So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  2 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Xorazm bosh murabbiyi kechagi alamli mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi? Yangiliklar

Xorazm bosh murabbiyi kechagi alamli mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?

Dinamo - Xorazm (2:1) uchrashuvidan keyin urganchliklar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov o'yin borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Avvalambor, “Dinamo” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Jamoamizdagi barcha yigitlarga esa o'yinning oxirigacha kurashganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. Afsuski, futbolda omadsizliklar bo'lib turadi. Bugun yutsang, ertaga yutqazasan. Bu futbol. SHogirdlarimga o'yin davomida kurashganliklari va 200 foiz kuch bilan harakat qilganliklari uchun rahmat deyman. Endi navbatdagi o'yinda tayyorgarlik ko'ramiz.

Birinchi bo'limdan keyin 0:1 hisobida yutayotganimizda, futbolchilarimga himoyaga yotib olmay, raqibni qarshi hujumda jazolash lozimligiga ko'rsatma bergandim. Yigitlar oxirigacha yaxshi himoyalanishdi. O'yin juda asabiy va kurashlar ostida kechgani uchun ham maydonda qo'polliklar va jazolanishlar ko'p bo'ldi.

Klubimizga rahbariyat tomonidan imkonqadar yaxshi etibor qaratilmoqda. Jamoamizning maqsad va vazifalari haqida gapiradigan bo'lsam, hozirda mahalliy yoshlarga ko'proq etibor qaratayapmiz. Vazifamiz esa “Xorazm” har bir o'yinda g'alaba qozonib, muxlislarni xursand etishi uchun intiladi.

Mavsumning ikkinchi qismida “A” guruhida o'zgarishlar katta bo'ldi. Ayniqsa, “Dinamo” tarkibi ancha kuchaytirildi. Qolaversa, barcha jamoalar o'zaro o'yinlarda bir-birini engishi mumkinligini oxirgi turlar ko'rsatmoqda. Fikrimcha, Pro-Liga bahslari oxirigacha mana shunday shiddatli kurashlar ostida o'tadi.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика