng 6-7 nafar o'yinchi yosh nuqtai-nazaridan terma jamoadan ketadi. Ularning o'rnini "yopish" uchun 2020 yilgi mundialga bizning yangi loyixamiz bo'lishi lozim. SHuning uchun ham Sentyabr oyidagi musobaqadan keyin termadan ketadigan futzalchilar o'rniga aynan mana shu yoshlardan nomzodlar tanlab olinadi.

- Yaqindagina o'tkazilgan O'zbekiston chempionati (U-19) bahslarida o'zini ko'rsatgan Akbar Usmonov hamda Said Rizo Mirsharofovlar haqida fikringiz?
- Men bu ikki futzalchini Oliy liga va O'zbekiston kubogidagi o'yinlari evaziga chaqirdim. Ular Oliy ligada o'ynaganliklari uchun ham yoshlar o'rtasidagi musobaqada o'zlarini ko'rsatishgan, buni oddiy qabul qilish kerak. Keyingi yil may oyida 20 yoshgacha bo'lgan futzalchilar o'rtasida birinchi bor Osiyo chempionati o'tkaziladi. Ana shu musobaqada Ramil Almamedov, Said Rizo Mirsharofov, Akbar Usmonov kabi yoshlar bizga kerak bo'ladi.

- Jahon chempionatiga qadar tarkibda o'zgarishlar bo'ladimi?
- Mundialgacha tarkibimizda katta o'zgarishlar bo'lmaydi, 1-2 o'yinchi almashishi mumkin.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика