So’nggi yangiliklar

12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  0 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  1 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  3 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  7 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  1 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  9 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  22 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  36 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  3 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  3 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0

Xorazmlik “Umid nihollari” munosib kutib olindi Yangiliklar

Xorazmlik “Umid nihollari” munosib kutib olindi

Bir necha kun avval Sirdaryo viloyatida “Umid nihollari” sport o'yinlari dasturidan o'rin olgan futbol turnirining saralash o'yinlari nihoyasiga etgandi.
Yakuniy natijalarga ko'ra to'rtta terma jamoa Urganch shahrida uyushtiriladigan respublika bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi. Jumladan, ana shunday sharafga Vali Sultonov ustozlik qilayotgan Xorazm viloyati terma jamoasi ham musharraf bo'ldi.
  
Bugun ushbu jamoa Urganch temir yo'l shohbekatida karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi. Tantanada qatnashgan  viloyat hokimining manaviy-marifiy ishlar bo'yicha yordamchisi SH. Yaxshiboev va boshqalar futbolchi va murabbiylarni musobaqaning hal qiluvchi bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritganligi bilan muborakbod etib, kelgusi bahslarda ham omadlar tilashdi.
  
- Har bir uchrashuvimiz juda keskin va murosasiz kechdi, - deydi Xonqa tumanidagi 29-son umumtalim maktabining 9-sinf o'quvchisi Mirjalol Sobirov. – SHunga qaramay, kuchli to'rt jamoa qatoridan o'rin olishga muvaffaq bo'ldik. Nasib qilsa, vohamizda bo'lib o'tadigan respublika bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritish niyatimiz bor.


Ikrom XUDOYBERGANOV,
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика