So’nggi yangiliklar

12:18Конте "Наполи"дан кетади, клуб унинг ўрнига иккита номзод топиб қўйган  0 11:32Ана бўлмасам! Де Брюйне "Ман Сити"да қолишни истаган, лекин раҳбарият бунга қарши  2 10:49Факт. Бошкович мураббий сифатида Қосимовни мағлуб эта олмаган  0 10:29Нўъмон Ҳасанов "Нефтчи" - "Пахтакор" учрашувидан олдин: "Жамоаларнинг бу мавсумдаги ўйинларига хулоса қилишга эрта"  3 09:55Легионерларимиз. Бугун Шомуродов, Ҳусанов, Раҳмоналиев, Турғунбоев, Эсанов жамоалари ўйнайди  5 09:30"Ал Мумтоз" тарихидан. Анвар Бердиевнинг юбилей учрашуви қандай ўтганди?  5 09:10Ҳамидулло Абдунабиев: "Бунёдкор" учун бу натижа адолатсиз ҳисобланади. Ғалабага ҳақли эдик"  6 08:40"Қўқон-1912" 6 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни мағлуб эта олмаяпти  0 08:20"Хоразм" "Бунёдкор" билан ўйинда тарихий натижа қайд этди  2 08:00"Персеполис" ўз майдонида "Сепахон"га ютқазди. Остон Ўрунов 25-дақиқада алмаштирилди  5 07:40Мурод Исмоилов "Нефтчи" - "Пахтакор" ўйини олдидан: "Турнир жадвалидаги фарқ бугун ҳеч нарсани англатмайди"  9 07:10Суперлига. Бугун "Нефтчи" - "Пахтакор" ва яна 2 та ўйин бор  22 01:45Луис Энрике: "ПСЖ Европанинг энг кучли жамоаларидан бирига қарши ўйнайди"  6 01:17Рис Жеймс: "Биз ҳурматсизлик қилдик"  2 00:59Саудия Арабистони. "Ал Насср" сафарда мағлуб бўлди  14

"Xorazm" Superligaga tayyormi? Klub sport direktori bilan eksklyuziv suhbat Yangiliklar

"Xorazm" Superligaga tayyormi? Klub sport direktori bilan eksklyuziv suhbat

"Metallurg" futbol klubining Superligada ishtirok etishi yoki etmasligi masalasi barchaning diqqat markazida.

Bekobod klubi bu huquqdan voz kechsa, uning o'rnini qaysi jamoa egallashi mumkinligi muhokama mavzusiga aylangan. Biz bu mavzuga bevosita aloqador va sport principlariga asosan Superligada qatnashish uchun asosiy davogar bo'lib turgan "Xorazm" futbol klubi sport direktori Xursandbek Matkarimov bilan suhbatlashdik.  

Oxirgi xabarlar bo'yicha munosabatingizni bildirsangiz. "Metallurg" Superligada qolmasligi deyarli aniq, "Olimpik" ham chempionatda qatnashishi dargumon. "Xorazm" klubining bu boradagi poziciyasi qanaqa?

– "Xorazm" professional futbol klubi O'zPFL hamda "Metallurg" futbol klubi qaror va qarashlarini hurmat qilgan holda, bu voqealarni diqqat bilan kuzatib bormoqda. 

"Xorazm" jamoasining poziciyasi – sport principlariga to'liq rioya qilish. Xorazmlik muxlislarning ko'p yillik niyati, qolaversa, O'zbekiston Superligasida ishtirok etish uchun imkoniyat tug'ilsa, bundan voz kechish yoki unga intilmaslik noto'g'ri deb o'ylaymiz. Albatta, bu borada nima qilish lozim bo'lsa, shuning ustida ishlashga tayyormiz.

– "Xorazm"ning bosh homiysi "Uztelecom" AJ jamoa Superligada ishtirok etishini qanchalik xohlaydi? Bilasiz, oliy ligada o'ynash uchun katta xarajat qilish talab qilinadi...

– "Xorazm" futbol klubi bosh homiysi "Uztelecom" AJning voha futboli rivoji yo'lidagi xizmatlari beqiyos va "Xorazm" jamoasining bosqichma-bosqich yaxshi darajaga chiqish rejalari bilan yaqindan tanish hamda doim qo'llab-quvvatlaydi.

– Jamoaning 2024 yildagi maqsadi qanaqa edi? 2025 yilda qanday maqsadni oldiga qo'ygan?

– Jamoamizning 2024 yildagi asosiy maqsadi klub infratuzilmasini yaxshilash va OFK licenziyalash talablarini to'liq bajarish edi. SHuningdek, imkon qadar O'zbekiston Kubogi va Pro liga musobaqalarida munosib ishtirok etishni maqsad qilgandik. O'zbekiston Kubogida chorak finalgacha etib bordik va Pro ligada 6-o'rinni qo'lga kiritdik. Pro ligada bundan yuqoriroq o'rinni egallashimiz ham mumkin edi. Umumiy olganda, 2024 yil Xorazm futboli uchun salmoqli bo'ldi deb aytsak bo'ladi.

2025 yildagi maqsad oliy. Bu xaqda 10-15 kundan keyin yana to'liqroq gaplashsak to'g'ri bo'ladi.‌‌

– Bosh murabbiy Hakim Fuzaylov jamoadagi faoliyatini davom ettiradimi? Tarkib masalasida qanday yangiliklar bor? 

– Hakim Fuzaylov bilan amaldagi shartnoma shu yil oxirigacha tuzilgan. Keyingi yil ham Fuzaylov boshchiligidagi murabbiylar shtabi "Xorazm" futbol klubida faoliyat olib borishi uchun muzokaralar davom etmoqda. Tarkib masalasiga to'xtalsak, jamoaga yosh iqtidorli futbolchilar bilan birga Superliga havosidan bahramand bo'lgan tajribali futbolchilar jalb qilinishi reja qilingan.

– Jamoa yig'ini qachon boshlanadi?

– "Xorazm" jamoasi bugun, 18 dekabrdan mashg'ulotlar rejasiga binoan birinchi qismini Urganch shahrida boshlab yubordi. Ushbu yig'inga asosan o'tgan yilgi tarkibning 70-80% futbolchilari hamda selekciya orqali mahalliy yoshlar jalb qilingan. Selekciya ishlari davom etadi.

– "Xorazm" sport majmuasi chimi hozir qanday holatda?

– Barchaga malumki, Xorazm viloyati keskin kontinental hududda joylashgani sababli "Xorazm" sport majmuasi maysasini parvarish qilish ancha qiyinchiliklar tug'dirmoqda. Tan olish kerak, maydon holati hozirda Superliga talabiga javob bermaydi. Lekin stadion infratuzilma jihatidan Respublikamizning eng yaxshi o'yingohlaridan biri desak mubolag'ali emas. Stadion chimini yangilash borasidagi rejalar mavjud. Bu borada ham ishlar tez orada o'z echimini topadi.


SHerzod Nurmatov suhbatlashdi


O'zbekiston professional futbol ligasi Superliga va Pro liga reglamentiga ko'ra, futbol klubi musobaqada qaysi o'rinni egallashidan qati nazar agar u licenziyalash talablarini bajara olmasa, O'FA tegishli qo'mitasi licenziyalash tahlillari asosida o'z xulosasi bilan futbol klubini musobaqadan chetlatishni talab qilish huquqiga ega. Bunday holatda licenziyalash talabini bajara olgan quyi liganing tartib bo'yicha keyingi futbol klubi mazkur qatnashchi o'rnini egallaydi.

Yakuniga etgan mavsum natijasiga ko'ra yuqori toifadagi ligada qatnashish huquqini qo'lga kiritgan futbol klubi ushbu huquqdan voz kechsa yoki unda mazkur ligada ishtirok etish uchun Reglament, meyoriy hujjatlar asosida qandaydir to'siq (cheklov) bo'lsa, uning o'rni mavsum yakuniga ko'ra keyingi o'rinni egallagan boshqa futbol klubi bilan to'ldiriladi. Bunda mazkur futbol klubi licenziyalash talablariga javob berishi talab etiladi.

SHunday ekan, "Metallurg" futbol klubi Superligada ishtirok etmasa, keyingi nomzod "Xorazm" professional futbol klubi hisoblanadi. Sababi klub o'zidan yuqori turgan klublardan farqli o'laroq, OFK talablarini bajara olgan. "Xorazm" hozirgi holatda maydon holatini inobatga olmasa (vaqtincha boshqa maydondan foydalansa), bemalol Superligada o'ynay oladi.

"Metallurg"ning taqdiri 24 dekabrga qadar malum bo'ladi. Aks holda "Olimpik", "Xorazm" yoki "Lokomotiv"dan biri Superligada qatnashadi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика