So’nggi yangiliklar

08:20Анчелотти кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  3 07:53EЧЛ. Кечаги учрашувларнинг «Man of the match»лари маълум  9 07:37БАА чемпионати. «Шабаб Ал Аҳли» меҳмонда мағлуб бўлди. Ғаниев захирадан майдонга тушди ва ассист қайд этди  0 04:45Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Манчестер Сити" - "Реал Мадрид" 1:1 (Пенальтилар 3:4)   9 04:40Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Бавария" - "Арсенал" 1:0   2 04:35ОЧЛ. "Ал Айн" - "Ал Ҳилол" 4:2   0 04:25U-23 Осиё кубоги. Вьетнам - Кувайт 3:1   0 02:50ЕЧЛ. "Реал Мадрид" пенальтилар сериясида "Ман Сити"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди! Финал остонасидаги рақиб - "Бавария"  386 01:56ЕЧЛ. Киммихнинг голи "Бавария"ни ярим финалга олиб чиқди  32 01:00"Манчестер Юнайтед" форварди ёзда клубни эркин агент мақомида тарк этади  2 23:54Малайзия ОТЖ бош мураббийи: "Бугун мусобақанинг энг кучли жамоаларидан бирига қарши ўйнадик"  0 23:35U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Малайзия 2:0   1 23:24ОЧЛ. "Ал Айн" кутилмаганда ярим финалнинг илк ўйинида "Ал Ҳилол"ни мағлуб этди  18 23:22"Манчестер Сити" — "Реал". Таркиблар маълум  29 23:05Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Австралия 3:2   1

Xorvatiyani yutgan O'zbekiston, Boltaboevdan shedevr, chorak finaldan quruq qoldirgan chexiyalik hakam. 2013 yilgi U17 JCHni yodga olamiz Yangiliklar

Xorvatiyani yutgan O'zbekiston, Boltaboevdan shedevr, chorak finaldan quruq qoldirgan chexiyalik hakam. 2013 yilgi U17 JCHni yodga olamiz

CHempionatlar boshlanish arafasida, o'zimizning Superliga ham qaytmoqda. SHunday bo'lsada kichik yoshdagi terma jamoalarimiz qatnashgan Jahon chempionati va boshqa turnirlarni yodga olishda davom etamiz.

Dilshod Nuraliev boshchiligidagi o'smirlar terma jamoamiz BAAda tashkil etilgan o'z yosh toifalaridagi Jahon chempionatiga yo'llanmani 2012 yil Eronda o'tgan Osiyo chempionatidagi g'oliblik orqali qo'lga kiritishgandi.

Vakillarimiz Marokash, Xorvatiya, Panama bilan “S” guruhidan o'rin egallashdi. Bir tomondan O'zbekiston joy olgan kvartetdagi raqiblar o'ziga yarasha nomdor va kuchli edi. Ayniqsa, xorvatiyaliklar tarkibidagi futbolchi Alen Halilovich o'sha payt “Barselona”, “Arsenal”, “Marsel” klublari qiziqishlari doirasiga tushib qolgandi. Biznikilar esa musobaqaga qita chempioni sifatida tashrif buyurgan, bu esa har qanday terma jamoani sergak tortishga chaqirardi.



Turnirni Panamaga qarshi boshlagan hamyurtlarimiz ishonchli harakat qilgan holda 2:0 hisobidagi g'alabani tanatana qildi. Gollarga Rustam Ashurmatov va SHohjahon Abbosovlar mualliflik qilishdi. Ushbu turnirdan bir yarim yil o'tib Ashurmatov “Bunyodkor”ning asosiy tarkibidan joy oldi, 2015 yilning ikkinchi davrasida to'liq boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi. Biroq, Abbosov haqida bunday deya olmaymiz. Faoliyatini asosan quyi ligalarda o'tkazayotgan futbolchi 2016 yilning ikkinchi davrasida murabbiy Ravshan Bozorovning taklifiga ko'ra “Navbahor”ga o'tdi va bir nechta bahslarda ishtirok etdi. Ushbu o'yinchidan kelajakda ko'p narsa kutilgan edi. Garchi mazkur bellashuvda natija biz uchun ijobiy bo'lgan bo'lsada o'yindan keyingi matbuot anjumanida Dilshod Nuraliev o'yindan qoniqmaganini, bundan ham yaxshiroq o'ynay olishimiz mumkinligini aytgandi.

Guruhdagi ikkinchi turida Afrika qitasi vakili Marokash raqiblik qildi. Bilasiz, ular asosan jismoniy kuchga tayangan holda o'yin tashkil qilishadi va qarshi hujumlardan samara chiqarishga harakat qilishadi. SHu kuni havo harorati juda issiq bo'lgan, o'yin ham biroz noqulay vaqtga qo'yilgani bois bizning yigitlar biroz qiynalishgandi. Odatda, bunday bahslar kunning kechki qismida o'tkazilardi. Lekin, turnir tashkilotchilari biroz professionallikdan tashqariga chiqishgandi. Tengma-teng kurashlar ostida o'tgan o'yinda ikki terma jamoa nursiz durang 0:0 natijaga rozi bo'lishdi.



Keyingi bosqich yo'llanmasi hali hal etilmagandi. Guruh favoriti sifatida qaralgan Xorvatiya uch ochko bilan oxirgi o'rinda, biz esa to'rt ochko bilan nimchorak finalga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega edik. Buning uchun kamida durang o'ynashimiz yoki g'alaba qozonishimiz kerak edi. Raqib ham bor kuchini tashlashi kutilgandi. Zero, ularni faqatgina g'alaba pley-offga yo'llanma berardi. Darajasi va ahamiyati yuqori bo'lgan uchrashuvning 14-daqiqasida Doston Hamdamovning amalga oshirgan jarima to'pidan so'ng raqib futbolchisi o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Ammo, bu xursandchilik uzoqqa cho'zilmadi. 27-daqiqada biz yuqorida zikr etgan Alen Halilovich tezlik bilan himoyachilarimizni ortda qoldirib Sarvar Karimov qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi. Halilovich bir yil o'tib “Barselona” futbolchisiga aylandi. Lekin, uning Kataloniyadagi ishlar yurishmadi. Ijarada bir qator klublarda to'p tepdi. Klub uni oxir oqibat “Milan”ga transfer qildi. Tabiiyki, Alenning goli jamoadoshlariga qo'shimcha ruhiy ustunlik berishi tabiiy edi. O'yin durangga qarab ketayotgan bir paytda yarim himoyachi Jamshid Boltaboev chamasi 18 metrlardan aniq zarba yo'llab ajoyib tarzda g'alaba to'pini kiritdi.




Boltaboev ushbu mundial haqida o'z intervyularining birida shunday degandi:

“Jahon chempionatida ishtirok etishning o'zi barchamiz uchun katta baxt edi. Bizdan keyin biror terma bu nufuzli musobaqaga yo'l olmadi. Yana shuni takidlab o'tmoqchimanki, u erda umuman boshqa atmosfera hukmronlik qiladi, uchrashuvga bo'lgan tayyorgarlik, masuliyat ham yuqori darajada. Maydonlar sifatli, tashkiliy ishlar yaxshi yo'lga qo'yiladi. CHunki bu oddiy musobaqa emas, balki jahon chempionatidir. Birinchi turda Panama ustidan ishonchli tarzda g'alaba qozondik. Keyingi raqibimiz Marokash bilan durang qayd etdik. Musobaqadan avval o'yin uslubi Marokashnikiga o'xshash bo'lgan terma bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, bo'lajak raqibimiz haqida tasavvurga ega bo'lganmiz. Xorvatiyaga qarshi kechgan uchinchi tur o'yini hayotimdagi eng muhimi bo'ldi. 

Evropa qitasining nomdor vakili bilan o'yinda murabbiyimiz Dilshod Nuraliev mening beshinchi himoyachi bo'lishimni tayinlagandi. CHunki raqib safida o'ta kuchli va tezkor hujumchilar to'p surishini bilardim. SHunga qarab himoyaga etiborliroq bo'lishimiz talab etildi. Uchrashuv oxirlab borayotgan paytda do'stim Otabek SHukurov bilan o'rin almashdik. Yani, hujumchi ortida o'ynagan Otabekning ishi mening zimmamga yuklandi. qarangki, bu rejamiz samarasini berdi va men so'nggi daqiqalarda gol urib, jamoamni oldinga olib chiqdim. O'zimizdan kuchsiz hisoblangan Gondurasga mag'lub bo'lganimizni eslasam, ko'zimga yosh keladi. Akrom Komilovning uchrashuv boshida chetlatilishi butun rejalarimizni buzib yubordi. Diskvalifikaciya tufayli men bu o'yinda maydonga tushmadim, jamoaga yordam bera olmaganim uchun hanuz o'zimdan xafa bo'laman. O'yinni muxlislar bilan bir qatorda tomosha qilib, ularga qanchalik qiyin ekanligini sezdim. O'z jamoang mag'lubiyatga uchrash arafasida tursa-yu, sen chetdan tomoshabin bo'lib tursang, yuraging siqilib ketar ekan. SHaxsan men uchun tomosha qilishdan ko'ra, to'p surish afzalroq”.



Darhaqiqat, Gonduras bizning terma jamoadan kuchsiz emasdi. Kim qanday fikrda bilmadim. SHaxsan o'zim uchun o'yinni boshqargan chexiyalik hakam Pavel Krolovec ko'p vaziyatlarda gondurasliklarga yon bosgan, g'alaba qozonishiga yordam berib yuborgandi. Bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramasdan 70-daqiqa mardonavor kurashgan o'smirlarimiz 74-daqiqada birgina xato evaziga gol qo'yib yuborishdi. Mazkur turnirdan bir yil o'tib aksariyat futbolchilarimiz katta futbolda debyut qilishdi. Doston Hamdamov, Akrom Komilov, Odil Hamrobekov, Sarvar Karimov, Jamshid Boltaboev va hokazo.

Quyida Jahon chempionatidagi ishtirokimizdan fotogalereyani tomosha qilishingiz mumkin.


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика