So’nggi yangiliklar

13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  0 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  1 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  4 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  13 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  0 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  3 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  5 09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  5 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  3 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  4 08:30"Машъал" етакчиларидан бири фаолиятини Тошкентда давом эттиради  2

Xorazmlik Vali Sultonov 47 yoshda Yangiliklar

Xorazmlik Vali Sultonov 47 yoshda

Teglar :  XorazmVali Sultonov
Urganchlik Vali Sultonov mamlakatimiz futbol ahliga futbolchi va murabbiy sifatida yaxshi tanish insonlar.

U futbolchilik  davrida “Jayhun”, “Quruvchi”(Urganch, 1989-91 yillar), “So'g'diyona”(Jizzax, 1992), “Sitora”(Buxoro, 1993), “Turon”(Doshhovuz, Turkmaniston, 1994), “Dinamo”, “Xorazm”, “Jayhun”, “Xorazm-2003”(Urganch, 1994-98, 2000-2004 yillar), “Xiva”(Xiva, 1999) jamoalarida to'p surgan. 1992 yili “So'g'diyona” jamoasi safida O'zbekiston milliy chempionatining bronza medali sohibi bo'lgan.

U murabbiylik faoliyatida faqat Xorazm viloyati jamoalarida faoliyat yuritdi. Jumladan, qator yillar oliy ligada “Xorazm”(Urganch), birinchi ligada “Hazorasp”(Hazorasp) jamoalarini boshqardi. Aytish joizki, uning ustozligida  Xorazm viloyati terma jamoasi  “Umid nihollari-2003” sport musobaqasining futbol turnirida g'olib bo'ldi. “Xorazm” jamoasi  2010 yili O'zbekiston professional futbol ligasi kubogini qo'lga kiritdi. Qolaversa, faoliyati mobaynida ko'plab taniqli futbolchilarni voyaga etkazdi. Ayni damda, “Xorazm” faxriylar jamoasining etakchi futbolchisi hisoblanadi.

Bugungi kunda V. Sultonov  Urganch shahridagi Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashgan bolalar-o'smirlar sport maktabida metodist vazifasida samarali mehnat qilayotir. Buning barobarida, BO'SMning “Yoshlik” jamoasi  yosh futbolchilarini etuklik sari etaklayapti. Kelgusida Vali Sultonovning  umidlari katta. Binobarin, Xorazm futboli dovrug'ini yanada ko'tarish ishtiyoqida.

11 aprel - Xorazm vohasi futboli tarixidan o'chmas iz qoldirgan Vali Sultonovning tug'ilgan kuni. Fursatdan foydalanib, saytimiz nomidan unga sihat-salomatlik, baxt saodat va omad, futbolimiz rivoji yo'lidagi ishlariga baraka tilaymiz.

Ikrom  XUDOYBERGANOV

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика