Xose Antonio Reyes: "Biz har qanday vaziyatga tayyormiz"
11 avg 2015 21:50
Yangiliklar


Xose Antonio Reyes: "Biz har qanday vaziyatga tayyormiz"
"Sevilya"ning tajribali futbolchisi Xose Antonio Reyes UEFA Superkubogi uchun bahsda o'z jamoasini autsayder deb hisoblamaydi.
"O'tgan yili bu sovrin qo'limizdan chiqdi, ammo biz bu erda autsayder emasmiz. Biz bu erga futboldan rohat olish uchun keldik.
Har bir jamoada kimdir kelib, yana kimdir ketadi. Doimo shunday bo'lgan. Asosiysi jamoa bo'lib qolish. O'tgan yili barcha Ivan Rakitichning ketganidan havotirlangan edi, ammo asosiysi biz har qanday voqealar rivojiga tayyormiz.
"Barselona" qanchalik kuchli ekanligini bilamiz. Bitta o'yin bo'ladi, hamma narsa sodir bo'lishi mumkin" - deydi futbolchi.

Fikrlar