Xorxe Sampaoli: "Dibala va Ikardi uchun Argentina terma jamoasi eshiklari doimo ochiq"
24 mar 2018 12:41
Yangiliklar
Xorxe Sampaoli: "Dibala va Ikardi uchun Argentina terma jamoasi eshiklari doimo ochiq"
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli Italiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinidan (2:0) so'ng, jamoa tarkibiga Paulo Dibala va Mauro Ikardilarning qaytishi haqida fikr bildirdi.
"Bugun qiziqarli o'yinni guvohi bo'ldik. Ikkinchi bo'lim birinchisidan qiyinroq o'tdi, italiyaliklar bizga pressing uyushtirshdi, ammo ikkita gol urib, kerakli natijaga erishdik.
Ikardi va DIbala - muhim futbolchilar va JCH-2018da o'ynash uchun ularga eshiklar ochiq. Ular bu o'yinlargacha doimo terma jamoaga chaqirilib kelganini qo'shimcha qilmoqchiman.
Messining mushaklari bilan muammo chiqdi va tavakkal qilishni istamadik. U Ispaniya bilan bahsda maydonga tushsa kerak" - deydi Sampaoli.
Fikrlar