Xoland: "Men Angliyada tug'ilganman va butun umr "Siti"ga muxlislik qilganman"
13 iyu 2022 20:11
Yangiliklar
Xoland: "Men Angliyada tug'ilganman va butun umr "Siti"ga muxlislik qilganman"
"Men Angliyada tug'ilganman va butun umrim davomida "Siti" muxlisi bo'lganman. Klub haqida ko'p malumotga egaman, bu erda o'zimni uydagidek his qilyapman.
O'ylaymanki, muvaffaqiyatga erisha olaman va "Man Siti"da eng yaxshi o'yinimni ko'rsata olaman.
- So'nggi yillarda "Siti" o'yinlarini ko'p ko'rgan bo'lsangiz kerak. Jamoaning uslubi sizga mos keladimi?
- Albatta. Agar shunday o'ylamaganimda, klubni almashtirmagan bo'lardim.
Menga hujumkor futbol uslubi, “Siti”ning ijobiy kayfiyati yoqadi”, — dedi 21 yoshli norvegiyalik forvard.
Eslatib o'tamiz, Erlingning otasi Alf-Inge Xoland Angliyaning uchta jamoasi - "Manchester Siti", "Lids" va "Nottingem Forest"da o'ynagan.
Bugun Manchester klubi Dortmundning "Borussiya"si va Norvegiya terma jamoasining 21 yoshli hujumchisini sotib olganini rasman malum qildi.
Fikrlar