So’nggi yangiliklar

17:55Анчелотти: "Барселона"да қолиш — Хави учун тўғри қарор"  1 17:36Энцо Фернандес учун мавсум якунланди  1 17:09Беллингем ва Родриго "Реал Сосьедад"га қарши ўйинни ўтказиб юборади  2 16:55Саад Ал-Шеҳри: "Ушбу мусобақадаги таркибимиз, икки йил аввал чемпионликни қўлга киритган таркибимиздан кучлироқ"  13 16:28Футбол олами. 16:0, "Динамо" - "Насаф" 3:3 ва бошқа ўйинлар: Ўзбекистон кубоги 2-тури ҳақида батафсил   0 16:19Энди расман: Лапорта Хави янги мавсумда ҳам "Барселона"да қолишини маълум қилди  9 16:00"Челси"нинг икки футболчиси ёзда Саудия Арабистонига кўчиб ўтиши мумкин   3 15:31Осиё Кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  10 15:09Ўзбекистон кубоги. 3-тур расмийлари маълум  4 14:23"Челси" "Арсенал"га йирик ҳисобда имконият бой берилгач, Почеттинони ишдан ҳайдаши мумкин  7 14:08Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистонига қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  28 13:56"Манчестер Юнайтед" Марсьялнинг нархини эълон қилди  4 13:32Гвардиола Канселунинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 13:05"Шеффилд Юнайтед" АПЛ антирекордини ўрнатди  0 12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   11

Xorij matbuoti: Yana bir muvaffaqiyatsizlikdan so'ng o'zbek futbolini kelajakda nima kutmoqda? Yangiliklar

Xorij matbuoti: Yana bir muvaffaqiyatsizlikdan so'ng o'zbek futbolini kelajakda nima kutmoqda?

Tailandda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo chempionatidagi ishtirokimizni matbuot turlicha talqin qila boshladi.

Kimdir O'zbekiston munosib ishtirok etdi degan bo'lsa, boshqa nashrlar tayyor yo'llanma qo'ldan boy berilganiga alohida urg'u berishdi. Osiyo futbolini imkon qadar yoritib kelayotgan saytlardan biri theasiangame.net O'zbekiston olimpiya terma jamoasi haqida maqola tayyorlab, kelajakda o'zbek futboli qanday ko'rinish olishi borasida o'z taxminini bildirdi. Quyida ushbu maqolaning qisqartma variantini havola etamiz. 

“U-23 Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasining Avstraliyaga kichik hisobda mag'lub bo'lishi ushbu mamlakat mustaqil bo'lganidan beri Olimpiadaga chiqish imkoniyatini yana to'rt yilga kechiktirdi. O'zbekiston Olimpiya o'yinlariga bunchalik yaqin kelmagandi. Lekin terma jamoa ikkita imkoniyatdan foydalana olmadi. Olimpiadaga borish uchun yarim finalda g'alaba qozonish yoki 3-o'rin uchun bahsni yutish kerak bo'lardi, lekin O'zbekiston olimpiyachilari har ikki bahsda mag'lub bo'lishdi”. 

“Avstraliya esa 2008 yildan beri yana katta musobaqaga yo'llanma oldi. Bundan “Oq bo'rilar” (O'zbekiston terma jamoasi laqabi) muxlislari xafa bo'lishi tabiiy, shunday ekan haqli savol tug'iladi: o'zbek futboli o'z muxlislarini xursand qilishi uchun nima qilishi kerak?”


“O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik chog'ida qattiq mehnat qildi, buni rad qilib bo'lmaydi. Associaciya rahbariyati xalqning azaliy orzusini ro'yobga chiqarish maqsadida xorijdan murabbiy olib keldi. Xuddi ikki yil avval Xitoyda o'tkazilgan U-23 Osiyo chempionatida O'zbekiston chempion bo'lgani kabi bu safar ham eng yuqori maqsad qo'yildi. Lekin maqsad sari bir qadam qolganida hammasi puchga chiqdi. Negadir O'zbekiston bir qadam qolganda o'z niyatiga erisha olmayapti”. 

“Masalan, o'tgan yil Osiyo chempionlar ligasida qatnashgan “Paxtakor”ni olaylik. Bu jamoani Saudiya Arabistonining Jidda shahrida kechgan “Al Ahli” bilan o'yinda bir ochko ham qoniqtirardi, shunday bo'lgan taqdirda “Paxtakor” salkam 10 yil deganda birinchi bor guruhdan chiqishni uddalardi. O'sha uchrashuvda Igor Sergeev 88-daqiqada gol urgan bo'lsa-da, “Paxtakor” durangni saqlab qola olmadi. Undan keyin qo'shimcha daqiqalarda Abdulrahmon Garib to'p kiritib “Al Ahli”ga qiyin g'alabani keltirdi. Natijada Saudiya klubi keyingi bosqichga yo'l oldi”.

“Oradan olti oy o'tib O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Saudiya Arabistoniga qarshi JCH-2022 saralash uchrashuvini o'tkazdi. O'zbekiston g'alaba ishqibozlar uchun qanchalik kerak ekanini, shu bilan bilan birga keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini yanada qulaylashtirishini hamda eng asosiy raqobatchisidan to'rt ochkoga o'zib ketishini bilardi, lekin ikkinchi bo'limda hisobda oldinga chiqib olgan bo'lishiga qaramay, O'zbekiston terma jamoasi o'yin oxirida ikkita gol tufayli mag'lubiyatga uchradi”.


“Etibor bersak, o'zbek klublari yoki terma jamoalari oxirgi paytlarda deyarli bir xil scenariy bo'yicha yutqazib qo'yayotganini ko'ramiz. Masalan, U-23 Osiyo chempionatida ham shunday bo'ldi. O'zbekiston Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va Avstraliya bilan bahsning ikkinchi taymida mag'lub bo'ldi. Eng alamlisi o'tgan yil Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi mag'lub etgandi, bu yil ularning olimpiyachilari o'zaro o'yinda zafar quchishdi, o'tgan yil Avstraliya Osiyo Kubogida O'zbekistonni musobaqadan chiqarib yuborgandi, bu yil avstraliyalik olimpiyachilar Olimpiada yo'llanmasidan quruq qoldirishdi”. 

“Lekin bu mag'lubiyatlarda O'zbekiston alamli tarzda imkoniyatni boy berdi deya olmaymiz. O'yinni diqqat bilan tahlil qilsak, jamoa ko'p xatoga yo'l qo'yganini, ayniqsa himoyada ancha bo'sh harakat qilgani ko'zga tashlanadi. Aytaylik, O'zbekiston U-23 terma jamoasi qog'ozda Saudiya Arabistonidan ham, Avstraliyadan ham kuchli bo'lgandir, lekin fakt shuki maydonda yutqazdi. Endi savol tug'iladi: o'zbekistonlik yoshlar keyingi bellashuvlarda ruhiy qiyinchilikni engib o'ta olishadimi? Kelajakda o'zbek futbolini nima kutmoqda? Jamoalar kuchayadimi? Bu savolga bir paytning o'zida ha yoki yo'q deb javob berish qiyin”.


Ingliz tilidan X.Xoliqov tarjimasi 

Reyting: -38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика