So’nggi yangiliklar

16:22"Ювентус" "Порту"дан ижарага олинган Консейсау бўйича қарор қабул қилди  0 15:55Эдегор қачон сафга қайтади?  0 15:25"Милан" юлдузи ўзига янги клуб танлади  0 14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  1 13:50АҚШ терма жамоаси Почеттино қўл остидаги илк ўйинда ғалаба қозонди  2 13:21Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  1 12:27Ямалнинг жароҳати жиддийми?  4 11:53Подольски 39 ёшида фаолиятини якунлади. Хайрлашув ўйини Кёльнда 50 000 мухлис қаршисида бўлиб ўтди  7 11:20"Ювентус" ёзда Влаховични сотиши мумкин, нега?  0 10:50Баҳром Ҳайдаров: "Биринчи навбатда узоқ кутилган ғалаба билан барчани табриклайман"  0 10:16Ҳарри Магуайр қишда жамоани тарк этaди. МЮ футболчига нарх қўйди  7 09:44Алексей Евстафеев: "Бундай учрашувларда мағлуб бўлиб аламли"  3 09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  3 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  2

Xorij yig'ini klublarga nima beradi? Yangiliklar

Xorij yig'ini klublarga nima beradi?

Yangi mavsumga tayyogarlikni hamma o'z imkoniyatidan kelib chiqqqan holda olib bormoqda.

Malumki, har yil yanvar-fevral mavsumga tayyorgarlikning muhim pallasi hisoblanadi. Ko'pchilik qishda ko'p kuch yig'ib olsang, yil bo'yi qiynalmaysan degan gapni aytadi. Bu fikrda ham jon bor, albatta. CHempionatga hozirlikni kimdir chetda, kimdir o'zimizda olib boradi. 

Masalan, hozirgacha "Paxtakor" Dubayda yig'in tashkil etgan bo'lsa, "Qizilqum", "Lokomotiv", "Navbahor" kabi klublar Turkiyada mashg'ulot olib borishdi. SHuningdek, ayni damda AGMK ham mavsumga tayyorgarlikni Antaliyada olib bormoqda. 

Falon klubimiz xorijga yo'l oldi, mashg'ulotlarni davom ettirish maqsadida Dubayga yoki Antaliyaga uchib ketdi kabi xabarlar saytimizda chop etilsa, xabar ostidagi kommentlarda asosan negativ fikrlarga duch kelamiz. "Davlatning puli eb kelishadi", "Maza qilib dam olgani ketishdi", "Endi dengizda cho'milib qaytishadi" va hokazo. 

SHu o'rinda ayrim fikrlarga o'z munosabatimni bildirmoqchiman. Avvalo shuni aytish kerak, hech kim davlatning puli eb xorijga ketmaydi, barcha klublarda belgilangan smeta bor va xarajatlar smeta orqali belgilanadi. Ikkinchidan, xorijga hech kim maza qilib dam olgani bormaydi, jamoalarimiz turist emas. Ishoning, ish ko'pligidan hatto dam olishga vaqt bo'lmay qoladi. Buni men uch-to'rtta qishki yig'inni borib ko'rgan shaxs sifatida aytyapman, osmondan olingan gaplar emas. 

Klublar nima uchun xorij yig'inini tanlaydi? Bunga bir nechta sabablarni keltirish mumkin. Birinchisi, yaxshi sharoit. Yaxshi sharoit deganda albatta yaxshi maydonlarni tushunamiz. O'zimizda ham qishda mavsumga tayyorgarlik ko'rsa bo'ladi, lekin bu o'rinda bizga kamida ikkita yaxshi holatdagi maydon kerak. Imkon qadar asosiy jamoa o'yin o'tkazadigan stadionga tegmagan maqul. Negaki stadionda ham mavsumga hozirlik ishlari olib boriladi va stadionlar bizga Superliga o'yinlari uchun kerak. 

Afsuski, bizda qish oylarida yaxshi maydonlarni topish amrimahol bo'lib qoladi. Agar bizda ham zo'r maydonlar ko'p bo'lsa va xorij klublari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish imkoni yuzaga kelsa, hech kim chetga oshiqmaydi. SHu bois bu o'rinda yaxshi maydon va o'rtoqlik o'yinlarini asosiy sabab sifatida ko'rsatish mumkin. 

Yaxshi maydonlar va kuchli sparring raqiblar Dubayda ham, Antaliyada ham bisyor. Har bir mehmonxona oldida kamida uch-to'rtta yaxshi maydonlari bor. "Lokomotiv" futbol klubi darvozabonlar murabbiyi Daniel CHabrera bilan gaplashganimda, Saudiya Arabistonining "Al Nasr" klubidagi faoliyati haqida gapirib berar ekan, Saudiya Proligasida deyarli barcha klublar qishki yig'inni Ispaniya yoki Portugaliyada olib borishini aytib o'tdi. 

Nachora bizda qishda yaxshi maydonlarni topish oson bo'lmaydi, buning ustiga hadeb o'zimizning klublar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish ham befoyda. Bahrom Davlatov bir paytlari Yangierdagi stadionni zo'r holatga keltirib qo'ygandi, tribuna ostida mehmonxona barpo etilgandi. Esingizda bo'lsa, o'sha paytlari qo'shni Qozog'iston va Qirg'izistondan jamoalar kelib o'ynab ketishardi. Hozir u erdagi stadion va maydon holati qanaqa, bunisi bizga qorong'i. 

Klublarning xorij yig'iniga yo'l olishida bir nechta plyuslar bor. SHulardan yana biri bu - butun jamoaning shifokor nazoratida bo'lishi. O'ylaymanki, bu ham nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, jamoa shifokori barcha futbolchilarni nazorat qilib turadi, ikkinchidan ovqatlanish tartibga tushadi. Aytaylik, jamoalar o'zimizda tayyorgarlik ko'ryapti va hamma har kunlik mashg'ulotlarga uydan qatnayapti. Futbolchi mashg'ulotdan so'ng qaerga boradi, nima ovqat eydi, ertalab mashg'ulotga kelishdan oldin nonushta qiladimi - bularni nazorat qilishning o'zi bo'lmaydi. Qachonki butun jamoa bir joyga yig'ilib istiqomat qilsagina, shifokorlar uchun ham oson bo'ladi. CHunki jamoa shifokorlari barcha futbolchilarni nazorat qilib turishadi. 

Etibor bering, xorij yig'inini Turkiya yoki Dubayda o'tkazayotgan faqat biz emas, yanvar-fevralda bu davlatlarga ko'plab Rossiya, Ukraina, Qozog'iston, Serbiya klublari keladi. Ularda ham chempionatga tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Masalan, "Lokomotiv" istiqomat qilgan mehmonxonada hatto "Spartak", "Dinamo", "Zenit" klublarining o'rinbosarlari ham turishdi, demak bu klublarda sharoit yuqoriligi bois hatto U-20, U-19 jamoalari ham qishki yig'inni xorijda o'tkazadi. 

Endi savol tug'ilishi mumkin, xo'p, xorijda yig'in o'tkazgan bilan chempionatda o'zini ko'rsata olmasa, bundan nima foyda? Bu o'rinda avvalo mehnat va harakat insonning o'zidan ekanligini unutmaylik, natijani esa Xudo beradi. Masalan, hech kim bu yil baribir pastda bo'lamiz, chetga chiqqandan nima naf demaydi. Bu - futbol, kimdir xorijda yig'in o'tkazib, pastda, kimdir faqat o'zimizda tayyorgarlik ko'rib ham yuqorida bo'lishi mumkin. Lekin bu o'rinda eng asosiysi harakat va intilishda. Masalan, chempionatimizda 14ta bir xil tarkib va bir xil kuchga ega jamoani qo'yaylik, baribir chempion bitta bo'ladi, shuningdek kimdir pastga tushib ketadi. 

Qaniydi imkon bo'lsa-yu, Superligadagi 14ta klubning hammasi xorijda yig'in o'tkazib qaytsa. SHunda o'zimizning maydonlar saqlanib turadi va keyinchalik butun mavsum xizmat qiladi. Klublarimiz qancha ko'p chetga chiqsa, shuncha yaxshi. Evropa jamoalari ko'proq o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etilsa, bu yanada yaxshi. CHunki bizdagi sharoitlardan kelib chiqib qishki yig'inni o'tkazish oson emas. Agar hamma chetga ketsa, birinchi navbatda o'zimizdagi maydonlarni asrab qolgan bo'lamiz. CHunki maydonlar bizga faqat yanvar yoki fevralda emas, balki butun mavsum kerak bo'ladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика