So’nggi yangiliklar

15:15Тони Кроос тарихдаги энг улуғ мураббийни айтди  0 14:4938 ёшли Кавани фаолиятини тугатмаган. Ҳаммаси 28 декабрь ҳазили бўлиб чиқди  1 14:22Владимир Йовович "Андижон"га ўтадими? Футболчининг ўзи жавоб берди  1 13:55Манба: Суперлига-2026да апрель ойи ҳақиқий "боксинг дэй"га айланади  8 13:29U-23 Осиё Кубоги олдидан: рақиблар ва имкониятлар  5 13:07Кавани бутсаларини михга илди  18 12:40"Қўқон-1912" қисқа муддатли таътилга чиқди  1 12:16Уоткинс: "Эмери — тактик даҳо"  4 11:48Одил Абдумажидов: "Андижонда – яқинларим кўз ўнгида тўп тепиш бошқача завқ бағишлайди"  0 11:21Каннаваро Ўзбекистон МТЖ футболчисининг ўйинини стадиондан томоша қилди  9 10:55"Хоразм" яна уч нафар футболчиси билан янги шартномалар имзолади  5 10:31"Нефтчи" яна уч нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  9 10:16Трансфермаркт нашри 2025 йилда энг кўп нархи тушган футболчилардан иборат рамзий терма жамоани тузиб чиқди  0 09:50"Сепахон" менежери Игорь Сергеев ҳақидаги саволга жавоб берди  5 09:23Туркия Суперлигаси. Шомуродов яна бир кўрсаткичда етакчилик қилмоқда  4

“Xorazm” g'alabaga munosib edi Yangiliklar

“Xorazm” g'alabaga munosib edi

Mazkur o'yinda darvoza tomon dastlabki xavfli zarbani urganchliklar bajarishdi.
3-daqiqadaTemur Ismoilovning uzatib bergan to'pini Temur Bekchanov orqa o'girgan holda tezkorlik bilan toshkentliklar darvozasiga yo'naltirdi. To'p darvoza ustidan o'tib ketdi. Olti daqiqa o'tib, Ilyos Xayrov bir necha himoyachini aldab jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va yaqin masofadan to'pni Ravshanbek Yagudin qo'riqlayotgan darvozaga tepdi. Bu erda temiryo'lchilar darvozaboni mahorat ko'rsatib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Ushbu vaziyatdan keyin ham maydon egalari imkon qadar hujumda harakat qilishdi. Lekin ularning urinishlari samara bermadi. SHu o'rinda takidlab o'tish lozimki, “Lokomotiv-BFK” futbolchilari birinchi bo'lim mobaynida mezbonlar darvozasi tomon biron marta ham xavfli zarbani amalga oshira bilishmadi.
  
Uchrashuvning ikkinchi qismi dastlabkisidan tubdan farq qildi. Ikki jamoa ham hujumkorlik ruhida to'p surishdi. Aytish joizki, jamoalar qirq besh daqiqa mobaynida ko'plab hayojonli vaziyatlarni muxlislarga tuhfa etishdi. Bu borada maydon egalari raqiblariga nisbatan ustunliklarini namoyish qilishdi. “Xorazm”liklardan Ilyos Xayrov, Temur Bekchanov, Mirza Quryozov, Nizomjon Norov, Javlon Egamovlar juda qulay imkoniyatlardan foydalana bilishmadi. Ayniqsa, zaxiradan maydonga tushgan Javlon Egamovning bahs tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida yaqin masofadan turib deyarli ochiq qolgan darvozaga to'pni yo'llay olmagani mahalliy ishqibozlar uchun achinarli bo'ldi. O'z navbatida mehmonlar tarkibida to'p surgan Farrux Ibragimovning faol harakat qilganini aytib o'tish joizdir. Vaholanki, uning bir o'zi qator vaziyatlarda  hisobni ochishi mumkin  edi.
  
Nazariy jihatdan qaraganda mezbonlar bu o'yinda g'alabaga to'la haqli edi. Biroq, bu amaliy tomondan amalga oshmadi, 0:0.

"G'arb" mintaqasi
4- tur. 19 aprel (yakshanba)
Xorazm (Urganch) – Lokomotiv-BFK (Toshkent) – 0:0. 1426 tomoshabin.
Hakamlar:
I. Ibragimov (Nukus) – 7,8, SH. Rahmatov (Buxoro) – 7,7, F. Xayrullaev (Buxoro)– 8,1, X. Otamurotov (Xiva) - 8
 Nazoratchi: I. Mustafin (Tashkent).
 Ogohlantirish: T. Bekchanov (57), T. Ismoilov (83), J. Otajonov (90+4) – R. Rahmonberdiev (90+2).
 “Xorazm” :  G'ayrat O'daev, SHahzod Mannonov, Abror Husinov, Jasur Otajonov, Temur Ismoilov, Temur Bekchanov, Marat Qudratov, Mirza Quryozov, Nizomjon Norov Ilyos Xayrov, Marks Quronboev.
Zaxira: Ravshan Jumaniyozov, Oxun Razzoqov, Azamat Yo'ldoshev, Siroj Ro'zmetov, Sarvar Jumaniyozov, Javlon Egamov, Xushnud Quryozov.
“Lokomotiv-BFK”: Ravshanbek Yagudin, Rasuljon Rahmonberdiev, Farrux Nurliboev, Abdulaziz Abdulhamidov, Fotih Vosiqov, Rustam Yoraliev, Xurshid Najimov, Farrux Ibragimov, Jamoliddin Qo'chqorov, Afrosiyob Isoqov, Dilmurod Meliqo'ziev.
Zaxira: Azamat Soibov, Sunnatulla Saidov, Isroil Ergashev, SHohruh Rajabov, Temurbek Tursunov, Jasur Boboev, Nikita Efremenko.


Ikrom  XUDOYBERGANOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика