So’nggi yangiliklar

11:35"Навбаҳор"га РРЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  2 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  11 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  9 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  33

“Xorazm”ga biroz omad etishmadi yoxud jamoaning omadsizligi tafsilotlari Yangiliklar

“Xorazm”ga biroz omad etishmadi yoxud jamoaning omadsizligi tafsilotlari

Mubolag'a emas, joriy yilgi birinchilik boshlanganidan buyon Xorazm viloyatining bosh jamoasi – urganchning “Xorazm” jamoasi oliy liga yo'llanmasiga asosiy davogarlardan biri sanalgandi.

Endilikda, bu borada vohalik futbolchilarning nazariy jihatdan imkoniyati saqlanib qolgan, xolos. Vaholanki, bunga keyingi bir necha turda yo'qotilgan ochkolar salbiy tasirini ko'rsatmasdan qolmadi.

... Ularning yozyovonliklarga qarshi kechgan uchrashuvi teng kurashlar ostida boshlandi. Mezbonlar ham, mehmonlar ham o'yin boshida biroz sust harakat qilishdi. Bunga shu kuni ob-havoning biroz salqinlashgani o'z tasirini  ko'rsatgan bo'lsa ajabmas. Umuman, birinchi bo'limda maydon egalari raqiblariga nisbatan ustunliklarini namoyish qilishga urinishdi. Bo'lim o'rtalarida bunga erishishdi, ham. Biroq, bu hisobda o'z aksini topmadi. Uchrashuvning birinchi qismida Mirza Quryozov va Temur Bekchanovlar to'p kiritish uchun juda qulay imkoniyatni qo'lga kiritishgan bo'lishsada, undan unumli foydalanisha bilishmadi. O'z navbatida yozyovonlik Bekzod Maxpiraliev va Jasurjon Saidovlar ham mezbonlar darvozasiga to'p kiritish uchun imkoniyatga ega bo'lishdi. Ammo, oxirgi pallada ularga ham mahorat etishmadi.

O'yinning ikkinchi qismi ham deyarli birinchisidan farq qilmadi. Ushbu bo'limda ham biron-bir jamoaning katta ustunligi ko'zga tashlanmadi. SHunga qaramay, jamoalarda hisobda oldinga chiqib olish uchun qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Ayrim holatlarda zarbalar noaniq ketgan bo'lsa, bazi  vaziyatlarda jamoalar darvozabonlari G'ayrat O'daev va  Alisher Paxriddinovlarning ishonchli harakati darvozalariga to'p kiritilishini oldini oldi. SHu tariqa “Xorazm” va “Yozyovon-Lochinlari” jamoalari o'rtasidagi bahsda hisob ochilmadi.
  

Mazkur o'yin tugagach, “Xorazm” jamoasi bosh murabbiyi V. Sultonov bilan muxtasar suhbatlashdik.
- Vali Farhodovich, jamoangiz yaqin turlargacha oliy liga yo'llanmasi uchun kurash olib borayotgandi. Afsuski, keyingi o'yinlarda yo'qotilgan ochkolar jamoa imkoniyatini deyarli paysaytirib qo'ydi. Bunga sabab nimada, o'zi?
- Yangi mavsumni biz bilan boshlagan Rinat Bayramov  va Marat Qudratovlarning o'yini bizga maqul kelmagani uchun ularga javob berib yuborgandik. Qolaversa, ayni damda yana ikki asosiy futbolchimiz Sarvar Jumaniyozov va Ilyos Xayrovlar o'yin paytida olgan jarohatlarini davolatishyapti. Aytish joizki, Sarvar ushbu mavsumda jamoamizga umuman yordam bera olmaydi. Javlonbek Egamov va Jaloliddin  Masharipovlar ham turli sabablarga ko'ra “Xorazm”ning mashg'ulotlarida qatnashmayapti.   

- Negadir, safingizda jamoa to'purari Nizomjon Norov ko'rinmayapti...
- U ham moddiy muammolar tufayli safimizga qo'shilishni istamayapti.  Albatta, uning o'rni juda bilinmoqda. SHuningdek, ikkinchi bosqichda tarkibimizdan joy olgan Xayrullajon Jakbarov va Dilshod Isoqulovlar ham aynan shu masalada bizdan uzoqlashishgan.

- Bugun “Yozyovon-Lochinlari”bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda ham ochko yo'qotildi. Buni qanday izohlaysiz?
- Albatta, jamoamizdagi kutilmagan yo'qotishlar barqaror o'yin namoyish etishimizga o'z tasirini ko'rsatyapti. Zahira o'rindig'imiz deyarli bo'shab qolgan. O'zingiz ko'rganingizdek, maydonga hali mahorati “pishib-etilmagan” yoshlarni tushirishga majbur bo'lyapmiz. Tabiiyki, ular biz kutgan o'yinni ko'rsata bilishmayapti. SHunday bo'lsada, yoshlarimizni yo'qotilgan ochkolar borasida ayblashdan yiroqman. Negaki, ular imkoniyati darajasida to'p surishmoqda.   

- Demak, “Xorazm” jamoasi oliy liga yo'llanmasi uchun kurashdan chiqib ketdi, shundaymi?
- Kezi kelganda aytishim joizki, jamoamizning bu yil kuchlilar safiga qaytishi uchun juda qulay vaziyat yuzaga kelgandi. Bunga nafaqat futbolchilarimiz, muxlislarimiz ham umid bilan qarashayotgandi. Biroq, yuzaga kelgan bazi muammolar niyatlarimiz ushalishiga g'ov bo'lmoqda. Hatto, moddiy qiyinchiliklar tufayli o'tgan turda “O'z-Dong-Ju” jamoasi bilan o'ynash uchun Andijon shahriga bor-yo'g'i o'n bitta futbolchi bilan borib kelishga majbur bo'ldik. Buning natijasida mag'lubiyatga uchradik. Hali nazariy jihatdan imkoniyatimiz saqlanib qolgan. SHu jihatdan, so'nggi pallagacha bo'sh kelmaslikni maqsad qilganmiz. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

Ikkinchi bosqich.  12- tur. 17 oktyabr (shanba)

“Xorazm” (Urganch) – “Yozyovon-Lochinlari” (Yozyovon) – 0:0. Yangibozor tumani o'yingohi. 321 tomoshabin.
Hakamlar:
I. Garmashov (Toshkent) - 8,1,  SH. Yo'ldoshev (Guliston) - 8,0,  D. Ubaydullaev (Guliston) - 8,2, A. Alimov (Urganch) - 8.   
Nazoratchi:  E. Musaev (Samarqand).   
Ogohlantirish: N. Otaniyozov (15) – SH. Abdurahmonov(37).

“Xorazm”: 35. G'ayrat O'daev, 2.SHahzod Mannonov, 3. Sardor Matmurotov, 4.Jasur Otajonov, 5.Temur Ismoilov, 8.Azamat Yo'ldoshev, 9.Marks Quramboev, 10. Temur Bekchanov, 13. Mirzabek Quryozov(18.SHohruh Iskandarov,65), 14. Nizomiddin Otaniyozov, 17. Omadjon Toyloqov.
“Yozyovon-Lochinlari”: 32. Alisher Paxriddinov, 2.Yoqubjon Eraliev, 8. Muhammadsulton Fozilov, 10.SHahboz Abdurahmonov(Muhriddin Mamasoliev,53), 11.Bekzod Maxpiraliev, 15.Umidjon Hoshimov(Xayrulla Qodirov, 80), 17.Abrorbek Ismoilov(Davronbek Xolmatov,53), 20.Bobur Rasulov, 22.Jasurjon Saidov, 25.SHarifjon Mirzaev, 44.Habibulla Buvatoev.

Ikrom  XUDOYBERGANOV

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика