Xong Xyun Seok: "Birinchi golda qo'llanilgan kombinaciya murabbiylar shtabining g'oyasi edi"
04 okt 2023 22:15
Yangiliklar
Xong Xyun Seok: "Birinchi golda qo'llanilgan kombinaciya murabbiylar shtabining g'oyasi edi"
Osiyo o'yinlarining 1/2 finalidan o'rin olgan Koreya Respublikasi - O'zbekiston (2:1) uchrashuvidan keyin koreyslar futbolchisi Xong Xyun Seok taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Qiyin uchrashuv o'tkazdik. Bugungi g'alaba maydonga tushgan va tushmagan futbolchilar hamda murabbiylar shtabining birgalikda erishgan natijasidir. Yaponiyaga qarshi bahs hal qiluvchi o'yin bo'lgani sababli borimni beraman va oltin medalni qo'lga kiritaman.
Birinchi golda qo'llanilgan kombinaciya murabbiylar shtabining g'oyasi edi va bir kun avval ushbu uslub ustida ishlagandik. Guvohi bo'lganingizdek, ushbu g'oya amalda samara berdi. Finalda o'tgan yilgi mag'lubiyat uchun Yaponiyadan revansh olmoqchimiz. Ishonchim komilki, biz g'alaba qozona olamiz", — dedi koreyalik yarim himoyachi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar