Xoland va Alaba - Tuxelning transfer maqsadlari
29 jan 2021 16:04
Yangiliklar


Xoland va Alaba - Tuxelning transfer maqsadlari
"CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxelning ikki transfer maqsadlari malum bo'ldi.
Tuxel yozda Erling Xoland ("Borussiya", Dortmund) va David Alaba ("Bavariya")ni o'z jamoasiga qo'shib olmoqchi.
Qayd etish kerakki, Alaba yozda erkin agentga aylanadi, shu sabab u "aristokratlar"ga tekinga tushadi. Londonliklar Xoland uchun katta mablag' sarflashlariga to'g'ri keladi, sababi o'yinchining "Borussiya" bilan uzoq muddatli shartnomasi bor.
"CHelsi" APLda 20 turdan so'ng 30 ochko jamg'argan holda, jadvalning 8-o'rnida bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar