So’nggi yangiliklar

03:00Европа лигаси. Шомуродов майдонга тушмаган ўйинда "Рома"дан дуранг ва бошқа натижалар  10 02:55Конференциялар лигаси. Антони порлаган ва гол урган ўйинда "Бетис"дан йирик ғалаба  0 02:12Дибала "Рома"да 13-марта жароҳат олди  1 01:17Европа лигаси. Моуринью жамоасидан йирик ғалаба ва бошқа натижалар  0 00:57"Манчестер Юнайтед" Гёкереш борасида бир қарорга келди  3 00:38Саудия Арабистони. "Ал Насср" муҳим ўйинда ғалабага эришди, 70 миллионлик Дуран баҳс тақдирини ҳал қилди  4 00:15Коло-Муани "Ювентус"га ўтишига ким кўндирганини айтди  0 23:45"Барселона" 5 ҳужумчи номзодини кўрмоқда  3 23:23Жоау Канселу: "Гвардиола - даҳо"  7 22:44"Ювентус" собиқ футболчисига 6 ойлик шартли қамоқ жазоси берилди  2 22:13Офсайдни аниқлашнинг ярим автоматик тизими Англия футболига ҳам кириб бормоқда  0 21:50ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  14 21:13"Андижон" назорат ўйинида "Шахтёр"ни енгди  8 20:49"Сурхон" Туркия йиғинини ғалаба билан якунлади  0 20:31"Андижон" "Бобур Арена"ни ОЧЛга тайёрламоқда  9

"Xorazm" yangi mavsumga qanday tayyorlanmoqda? Yangiliklar

"Xorazm" yangi mavsumga qanday tayyorlanmoqda?

Teglar :  pro ligaXorazm
Barcha hududlarda bo'lgani kabi "Xorazm" viloyatida ham bir qancha futbol jonkuyarlari mavjud. Vohada mablag' va sharoitlar bilan bog'liq qiyinchiliklarga qaramasdan, fidokorona xizmat faoliyatini olib borayotgan insonlar bor.

"Xorazm" futbol jamoasi asos solinganiga 32 yil bo'lib qolibdi. Ushbu davr mobaynida yaxshi va yomon davrlarni boshidan o'tkazgan klubdan hozirgi avlod jamoasiga biror narsa meros bo'lib qolmagan (qayd etilgan natijalardan boshqa) na o'z rasmiy stadioni, na o'z bazasi mavjud (boshqa sharoitlar haqida umuman to'xtalib o'tirmaylik).

O'zbekiston futbol klublari ichida "eng kamtar" smetaga ega bo'lishiga qaramasdan, o'z bazasi va rasmiy stadioni, mashg'ulotlar maydoni bo'lmasdan (futbol mahorat maktabining mashg'ulot maydonida shug'ullanadi) faoliyat yuritib kelgan jamoaga shunchaki qoyil qolasan kishi. Bugungi kundagi Xorazm futbolida shunday sharoitda va muhitda imkon qadar faoliyat yuritib kelayotgan jamoaning yutuqlarini aytishga tortinib turadigan, kamchiliklarini esa o'z gardaniga olib javob beradigan haqiqiy futbol insonlari bor. Ushbu fidoyi insonlar haqida to'xtalib o'tishni joiz deb bildim.

Maqsud Karimov. "Nasaf" futbol klubidagi o'yinlari orqali muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan bu futbol jonkuyarining "Xorazm" PFKga bosh direktor etib tayinlanishi eng oqilona ish bo'lgan, deb bilaman. Respublikamizda infratuzilmasi jihatidan eng oldingi o'rinlarda turadigan "Nasaf" jamoasida faoliyat olib borgan Maqsud Karimov masuliyatli lavozimda faoliyat boshlagan ilk davrlardanoq qatiy ravishda klub infratuzilmasini yaratishga bel bog'ladi. Faqat oylik maoshlar va safar uchrashuvlariga mablag'i bo'lgan jamoani rivojlantirishda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelgan bu futbolimiz bilimdoni haftasiga 7 kun, ertalabdan yarim tungacha klub infratuzilmasini shakllantirish uchun o'qidi, o'rgandi va imkon izladi. Dono xalqimiz "Izlagan imkon topar" deb bekorga aytmagan. Aytish joizki, 2020 yil klub natijalari yaxshi bo'lmasa ham rivojlanish strategiyasining ilk yili bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi. O'tgan yili jamoa uchun zarur bo'lgan inventarlar xarid qilindi. 2021 yildan aniq biznes reja asosida faoliyat boshlagan jamoada dastavval, "Xorazm" sport majmuasi hududida futbolchilarga yotoqxona va klub mamuriyati uchun xonalar ajratildi.

Yaqin kunlarda Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda "Xorazm" PFK uchun avtobus xarid qilishni maqsad qilgan Maqsud og'aning o'ziga kuch-quvvat va faoliyatiga omad tilaymiz!

Superliga asosiy maqsad ekan, demak, Oliy maqomga futbolchi yoki murabbiylar emas, infratuzilma chiqadi. SHu tizim yaxshi ishlasa, nafaqat Superligaga yo'llanma oladi, balki jamoaning mustahkam o'rni bo'ladi.

Aleksandr Ejov. "Xorazm" PFK bosh murabbiyi bo'lib faoliyat olib borayotgan ushbu mutaxassisni istiqbolli, kelajagi porloq murabbiylar qatoriga qo'shsak bo'ladi. Mavjud sharoitni tushunib, ko'nib va bir qancha takliflar bo'lishiga qaramasdan, yaxshi damlar kelishiga ishonib faoliyatini olib borayotgan vatanparvar murabbiyning keyingi faoliyatiga zafarlar tilaymiz.

Bir voqeani eslashni joiz deb bildim. "Xorazm" – "Turon" (1:3) o'yinidan keyin Ejovni matbuot anjumaniga taklif qilish uchun borganimda, bir chekkada bildirmasdan ko'zlarining yoshlarini artayotganiga guvoh bo'ldim, qanchalik urinmasin, ko'zyoshlari 2-3 daqiqa davomida to'xtamagandi...

G'ayratjon O'daev, Jasur Atajonov, Mirjalol Qurbonov, Ravshanbek Sultonov, Farruh Haydarov, Sarvarbek Jumaniyozov, Temur Masharipov, Temur Bekchanov va bir qator iqtidorli futbolchilari bor jamoa bundan ko'prog'iga munosib. Darvoqe, futbolchilik faoliyatini tugatgan Ro'zimboy Axmedov o'zining Xorazm futboli oldidagi burchi va fidoyiligini ko'rsatib, Maqsud Karimovning taklifini qabul qilib, yana "Xorazm" jamoasi safiga qaytganini alohida takidlash lozim.

Muxlislar. Har qanday vaziyatda ham stadionga tashrif buyuradigan, o'rnak bo'lgudek alo darajada, o'ziga xos muxlislik qiladigan vohalik futbol ishqibozlarini qancha ijobiy tariflasak, shuncha kam. 

Futbol muxbiri sifatida faqat ko'rgan va bilganlarimni yozdim. Bu mening shaxsiy fikrlarim edi xolos, yana qaytamiz...

Xursandbek Matkarimov tayyorladi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика